2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


Modda almashinish turlarining kelib chiqishi



Yüklə 162,04 Kb.
səhifə24/37
tarix23.11.2022
ölçüsü162,04 Kb.
#69956
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakll

Modda almashinish turlarining kelib chiqishi. Bu sohada aniq shakllangan va eksperimentlar bilan isbotlangan nazariyalar yo‘q. Biroq, shunday bo‘lsa ham modda almashinishning qaysi turi ilk bor paydo bo‘lganligi to‘g‘risida ayrim fikr va mulohazalar mavjuddir.
Ko‘pchilik olimlarning fikricha dastavval abiogen holatdagi organik moddalardan foydalanib anaerob oziqlanuvchi bakteriyalarga o‘xshash geterotroflar paydo bo‘lgan. Ilk bor paydo bo‘lgan geterotroflardan anaerob usulda oziqlanuvchi avtotroflar kelib chiqqan. Keyinchalik, bundan 3,5-2 milliard yil oldin avtotroflar orasidan karbonat angidrid va suvdan foydalanib fotosintez yo‘l bilan oziqlanuvchi organizmlar paydo bo‘lgan va natijada atmosfera tarkibida erkin kislorodning ortib borishi kuchaygan.
Dastlabki fotosintezlarda primitiv organizmlar oddiy ATF sintez qilish bilan chegaralanganlar. Keyinroq, vodoroddan foydalanib uglevodorodlarni sintez qiluvchi organizmlar shakllangan bo‘lishi mumkin. So‘ng esa suvdagi vodoroddan foydalanib sintezlovchi va erkin kislorodni ajratib chiquvchi, boshqacha qilib aytganda fotosintezlovchi organizmlar paydo bo‘la boshlagan va pirovardida fotosintezlovchi organizmlar barcha suv havzalarini, keyinchalik esa quruqlikni ishg‘ol eta boshlaganlar. Fotosintezning dastlabki mahsuloti uglevodlar bo‘lgan. Keyinchalik uglevodlardan yashil o‘simliklar tarkibidagi boshqa xil organik moddalar sintezlana boshlagan.
Fotosintezning ulkan ahamiyati shundaki, birinchidan uning evolyusiyasi mustaqil oziqlanadigan ko‘p turli organizmlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan va organizmlar er yuzida keng tarqalgan. Ikkinchidan, fotosintez natijasida ajralib chiqqan erkin kislorod tufayli ko‘pgina organizmlar o‘zlari qabul qiladigan oziqadan ko‘proq energiya ola boshladilar. Bu esa organizmlarning energetik balansini tubdan yaxshiladi.
Kislorod va organik molekulalarning ko‘payishi aerob tipdagi dissimilyasiya jarayonining paydo bo‘lishini kuchaytirdi. Dastlabki aeroblar yashil o‘simliklar va ximosintezlovchi mikroorganizmlar bo‘lgan.
Fermentlarning paydo bo‘lishi juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular ham organizmning evolyusion jarayonida asta-sekin murakkablashib borgan.

Yüklə 162,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin