4. Sanoat tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar Tarmoq tuzilmasi deyilganda, uning tarkibi, tarmoqlar o`rtasidagi nisbatlar va o`zaro bog`liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti darajasini belgilaydi hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o`zgarishlarni aks ettiradi.
Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin bo`ladi:
ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning darajasini;
mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini;
sanoat va butun xalq xo`jaligining ilmiy-texnika salohiyatini;
sanoat tarmog`ining «A» guruhi bilan «B» guruhi o`rtasidagi ishlab chiqarish aloqadorligini;
ijtimoiy mehnat unumdorligi yoki ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligining darajasini;
mehnatkashlarning moddiy faravonligi va madaniy darajasi o`sganligini.
Sanoat tarmoqlari tuzilmasini tavsiflash uchun ayrim tarmoqlar o`rtasidagi ma`lum ishlab chiqarish aloqadorligini ifodalovchi miqdoriy nisbatlarni aniqlab olish kerak. Bu muammoni hal etish uchun bir qator ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan biri tarmoqlar o`rtasidagi nisbatlarni ifodalasa, ikkinchisi ma`lum davr ichidagi tuzilmaviy o`zgarishlarni, uchinchisi esa ishlab chiqarish aloqalarini ifodalaydi.
Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko`rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
mustaqil sanoat tarmoqlarining soni;
tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmidagi salmog`i;
tarmoq rivojining sur`ati;
tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsienti.
Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, uning iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi.
Tarmoqning yalpi mahsulot sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi, ishchilar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog`i ko`rsatkichlari bilan o`lchanadi.
Tarmoqning rivojlanish sur`atini quyidagicha ifodalash mumkin:
bu yerda: S – tarmoqning rivojlanish sur`ati;
P – tarmoq rivojlanishining rejali darajasi;
X – tarmoq rivojining hisobot davridagi darajasi.
Tarmoqning rivojlanish koeffitsienti tarmoqlar tarkibidagi miqdor o`zgarishlarni ifodalaydi va ma`lum davrdagi sanoat tarmoq tuzilmasidagi siljishlarni ko`rsatib beradi. Bu koeffitsient quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda: Tr s – tarmoqning rivojlanish sur`ati;
Sr s – sanoatning rivojlanish sur`ati.
Sanoat tarmoqlari orasidagi yuzaga kelgan mutanosibliklar va ularning o`zgarishiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa bir qator omillar ta`sir etadi.
Sanoat ishlab chiqarish tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi:
fan-texnika taraqqiyoti va uning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish;
ijtimoiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashtirish va kooperativlashtirishning darajasi;
sanoat ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari;
aholining moddiy va madaniy darajasi o`sishi;
ijtimoiy-tarixiy sharoitlar;
mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o`zlashtirish darajasi;
mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o`rni va uning boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi.
Sanoat tuzilmasining o`zgarishiga ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllari – kontsentratsiyalash, ixtisoslashtirish va kombinatlashtirish juda katta ta`sir ko`rsatadi. Ishlab chiqarishda kichik korxonalarning ko`payishi tarmoq taraqqiyotini tezlashtirgani holda uning umumsanoat mahsulotidagi miqyosini oshirishga olib keladi. Ixtisoslashtirish ijtimoiy mehnat taqsimoti jarayonini ifodalagani holda ayrim mahsulotlar yoki mahsulot qismlarini mustaqil ishlab chiqarishga, tayyorlashga, yangi sanoat tarmoqlari tashkil qilinishiga sabab bo`ladi.
Sanoat tarmoqlari tuzilmasiga ta`sir ko`rsatuvchi eng muhim omillardan yana biri, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o`rni hisoblanadi.
Nazorat savollari: Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat sohalarining shakllanishi.
Davlatning iqtisodiyot, jumladan, sanoat sohasidagi tarkibiy o`zgarishlarga tegishli siyosati.
Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni ta`minlash deganda nimalar tushuniladi?