2-mavzu. Sportning nazariy asoslari
.
REJA:
1. Sportchini tayyorlash tizimi.
2. Sport mashqlariga moslashish
3. Moslashish bosqichlari
4. Sport mashg‘ulotlarining vositalari
5. Sport mashg‘ulotlari tizimida tayyorgarlik mashqlari
Sport mashqlariga moslashish
Birinchi bor adaptasiya (lotincha - moslashish) tushunchasi Selening (bu tushunchani
aniqlab bergan Kanadalik olim) umumiy moslashish holati haqidagi ta’limotida ochib berilgan.
Adaptatsiya sindromi (alomati) ni Sele tananing qo‘zg‘aluvchi ta’siriga nisbatan
noodatiy javobi deb tushuntiradi. Bu holat quyidagicha kechadi:
Xavotir - rezestentlik - oriqla (rezenstenlik - tanani muxitning turli ziyon keltiruvchi
omillari ta’siriga bardoshligi).Xavotir davriga tananing me’yor va g‘ayritabiiylik darajasiga o‘ta
safarbarligiga xos xususiyatidir. Agar bu ta’sir kuchi to‘xtamasa, bir qancha vaqtdan keyin tana
imkoniyati tugab, uning sezish quvvati so‘nadi.
Og‘ir jismoniy yuk tufayli (stress xolati) Adenozintrifosfor kislotasi (ATF) zaxirasini
kamayishi kuzatiladi, natijada maxsulotlarining parchalanish nisbati qolgan qismiga qaraganda
ortib ketadi, bu yesa moslashishning asosini tashkil yetadi. Moslashish jarayonida bir biriga
bog‘liq maxsus o‘zgarishlar kuzatiladi. Masalan, jismoniy kuch ta’siri ostida yurak og‘irligi 20-
40 % ga ortishi mumkin, bu bilan bog‘liq ravishda yurak mushagining ingichka tomir tarmoqlari
ham kattaradi.
Moslashuvning har bir darajasini o‘z chegarasi bor. Agar qo‘zg‘aluvchining kuchi borgan
sayin ortib ketaversa, unda yangi muhim xolat o‘rniga moslashishning buzilishi vujudga keladi,
negaki moslashishning vazifaviy zaxirasi tamom bo‘ladi.
Moslashish aks moslashish bilan almashinadi. Shundan kelib chiqadiki, sport bilan
shug‘ullangan ortiqcha og‘irlik tana va uning ayrim qismlarini zo‘riqishga olib keladi. Bu
doimiy natija bo‘lmay dam olish va ish rejimiga qat’iy rioya qilinmasa, og‘irlik va tiklanish
to‘g‘ri bir - biriga munosib ravishda olib borilmagan chog‘da yuzaga keladi.
Mashqning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqishda sportchining moslashish zahiralarini
tiklanish va saqlanish shaxsiy xususiyatlari bilan qat’iy ravishda muqobillashtirishdagi tashqi
omillar hisobga olinishi lozim.
Tez (beqaror) va uzoq muddatli (nisbiy barqaror) moslashish kabi ikki turdagisi mavjud.
Ma’lum yuklamaga javoban sportchi tanasidagi siljishlar sport amaliyotidagi tez
moslashishga misol bo‘lishi mumkin. Zero,mashq qilmagan sportchida bu siljishlar mashq
qilganga nisbatan past bo‘ladi, negaki uning tanasi mashq qilgan sportchinikiga nisbatan kamroq
yuklama ostida ishlashga moslashgan. Shuning uchun yuqori darajada mashq qilagn (sport
imkoniyatlari yuqori bo‘lgan) sportchilar yuqori natijalar ko‘rsata oladi.
Yuqorida keltirilgan misolda turli darajadagi, ya’ni XTSU va 3- razryadli sportchilarning
osoyishtalik va 400 m masofaga yugurganidan keyin tanasidagi asosiy a’zolarning qiyosiy
ko‘rsatkichi berilgan.
