6-mavzu. O‘sish va rivojlanish. Reja Organizmlarningo’sishvarivojlanishiniboshqarish. Organizmlar rivojlanishining xususiyatlari.
Morfogenez.
Organizmning individual rivojlanishi – Ontogenezi.
Embrional rivojlanish.
Postembrional rivojlanish.
Gomeostoz, bioritm va anabioz.
1. Organizmlarning o’sish va rivojlanishini boshqarish. Organizmlar rivojlanishining xususiyatlari. Ma’lumki bir organizmning o’sishi va rivojlanishi shu organizm DNKsida joylashgan irsiy axborotga bog’liqdir. Biroq, o’sishni boshqarishda axborotdan tashqari uni o’rab turgan tashqi muhit omillari ham muhim ahamiyatga ega. Ana shunday omillarga oziqa (ovqat), yorug’lik, issiqlik va suv kiradi. Genlarning faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki omillarga garmonlar va sitoplazma oqsillari (transskripsiya omillari) kiradi.
Tashqi muhit omillari ichki muhitga ham o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkin. Masalan ovqat tarkibida yod bo’lmasa odam organizmi tiraksin garmonini ishlab chiqaraolmaydi va natijada o’sish sekinlashadi. Har xil tipda o’suvchi to’qimalarni qayta o’tkazish tajribasi shuni ko’rsatdiki, to’qimalar bir-biriga ta’sir ko’rsatib ular o’sishni boshqarganlar. Agar har qaysi to’qima o’zining o’sish tezligini davom ettirganda edi, unda organlarning tizimida kelishmovchilik paydo bo’lib, ular o’smay qolgan bo’lar edi. Biroq qayta o’tkazilgan to’qimalar bilan asosiy to’qimalarning o’sish tezligi bir-biriga moslashganligi tufayli o’sish normal bo’ladi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, bir to’qima ikkinchi to’qimaning o’sish tezligiga ta’sir qilib turadi.
Ontogenez davrida har bir organizm o’sadi. O’sish va rivojlanish bir-biriga o’xshash emas. O’sish - bu organizm hajmi va og’irligining ortishi hisoblanadi, ya’ni organizmlar bo’yiga, eniga kengayadi va uzayadi. Organizmning o’sishi-organizm tabiatiga (irsiyatiga), tashqi muhit sharoitiga va rivojlanish stadiyalariga (davrlariga) bog’liq bo’ladi. Shuni aytish kerakki, ba’zan sekin o’sishda - rivojlanish tezlashishi yoki tez o’sishda esa rivojlanishi sekinlashishi mumkin. Rivojlanish tezligi birgina o’sish tezligiga yoki organik moddalarning to’planishiga bog’liq bo’lib qolavermaydi, balki u ko’pgina tashqi muhit omillariga ham bog’liqdir. Biroq, o’simliklarning o’sish va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan kompleks ekologik omillar bir-biriga mos tushib qolmasliklari mumkin. Masalan bahorda ekilgan kuzgi g’allalar bitta rivojlanish davrida qolib o’sishni davom ettirishi mumkin, bu o’simliklar ko’p miqdorda yashil massa to’plasa ham urug’ va meva hosil qilmaydilar. Xuddi shunday hodisalarni uzun kun sharoitida ekilgan makkajuxorida ham ko’rish mumkin. Shunday sharoitda o’stirilgan makkajo’xori 3 m balandlikkacha o’ssa ham, urug’ yoki so’ta hosil qilmaydi.
