koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan
mahalliy
va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini
beradi. 5. Maktabda kreativ fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati
faqatgina mehnat bozori bilan cheklanmaydi. Maktab yoshlar uchun oʻz
qobiliyat va koʻnikmalarini, shu jumladan ijodiy talantlarini kashf etishda
muhim ahamiyatga ega. 6.
Shuningdek, kreativ fikrlash oʻquvchilarning
taʼlim olishini hodisalar, tajribalar va xatti-harakatlarni yangicha va
shaxsan mazmunli usulda talqin etish orqali qoʻllab-quvvatlaydi.
Oʻquvchining xayoli va qiziquvchanligi taʼlim jarayonida qoʻl keladi:
ijodiy fikrlash shu tariqa oʻzaro kelishuvchanlik
vositasiga aylanadi,
hattoki avvaldan belgilangan taʼlim maqsadlari kontekstida ham (Beghetto
va Plucker, 2006 [18]). Maktabda oʻquvchining motivatsiyasi va
qiziqishini oshirish uchun, barcha oʻquvchilarning
ijodiy salohiyati va
shijoatini hisobga oluvchi taʼlimning yangi shakllari yoʻlga qoʻyilishi
zarur. Bu ayniqsa taʼlim jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan
oʻquvchilarga yordam berishi mumkin va ular oʻz fikrini ayta olishiga,
salohiyatini ochishiga xizmat qiladi.. Har qaysi boshqa koʻnikma kabi,
kreativ fikrlash ham amaliy va manzilli yondashuv
orqali rivojlantirilishi
mumkin. Baʼzi o„qituvchilarga oʻquvchining kreativ fikrlashini
rivojlantirish oʻquv dasturidagi boshqa fanlar evaziga boʻlayotgandek
tuyulishi mumkin. Aslida, oʻquvchilar barcha fanlarda kreativ fikrlashi
mumkin. Kreativ fikrlash bilim berishga qaratilgan dars mobaynida koʻr-
koʻrona yodlash oʻrniga tadqiqot va ixtironi qo„llab-quvvatlaydigan
yondashuvlar orqali rivojlantirilishi mumkin (Beghetto, Baer va Kaufman,
2015 [20]). O„qituvchilar kreativ
fikrlashni ajrata olishlari, bunday
fikrlashga mos shart-sharoitlarni bilishlari va oʻzlari ham oʻquvchilarga
fikrlashda koʻp roq ijodiy yondashishga yordam bera olishni bilishlari
kerak. Kreativ fikr lash qay tariqa vujudga
kelishi borasidagi puxtaroq
tasavvur, oʻz navbatida, o„qituvchilarga taʼlim jarayonida o„quvchilarda
ijodiy gʻoyalar «inkubatsiya» boʻlishi uchun muayyan vaqt talab etishini
anglashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: