2-mavzu. Sportning nazariy asoslari. Reja: Sportchini tayyorlash tizimi



Yüklə 340,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/25
tarix11.10.2022
ölçüsü340,1 Kb.
#64874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
mavzu. Sportning nazariy asoslari reja Sportchini tayyorlash ti

Sport mashqlariga moslashish 
Birinchi bor adaptasiya (lotincha - moslashish) tushunchasi Selening (bu 
tushunchani aniqlab bergan Kanadalik olim) umumiy moslashish holati haqidagi 
ta’limotida ochib berilgan.
Adaptasiya sindromi (alomati) ni Sele tananing qo‘zg‘aluvchi ta’siriga nisbatan 
noodatiy javobi deb tushuntiradi. Bu holat quyidagicha kechadi: 
Xavotir - rezestentlik - oriqla (rezenstenlik - tanani muxitning turli ziyon 
keltiruvchi omillari ta’siriga bardoshligi).Xavotir davriga tananing me’yor va 
g‘ayritabiiylik darajasiga o‘ta safarbarligiga xos xususiyatidir. Agar bu ta’sir kuchi 
to‘xtamasa, bir qancha vaqtdan keyin tana imkoniyati tugab, uning sezish quvvati 
so‘nadi.


Og‘ir jismoniy yuk tufayli (stress xolati) Adenozintrifosfor kislotasi (ATF) zaxirasini 
kamayishi kuzatiladi, natijada maxsulotlarining parchalanish nisbati qolgan qismiga qaraganda 
ortib ketadi, bu yesa moslashishning asosini tashkil yetadi. Moslashish jarayonida bir biriga 
bog‘liq maxsus o‘zgarishlar kuzatiladi. Masalan, jismoniy kuch ta’siri ostida yurak og‘irligi 20-
40 % ga ortishi mumkin, bu bilan bog‘liq ravishda yurak mushagining ingichka tomir tarmoqlari 
ham kattaradi.
Moslashuvning har bir darajasini o‘z chegarasi bor. Agar qo‘zg‘aluvchining kuchi 
borgan sayin ortib ketaversa, unda yangi muhim xolat o‘rniga moslashishning buzilishi vujudga 
keladi, negaki moslashishning vazifaviy zaxirasi tamom bo‘ladi.
Moslashish aks moslashish bilan almashinadi. Shundan kelib chiqadiki, sport bilan 
shug‘ullangan ortiqcha og‘irlik tana va uning ayrim qismlarini zo‘riqishga olib keladi. Bu 
doimiy natija bo‘lmay dam olish va ish rejimiga qat’iy rioya qilinmasa, og‘irlik va tiklanish 
to‘g‘ri bir - biriga munosib ravishda olib borilmagan chog‘da yuzaga keladi.
Mashqning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqishda sportchining moslashish zahiralarini 
tiklanish va saqlanish shaxsiy xususiyatlari bilan qat’iy ravishda muqobillashtirishdagi tashqi 
omillar hisobga olinishi lozim.
Tez (beqaror) va uzoq muddatli (nisbiy barqaror) moslashish kabi ikki turdagisi mavjud.

Yüklə 340,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin