Masalan, siz ishlovchi kompaniya keyingi besh yillik ish rejasi
haqida bayonot chiqardi. Unda kutilayotgan o‟zgarishlar, kompaniya
oldida turgan eng ustuvor vazifalar haqida umumiy ma‟liumot berilgan.
Siz bu bayonotni o‟qib, uning siz egallab turgan lavozimga qanday
ta‟sir qilishi mumkinligini tahlil qilasiz. Sizning lavozimingiz yoki
ishingiz haqida hech qanday aniq ma‟lumot aytilmagan bo‟lsa ham,
kelgusi besh yillik reja va ustuvor vazifalarni tahlil qilib, bu
o‟zgarishlar ish o‟rningizga qanday ta‟sir qilishi mumkinligi haqida
xulosa chiqarasiz.
3-qurol: Mantiqiy va dalil asosida fikrlash
Mantiqiy va dalil asosida fikrlash mavjud ma‟lumotlar asosida
to‟g‟ri xulosa yoki natijaga erishish uchun yana nimalar lozim
bo‟lishini anglash qobiliyatidir.
Masalan, oxirgi oyda kompaniyangiz mahsulotlarining sotilishi
ancha kamaydi. Boshqaruvchi sifatida buning sababini bilishingiz juda
muhim. Aniq sababi haqida to‟g‟ri xulosaga kelish uchun esa sizga
yana qo‟shimcha ma‟lumotlar kerak bo‟lishini tushunishingiz kerak.
Ishlab chiqarish bilan bog‟liq ichki muammolar, bozorda raqobatning
kuchaygani yoki talabning sustligi kabi turli omillar savdoning
pasayishiga sabab bo‟lgan bo‟lishi mumkin. Siz ana shu barcha
omillarni o‟rganib, dalillardan foydalanib, nega savdo kamaygani
haqida so‟nggi xulosaga kelasiz.
Dostları ilə paylaş: