8. Davlat ijtimoiy jag‘malariga ajratmalarining buxgalteriya hisobi Ijtimoiy soliq to‘lovi ajratmalar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Hukumati
tomonidan belgilanadi.
2004 yildan boshlab O‘zR VMning 2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli "O‘zbekiston
Respublikasining 2004 yilgi davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq
mehnatga haq to‘lash fondidan Pensiya jamg‘armasiga, Davlat bandlikka ko‘maklashish
fondiga va Kasaba uyushmasi federatsiyasi Kengashiga ajratmalar yagona ijtimoiy
to‘lovga birlashtirildi.
Fuqarolarning ish haqidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy
sug‘urta badallari 2019 yildan boshlab bekor qilindi.
"Yagona ijtimoiy to‘lovni hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasiga majburiy badallar va
ajratmalarni hisoblash, to‘lash va taqsimlash to‘g‘risida"gi Nizomga va 21-son BHMSga
muvofiq ijtimoiy soliq bo‘yicha hisoblashishlar hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:
- ijtimoiy soliq to‘lovlar 6520 - "Davlatning maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar"
hisobvarag‘ida aks ettiriladi;
- tegishli pensiyalar va nafaqalarning e’lon qilingan summalari 4890-“Boshqa
debitorlarning qarzlari” hisobvarag‘ida aks ettiriladi.
6520 - hisobvaraqning kreditida korxonaning davlatning maqsadli fondlariga
ajratmalar bo‘yicha qarzlari ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari yoki sug‘urta
to‘lovlarining
boshqa
manbalari
hisobi
yuritiladigan
hisobvaraqlar
bilan
korrespondensiyada, debetida esa mavjud qarzlarni to‘lashlar, pul mablag‘lari hisobi
hisobvaraqlari bilan korrespondensiyada aks ettiriladi.
Xodimlarga pensiya va nafaqalar berish 6710 - "Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha
hisob-kitoblar" hisobvarag‘ining debetida pul mablag‘lari hisobi hisobvarag‘i bilan
korrespondensiyada aks ettiriladi.
Ijtimoiy soliqqa ajratmalar buxgalteriya hisobi