Rivojlanishda hujayrada va organlar hosil bo’lishda sifat o’zgarishlar bo’ladi. Natijada o’simliklarda turli xil hayotiy fazalar bo’lib o’tadi. Organizmlarning yangi tizimi hosil bo’lishida kuzatiladigan fiziologik, bioximik va morfologik o’zgarishlar rivojlanish deyiladi. Masalan mevali daraxtlarda I.V.Michurin quyidagi 5 ta rivojlanish fazalari (stadiyalari) borligini ko’rsatadi:
1. Urug’ning unib chiqishi;
2. Yosh ko’chat fazasi va uning birinchi meva berishi;
3. Yetilishi, birinchi 3-5 yildagi meva berish fazasi;
4. Organizmlar morfologik va fiziologik belgilarining stabillanishi (normallashuvi), fazasi va undan keyingi 3-5 yillik davri;
5. Qarilik va o’lishi (qurishi) fazalari.
O’sish va rivojlanish organizmlarning irsiy xususiyatlari bo’lib, ular tashqi muhit bilan uzviy bog’langan bo’ladi. O’sish va rivojlanish uzviy bog’langan va biri ikkinchisiz bo’lmaydi.
Yuqori o’simliklarning har bir hujayrasi o’zining rivojlanishi davrida bir qancha fazalarni boshidan kechiradi. Dastavval embrional o’sishi fazasi kuzatiladi, keyin cho’zilish fazasi va oxirida ichki differensiyalanish fazalari bo’ladi. Birinchi fazada hamma hujayralar yadrosi sitoplazmaga to’lgan bo’ladi. Ikkinchi cho’zilish fazasida esa, hujayrada vakuola paydo bo’ladi, hujayra po’sti tortilib kengayadi va hujayralar cho’ziladi. Keyin uchinchi faza differensiasiyalanish boshlanib, bunda hujayralar mutaxassislanib doimiy to’qimalar hosil qiladilar, shu bilan o’sish to’xtaydi. Mana shu fazalarni gulli o’simliklarning o’sish nuqtalarida, jumladan poyaning uchki va yon kurtaklarida, ildizning uchida joylashgan o’sish nuqtalarida va urug’ kurtaklarida kuzatish mumkin.
Ko’p hujayrali o’simliklar hajmining ortishi asosan cho’zilish fazasidagi hujayralarning o’sishi hisobiga bo’lib turadi. Bu hujayralar hajmi (katta kichikligi) embrional hujayralarga qaraganda bir necha yuz marta kattalashishi mumkin. Hujayralarning o’sishi auksin va geteroauksin –V-indoliuksus kislotasi hisobida tezlashadi. Meristimatik hujayralarning differensiyasiyalanishi natijasida undan, polisad parenximi, asosiy parenxima hujayralari, elaksimon naylar, traxeya va traxsidlar, sklerenxima tolalari va boshqa to’qimalar hosil bo’ladi.
Ko’p yillik o’simliklarning poya va ildizlari cheksiz o’sish xususiyatiga ega. Biroq barglarning o’sishi esa chegaralangan bo’ladi. Avval barg hujayralarining hammasi o’sadi, keyinchalik esa ularning o’sishi asosida (bazal qismida) davom etadi. Gul a’zolari hamda shakli o’zgargan barglarda ham o’sish cheklangan bo’ladi. G’allasimon o’simliklarda poyasining tepa kurtagi bilan o’sishdan tashqari ularda interkolyar (bo’g’im oralig’i) o’sish ham kuzatiladi.
Bir yillik o’t o’simliklar buton hosil qilish davrigacha kuchli o’sib, undan keyin ularning o’sishi susayadi.
O’simliklarning o’sishida tashqi muhit omillari katta ahamiyatga ega. Shulardan biri haroratdir. Har bir o’simlik ma’lum bir harorat sharoitida o’sishga moslashgan. O’sishning pastki chegarasi (minimal harorat) bizning iqlim sharoitimizda o’suvchi o’simliklarda OOS, ba’zi bir tropik iqlim sharoitida bu ko’rsatkich +10 OS bo’lsa, yuqori chegarasi 30-35 OS hisoblanadi. Ba’zi tuban o’simliklar suv harorati 70 OS bo’lgan suv havzalarida ham yashashi mumkin. O’simliklarning o’sishi uchun minimal, optimal va maksimal harorat mavjud.
Urug’ unib chiqishi uchun kordinal haroratlar: