2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


Yopiq urug’lilar (Angiospermae) yoki Magnoliyalilar



Yüklə 162,04 Kb.
səhifə19/37
tarix23.11.2022
ölçüsü162,04 Kb.
#69956
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakll

Yopiq urug’lilar (Angiospermae) yoki Magnoliyalilar. Yer yuzida keng tarqalgan o’simliklar bo’lib, yopiq urug’lilarning hozirgi kunda 250-300 minga yaqin turi mavjud. Yopiq urug’lilarga, o’t, chala buta, buta va daraxt o’simliklar kiradi. Bu sinf ikki sinfga: birpallalilar va ikki pallalilarga bo’linadi. Yopiq urug’lilarning tipik vakillariga, bug’doy, arpa, g’o’za, bodring, qovun, tarvuz, pomidor, o’rik, shaftoli, beda, soya, no’xat, sholi, shirinmiya, g’umay, kungaboqar, kunjut va shu kabi boshqa o’simliklar hisoblanadi. Yopiq urug’lilarda birinchi bo’lib gul paydo bo’lgan. Gul bu o’zgargan va qisqargan novda bo’lib, unda sporafit rivojlanadi. Guli ko’pincha ikki jinsli, ba’zan bir jinsli bo’lishi ham mumkin. Gulda gul o’rami gul kosa, gultoji, changchi va urug’chisi bo’lib, ular gul o’rnida joylashadi. Urug’chisining ostki kengaygan tuguncha qismida urug’ yetiladi. Urug’chisida yana ustuncha va urug’chi tumshuqchasi ham bo’ladi. Changchisi chang ipi, 2ta changdan va changlarni biriktirib turuvchi bog’lagichdan iborat changdonlar ichida chang (mikrospira) yetishadi.
Urg’ochi jinsiy gametasi 8 hujayrali murtak xaltasidan iborat bo’lib, shulardan bittasi tuxum hujayra hisoblanadi. Chang urug’chi tumshuqchasiga tushib, o’sa boshlaydi va chang yadrosining bo’linishi natijasida undan generativ va vegetativ hujayralar hosil bo’ladi. Generativ hujayra qayta bo’linib undan ikkita spermiy hosil bo’ladi, vegetativ hujayra o’sib chang naychasiga aylanadi. Chang naychasi murtak xaltasiga mikropile orqali kiradi va uchi yoriladi. Ichidan chiqqan spirmiylardan bittasi tuxum hujayra bilan, ikkinchi spermiy esa murtak xaltasining ikkilamchi yadrosi bilan qo’shiladi. Buni qo’sh urug’lanish jarayoni deyiladi va bu hodisani birinchi bulib 1898 yilda S.G.Navashin kashf qilgan. Urug’langan tuxum hujayradan urug’ning murtak qismi, murtak xaltasining ikkilamchi yadrosidan esa endosperm hosil bo’ladi. Urug’ kurtak urug’ga, urug’chi tuguncha kengayib mevaga aylanadi.
Yopiq urug’lilarning xo’jalik ahamiyati beqiyosdir, chunki ulardan inson turli maqsadlarda foydalanadi. Yopiq urug’lilar hozirgi kunda yer yuzining hukmron o’simligi hisoblanadi. Ular ochiq urug’lilardan kelib chiqqan bo’lib, yoshi 130 mln yilga tengdir.

Yüklə 162,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin