Kam tezlikda 10-14 kun davomida jigar va mushaklarda quvvat zahirasi ko‘payadi,
yurak qon tomir tizimi moslashishga boshlaydi.
Sekin 4-6 hafta davomida mushak og‘irligi o‘sa boshlaydi, tarkibida oqsil miqdori
ko‘payadi.
Quyidagi qonuniy aloqalarni anglab yetish sport fanining
asosiy vazifalaridan biri
hisoblanadi.
Tashqi omillar yetarli darajadagi jadallik va ma’lum hajmda bo‘lgandagina
moslashish jarayoni ro‘y beradi.
Moslashish jarayoni - yuklama va dam olishni to‘g‘ri tashkil yetish natijasidir.
Sport mashg‘ulotlarining vositalari
Insonning harakat faoliyati asosida harakat vazifalarini bajarish usuli sifatidagi harakat
kuchi yotadi. Sport mashg‘ulotlarining vositalari - sportchini mahoratiga to‘g‘ridan -to‘g‘ri yoki
bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi har xil jismoniy mashqlardir. Sport mashg‘ulotlarini
vositalar
tizimiga aniq sport turini, mutaxassislik sport predmeti bo‘lib hisoblanadigan mashqlar tanlanadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari harakat faoliyatining vazifalarini xal yetish
vositalaridir. Harakat kuchi makondagi harakat shakli (harakat) va holatlar (vaziyat)dan
iborat
bo‘lishi mumkin. Qo‘yilgan vazifalarga ko‘ra harakat kuchi maishiy, mehnat, o‘quv yoki sport
harakteriga yega bo‘lishi mumkin. Agar biz yurib ketayotgan transportga ( masalan,
avtobusga)yetib chiqib olish uchun yugursak, unda harakat kuchi sifatidagi yugurish maishiy
yo‘nalishga yega bo‘ladi. Agar biz yugurish texnikasini
yaxshilash yoki chidamlilik, tezlikni
oshirishi maqsadida yugursak, unda harakat kuchi sifatidagi yugurish sport yo‘nalishiga yega
bo‘ladi. Shuning uchun xam xar qanday harakat kuchi jismoniy mashq hisoblanavermaydi, faqat
ko‘p marta takrorlash yo‘li bilan jismoniy takomillashish yoki sport tayyorgarligi
vazifasini hal
yetuvchilarigina jismoniy mashq doirasiga kirishi mumkin.
Jismoniy mashqlar bir (yegilish, o‘tirish, va x.k) yoki bir qator harakatlardagi (o‘yinlar,
gimnastika mashqlari va boshqa) iborat bo‘lishi mumkin.
Sport mashqlari harakat ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish yoki
sportchini funksional imkoniyatini oshirishga qaratiladi. Har ikkala holatda xam bu sportchiga
taqdim yetilayotgan ishga moslashish (tanani harakat faoliyatiga ko‘nikishi) qonuniyati bo‘yicha
amalga oshadi.
Jismoniy mashqlarni bajarish paytida kishi tanasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar
mashq
samarasi sifatida belgilanadi. Mashq bajargandan keyin tanada qoladigan o‘zgarishlar izli mashq
samarasi sifatida belgilanadi.
Mashg‘ulotlar, izli mashq samaradorligining ma’lum davrini umumlashtirish yakuniy
yoki mashq samaralarining ma’lum davrini umumlashtirish
yakuniy yoki mashq samarasi
sifatida belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: