6. O’rta asrlarda Yevropa tilshunosligida kimlar yetakchilik qilgan?
Per Abelard (1079-1142) boshchiligidagi mo'tadil nominalistlar eng to'g'ri pozitsiyani egallab, faqat individual ob'ektlar haqiqatan ham mavjud, ular asos ekanligiga ishonadilar. umumiy tushunchalar alohida mavjud emas, balki bizning fikrimiz tomonidan real hayotdagi narsalardan chiqariladi va ularning xususiyatlarini aks ettiradi.
7. O’rta asrlarda arab tilshunosligida kimlar yetakchilik qilgan?
Arab tilshunosligining asoschilaridan biri Basra grammatika maktabining vakili Xalil al - Farohidi (taxminan 718-791y) birinchi arab tili lug`atini yaratdi. U lug`atini «Kitobul ayn» («Ayn harfi kitobi») deb nomlab, unda grammatikaga oid muhim fikrlarni bayon etdi. Shuningdek, olim «Kitobul avomil» («Boshqaruvchilar kitobi») nomli asarni ham yozdi. Ammo bu asarlar bizgacha etib kelmagan.
Xalil al - Farohidining shogirdi, mashhur arab tilshunosi, kelib chiqishiga ko`ra fors basralik Amir bin Usmon Sibavayxiy (733 yilda vafot etgan) o`zining salmoqli «Al - kitob» asarini yaratdi. Muallif ushbu asarda o`zigacha bo`lgan barcha tadqiqotchilarning ta`limotlarini, fikrlarini, qarashlarini umumlashtiradi. U arab tili grammatikasining tugal va mukammal ko`rinishini taqdim etadi. Ushbu asar har ikkala: Basra va Kufa maktabi vakillari tomonidan bir xilda yuqori baholangan va qadrlangan.
Kelib chiqishiga ko`ra yunon Abu-Abayda (770-837) noyob so`z va ibora, ifodalarning keng qamrovli lug`atini tuzadi.
Bag`dodlik hind Sag`ani (1181-1252) 20 tomlik lug`at yaratadi va uni «To`lqinlar toshqini» deb nomlaydi.
Misrlik ibn Mansur (1232-1311) katta hajmdagi salmoqli lug`at tuzib, uni «Arab tili» deb ataydi.
Sherozlik fors Feruzobodi (1329-1414) 60 tomlik lug`at tuzgan va uni «Qomus» (Okean) deb nomlagan. Bundan keyin yaratilgan ko`plab lug`atlar ham «Qomus» nomi bilan ataladigan bo`lgan.