Nima sababdan ko‘rsatilgan masofani XTSU kamroq tayyorgarlik ko‘rgan sportchiga
nisbatan tezroq bosib o‘tdi, degan savol tug‘iladi. Buni birinchi navbatda uning tanasining yuqori
funksional imkoniyatlari bilan tushuntirish mumkin.
Yugurgandan keyin XTSU yurak urishi minutiga 210 ga 3- razryadli sportchiniki yesa 180, nafas
olish nisbati minutiga 120l va 75 ga teng bo‘ladi, yuksak malakali sportchining qon aylanish
xajmi 30 l bo‘lgan ixtisoiligi pastroq sportchiniki bori yo‘g‘i 20% bo‘ladi, ham kislorod iste’mol
qilish farqi minutiga 20 ml/kg qabilida belgilanadi.
Bejiz yemaski, tananing yuqori jismoniy ish qobiliyatini ta’minlovchi asosiy a’zolarining
bunday imkoniyati masofani yuqori tezlikda yugurib o‘tishga yo‘l ochadi.
Hozirda to‘qima tushunchasi bu tarkibiy oqsillardan iborat bo‘lgan yarim qattiq suyak,
ko‘pchilik "naychali" maxsus turli xildagi oddiy va murakkab molekulasi suyuqliklar aylanib
yuradigan murakkab tarkibdan iborat. Undan modda quvvatli, hamda axborot aloqalari amalga
oshiriladi.
To‘qimalar faoliyati ko‘pincha kimyoviy reaksiyalar bilan bog‘liq, ularning har biri
o‘zining oqsil - yermenti ta’siri ostida kechadi. Oqsillar RNK namunalari qoliplar buyicha
ribosomalarda sintezlanadi (hosil bo‘ladi) ular DNK dagi bir gendan nusxa olish yo‘li bilan hosil
qilinadi.
Genlarda to‘qimalar faoliyati jarayonini boshqaruvchi maxsus yo‘riqnomalar va turli
oqsillarning namunalari mavjud.
Mushak tolalarining (to‘qimalarining) bir qisqarish kuchi uch omil bilan belgilanadi:
-
kuchli tashqi qo‘zg‘aluvchi ;
-
avval "sarflangan" ferment og‘irligi ;
-
"ta’minlovchi" tarkiblar berayotgan kuchning mavjudligi.
Bioximiklar oqsillarni oddiy molekulalarga bir xildagi tezlik bilan parchalanishini
aniqladilar. Uning kattaligi "yarim parchalanish davri" sifatida belgilanadi. Yuqorida
aytganimizdek yangi oqsil "ishchi yelementlardan" "talaba bo‘lganda" ribosomalarda hosil
bo‘ladi. Oqsil fermentining har bir molekulasi qanchalik tarang ishlasa, yangisini paydo
bo‘lishga yextiyoj shunchalik kuchli bo‘ladi. Bu holatda yangi oqsilni paydo bo‘lishi uni
parchalanishidan o‘zib ketadi, bu oqsil ferment og‘irligini ortishiga, shuningdek to‘qima
vazifasining kuchayishiga olib keladi. Oqsil hosil bo‘lishiga yextiyoj kamayganda yesa, oqsil
parchalanishi uning hosil bo‘lishidan o‘zib ketish xolati yuz beradi.
Birinchi xolatda biz maxoratning ortishi, ancha yuqori og‘irlikka moslashish jarayonini
kuzatgan bo‘lsak, ikkinchi xolatda maxoratni moslashishni susayishini kuzatamiz. Tezlik bilan
ruy beradigan moslashish reaksiyasida quyidagi uch bosqich kuzatiladi:
1-bosqich berilgan ishni bajarilishini ta’minlovchi funksional tizimlar faoliyatini
jadallashtirish bilan bog‘liq yurak urishi, nafas olish, kislorod yutish, laktat to‘planish va x.k
kuchayishi.
2-bosqich qordagi funksional tizimlarning faoliyatini mo‘tadillashuvini ifodalaydi.
