2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


Organizmlarni klassifikasiya qilish prinsiplari va usullari



Yüklə 162,04 Kb.
səhifə11/37
tarix23.11.2022
ölçüsü162,04 Kb.
#69956
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakll

4. Organizmlarni klassifikasiya qilish prinsiplari va usullari. Yuqorida bayon etganimizdek hayvon va o’simliklar dunyosi xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Shu sababli har bir o’simlik va hayvonlar turlarini o’rganish, avvalo shu o’rganilayotgan obyektning boshqalarga qaraganda qaysi holatda ekanligini, ularning bir-biriga nisbatan filogenetik holatini (kelib chiqishini) bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Turlarning sistematik holatini bilish, tushunish faqatgina sistematika fani uchun emas, boshqa yondosh fanlar uchun xam muhim rol o’ynaydi.
Sistematika bilimlarining genetika va biokimyoda, urug’chilik va seleksiyada, hattoki ekologiya va biogeografiya fanlarida ham o’rni beqiyos. Tabiatni muhofaza qilishni ham sistematik bilimlarsiz to’la to’kis amalga oshirib bo’lmaydi. Turli tuman hayvonlar va o’simliklar dunyosini tasvirlab ma’lum bir sistemaga solib o’rganish qadim zamonlardan boshlangan bo’lib, u bir necha davrni o’z ichiga oladi. Organizmlarni ilk bor klassifikasiya qilish Yunonistonlik olim Aristoteldan (e.o. 384-322 y.y.) boshlangan. Aristotel va uning shogirdi botanik Teofrast (e.o. 370-285 y.y.) o’simliklarni o’t, buta, daraxt, hayvonlarni yashash joyiga qarab suv hayvonlari, quruqlik hayvonlari va havo hayvonlariga bo’ladi. Albatta, ularning klassifikasiyasi sun’iy klassifikasiya edi. Sun’iy klassifikasiya nomoyondalaridan biri shved olimi K.Linniydir (1707-1778 y.) K.Linniy 1735 yilda chop etgan “Tabiat sistemasi” degan asarida tur to’g’risida to’la to’kis ma’lumotlar keltirgan, uning tushunchasicha sistematikada asosiy kichik taksonomik birlik tur bo’lib, u bir-biriga o’xshash organizmlar yig’indisidan iborat. Biroq, Linniy tur o’zgarmaydi va u doimiy degan konsepsiya tarafdori edi. O’simlik va hayvonlarni klassifikasiya kilishda K. Linney bitta yoki bir nechta belgini hisobga olgan edi. Bu albatta sun’iy klassifikasiya edi. Biroq shunday bo’lsa ham Linniyning sistematikada xizmati salmoqli bo’ldi. U o’simlik va hayvonlarni klassifikasiya qilish prinsiplarini yaratdi. Sistematikaga qo’sh nomenkulaturani kiritdi. Ya’ni har bir hayvon va o’simlik turini ikkita nom bilan atashni tavsiya qildi. Masalan, qattiq bug’doy triticum durum Z, yoki uy mushugi - Felis domestica Z, Sher - Fales Leo, yo’lbars - felis tigris, it - canis lamiliaris va hokazo.
Har bir hayvon va o’simlik turidan keyin shu turni birinchi bo’lib, tasvirlab bergan olimning familiyasi qisqartirilgan holda yoki familiyasining bosh harfi qo’yilishini ta’kidladi. Turlarni avlodlarga, avlodlarni oilalarga, oilalarni tartiblarga, tartiblarni sinflarga, sinflarni bo’limlarga birlashtirish prinsiplarini ham K.Linniy asoslagan. U 10 mingdan ortiq o’simlik turlarini tasvirlab, ularga nom bergan buyuk allomadir.
Sistematikada ma’lum miqdorda xizmat ko’rsatgan olimlardan biri fransiyalik J.B.Lamark hisoblanadi. U hayvonlarni umurtqasizlar va umurtqalilarga bo’lib, chuvalchanglar tipini yassi, yumaloq va xalqali chuvalchanglar guruhiga bo’ldi. Hayvonlar tiplari to’g’risida tushunchani fransuz olimi j. Kyuvye (1769-1832) fanga kiritib, hayvonlarning bir nechta tiplarini tasvirlab berdi.