Tananing nisbatan muqobil holatini ko‘rsatadi.
3-bosqich tana faoliyatiga (javobiga) yextiyoj va uni ta’minlash orasidagi muvofiqlikni
buzilishi bilan bog‘liq. Bu ishchi tizimlar va a’zolarning harakati xamda faoliyatlarning asabiy
boshqarish mexanizmlarini charchashi, shuningdek kuch zahiralarini nihoyalanishini ifodalaydi.
Tez moslashishning uchinchi bosqichiga ish bilan bog‘liq talablarni tanaga qayta - qayta
yuklanaverishi uzoq muddatli moslashuvning shakllanishiga, shuningdek sport faoliyatini
ta’minlovchi tana a’zolari tizimi va faoliyatini munosiblikdan chetlashuviga olib keladi. Uzoq
muddatli moslashishning shakllanishi tez moslashish kabi uch bosqichda kechadi. Mashq paytida
ortiqcha zo‘riqish oqibatida mashq jarayonining tuzilish tizimiga putur yetgan bo‘lsa to‘rtinchi
bosqich vujudga kelishi mumkin.
1-bosqich tez moslashishni ko‘p marta qaytariladigan samaralarini umumlashtirish
asosida uzoq muddatli moslashishi mexanizmlari kuchaytiriladi;
2-bosqich reja asosida takrorlanadigan doimiy o‘sib boruvchi (ma’lum doirada) yuk
asnosida harakatdagi a’zolar va to‘qimalarda tarkibiy hamda vazifaviy o‘zgarishlar jadal
kechadi;
3-bosqich a’zolar faoliyatining yangi darajasini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan zahira
mavjudligida ifodalangan uzoq muddatli moslashishning muhim bosqichidir;
Maqsadga yo‘naltirilgan mashq boshida moslashish jarayoni tez kechadi. Keyinchalik
turli a’zolar va qismlarning rivojlanish darajasini ortib borishi asosida uzoq muddatli
moslashishning shakllanish tezligi susayadi.
Yurak og‘irligini (yurak gipertrofiyasi) kattalashuvi bilan bog‘liq yurakning qisqarish
qobiliyati kuchayadi. Tananing yangi imkoniyatlariga nafas olish va qon aylanish tizimi ham
moslashadi. Mushaklarning qizg‘in ishlash paytida nafas olish 15-20 martaga ortadi, nafas olish
kuchining o‘sish hisobiga nafas olish harakatli quvvati oshadi, turli og‘irlikdagi jismoniy yukka
chidamlilik qobiliyati asosi sifatidagi MPK ko‘rsatkichi o‘sadi.
-moslashish jarayoni nafaqat sportchiga yuksak natijalarga yerishishgagina imkon
berib qolmasdan, balki og‘irlikka chidashning qolipdagi yuklamalar mashg‘ulot ta’siriga
yega bo‘lmay qoladi, ulardan mashqlarga chidamlilikni saqlashga imkon beruvchi vosita
sifatida foydalanish mumkin.
- mashg‘ulotlar orasida yo‘l qo‘yilgan uzoq tanaffuslar moslashish yutuqlari
darajasini pasaytiradi.
- sportchi tanasini moslashishi yuklama tarkibi va yo‘nalishi bilan bog‘liq yo‘nalishda ro‘y
beradi.
Tez, bir necha soat davomida modda almashuvining ayrim substratlari moslashadi.
Kam tezlikda 10-14 kun davomida jigar va mushaklarda quvvat zahirasi ko‘payadi, yurak
qon tomir tizimi moslashishga boshlaydi.
Sekin 4-6 hafta davomida mushak og‘irligi o‘sa boshlaydi, tarkibida oqsil miqdori
ko‘payadi.
Quyidagi qonuniy aloqalarni anglab yetish sport fanining asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi.
Tashqi omillar yetarli darajadagi jadallik va ma’lum hajmda bo‘lgandagina
moslashish jarayoni ro‘y beradi.
Dostları ilə paylaş: |