Oila atamasi sistematikaga kiritilgandan so’ng hayvon va o’simliklar turlarini (Species) avlodlarga (Genus), avlodlarni oilalarga (Familio), oilalarni tartiblarga (Ordo), tartiblarni sinflarga (Classis), sinflarni tiplarga (Tyros, divisio) va bo’limlarni dunyoga (Regnum) bo’linib o’rgatila boshlandi. XIX asrda nemis olimi E.Gekkel (1834-1919) organik dunyoni 3 ta podsholikka ya’ni, protistlar, hayvonlar va o’simliklarga bo’lib o’rgatdi. O’simliklar klassifikasiyasi borgan sari takomillashib bormoqda. Hozirgi kunda har bir takson uchun uning kichik yoki kattalashtirilgan shakllari ishlatilmoqda, chunonchi kenja sinf, kenja tur va hokazo. Ch. Darvinning evolyusion nazariyasining paydo bo’lishi bilan organizmlarning filogenetik sistemasi shakllana boshladi. Ya’ni organizmlarni klassifikasiyalashda ularning qarindoshlik belgilari va kelib chiqishiga asoslangan sistematika paydo bo’ldi.
Organizmlarni klassifikasiyalashda morfologik taqqoslash, embriologik taqqoslash, kariologik, ekologo-genetik, geografik, poleontologik, molekulyar-genetik va shu kabi boshqa usullardan foydalaniladi.
Klassifikasiya qilishda yana organizmlarning quyidagi muhim xususiyatlaridan ham foydalanish mumkin. Ana shunday xususiyatlarga bir hujayrali yoki ko’p hujayrali, hujayraning differensiyalanishi, embrion varaqchalarining rivojlanishi, ma’lum bir sistemalarning hosil bo’lishi darajasi (masalan, qon aylanish, ovqat hazm qilish sistemalari), simmetrik xillari, tanadagi sigmantasiyalarning borligi yoki yo’qligi, genetik o’xshashligi, xromosomalar miqdori va morfologiyasi, o’simliklarda changlarning tuzilishi, bioximik va immunologik xususiyatlari va hokazolar kiradi.
Sistematikada DNK dagi azot asoslarining birin ketin joylashishini va oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning ham birin-ketin joylashishini bilish muhim ahamiyatga egadir. Chunki bir organizm DNKsidati azot asoslarining joylashishi va oqsilidagi aminokislotalarning joylashishi boshqa organizmdagidan keskin farq qilishi aniq.
Hozirgi kunda o’simliklar va hayvonlar dunyosini klassifikasiyalashda jamoatchilik tomonidan tan olingan yagona sistema mavdjud emas. Shu sababli ularni klassifikasiya qilishning bir biridan farq qiladigan bir necha xillari mavjud. Shular orasida keng tarqalgan sistemalardan o’simliklar sohasida A.L.Taxtadjyan (1973) sistemasi va hayvonlar sohasida esa L. Margilis sistemasidir.
A.L.Taxtadjyan o’simliklar dunyosini:
1. Hujayraviy tuzilishgacha bo’lgan o’simliklar (viruslar);
2. Shakllangan yadroga ega bo’lmagan tallofitlar (bakteriyalar, ko’k yashil suvo’tlari);
3. Plastidasiz tallofitlar (zamburug’lar);
4. Sakkizta bo’limni o’z ichiga olgan yuksak o’simliklar guruhlariga bo’ladi.
Yopiq urug’lilar bo’limini 2 ta sinfga: ikkipallalilar va bir pallalilarga bo’lib o’rgatadi.
L. Margelis sistemasi bo’yicha hayvonlar:
1. Bir hujayrali hayvonlar (sodda hayvonlar);
2. Ko’p hujayrali, birlamchi og’izlilar;
3. Bulutlar, kovakichlilar;
4. Yassi chuvalchanglar;
5. Yumaloq chuvalchanglar;
6. Paypaslagichlar;
7. Bo’g’im oyoqlilar;
8. Yumshoq tanlilar yoki molyuskalar;
9. Igna tanlilar;
10. Pogonaforalar;
11. Xordalilar tiplariga bo’linadi.
Xordalilarni esa u 6 sinfga:
1. Yumaloq og’izlilar;
2. Baliqlar;
3. Suvda-quruqlikda yashovchilar;
4. Sudralib yuruvchilar;
5. Qushlar;
6. Sut emizuvchilar sinflariga bo’lib o’rgatadi.

Yüklə 162,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin