2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja



Yüklə 162,04 Kb.
səhifə20/37
tarix23.11.2022
ölçüsü162,04 Kb.
#69956
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakll

Muhokoma savollari
1. Yer yuzida o’simlik va hayvon turlarining miqdori va ularning o’rni.
2. Taksonomik kategoriyalarni tushuntiring.
3. Hayvon va o’simliklarning birligi va farq qiluvchi belgilarini ifodalang.
4. Organizmlarni klassifikasiyalash prinsiplari va bu soxada ishlagan olimlarning ishlarini ko’rsating.
5. A.L.Taxtadjyan bo’yicha o’simliklar klassifikasiyasini aytib bering.
6. L.Margelis sistemasi bo’yicha hayvonlar klassifikasiyasini

4-mavzu. Moddalar va energiya almashinuvi
Reja
1. Oqsil moddalar – hayotiy hodisalarning asosidir.
2. Sitoplazma organik va mineral moddalarning dinamik sistemasi, uning tuzilishi va fiziologik holati.
3. Organizmlarning kimyoviy tarkibi.
4. Aminokislotalar, nukleni kislotalar va ularning ahamiyati.
Oqsil moddalar – hayotiy hodisalarning asosidir.
Oqsillar (proteinlar) aminokislotalardan tashkil topgan yuqori molekulali organik moddadir. Ular organizm hayotida muhim rol o‘ynab moddalar almashinish jarayonida qatnashadi. Oqsillar tarkibiga kamida 20 ta aminokislotalar kiradi.
Oqsillar barcha tirik organizmlar – bir hujayrali suv o‘simliklar va bakteriyalar, ko‘p hujayrali o‘simliklar va hayvonlar, odam organizmi hujayralari, tirik organizm bilan o‘lik tabiat chegarasida turgan viruslarning ham ajralmas tarkibiy qismidir. Oqsillarning yagona bir klassifikatsiyasi yo‘q. Molekulalarining shakliga ko‘ra fibrillyar va globulyar oqsillarga bo‘linadi. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra: strukturali, tezlatuvchi (fermentlar), transport (gemoglobin, seruoplazmin) regulyator (ba`zi bir garmonlar). Ximoya qiluvchilar: antitelalar, toksinlar; tarkibiga ko‘ra oddiy va murakkab oqsillarga bo‘linadi. Fibrillyar oqsillar suv va tuz eritmalarida erimaydi va uzun ip shaklida bo‘lib, soch, teri va jun keratini yoki pay va bog‘lovchi to‘qima-kallogen tarkibida uchraydi. Globulyar oqsillarning molekulasi dumaloq yoki sferik shaklda bo‘lib, ular suv va kuchsiz tuz eritmalarida oson eriydi. Globulyar oqsillar tuxum oqida, qizil qon tanachalari gemoglobin tarkibida bo‘ladi.
Organizmda barcha hayotiy jarayonlarni tezlatuvchi biokatalizatorlar – fermentlar va oqsil moddalardir. Ko‘p garmonlar masalan insulin, gipofiz garmonlari, organizmning immunologik xossalarini ta`minlovchi – antitelalar, hayvon toksinlari, masalan ilon zahari ham oqsil moddalardir. Oqsillar gidrolizlanganda asosan 20 ta – aminokislotaga aylanadi. Ularning umumiy formulasi quyidagicha: R-CH-COOH
NH2
Tabiatda uchraydigan oqsillarning cheksiz soni va xillari shu aminokislotalarning turli nisbatda va tartibda peptid bog‘ hosil qilib, o‘zaro birikishidan kelib chiqadi. Peptid bog‘i ikki aminokislota, biri – SOON va ikkinchisi NN2 gruppasi orqali bir molekula suv ajratib birikishidan tuziladi. Hosil bo‘lgan birikma – peptid uzun yoki kalta bo‘lishi mumkin. Aksariyat oqsillar tarkibiga kiradigan aminokislota qoldiqlarining soni 100 dan kam emas. Ular oqsil tarkibida qat`iy tartibda ketma-ket joylashib oqsil molekulasining polipeptid zanjirini, ya`ni barqaror birlamchi strukturasini tashkil qiladi. Juda ko‘p aminokislotalardan tuzilgan uzun polipeptid zanjirning turli qismlari o‘zaro bog‘lanishi tufayli oqsil molekulasining yuksak tashkiliy shakllari, ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi tizimlari hosil bo‘ladi.
Oqsillar katta molekulali birikma, ularning molekula og‘irliklari 10000 dan bir necha o‘n milliongacha teng.
Oqsil molekulasida juda ko‘p va xilma-xil kimyoviy aktiv guruhlar mavjud, oqsilda ishqor xususiyatli NH2 va kislota xususiyatli SOON guruhlar mavjud bo‘lganidan ularda kislota va ishqor xususiyatlari bor. Asosan ana shu guruhlarning dissotsiatsiyasi natijasida molekulalarning yuzasi musbat (+) va manfiy (-) elektr zaryadlariga ega.
Faqat aminokislotalardan tashkil topgan oqsillar oddiy oqsillar deyiladi. Bundan tashqari, oddiy oqsillarning oqsil bo‘lmagan boshqa moddalar bilan birikishidan hosil bo‘lgan murakkab oqsillar ham bo‘ladi. Bular jumlasiga oddiy oqsillarning uglevodlar bilan qo‘shilishidan kelib chiqqan – glyukoproteidlar, yog‘ kislotalari, xolesterin va fosfolipidlar tutadigan lipoproteidlar, tarkibida temir kompleksi – gem tutuvchi gemoglobin va bir qator oksidlovchi fermentlar kabi gemproteidlar, nuklein kislotalar tutuvchi nukleoproteidlar kiradi. Oqsil tizimining o‘rganilishi ularni (masalan insulin) sintez qilish imkonini yaratadi.
Oqsillar tarkibiga azot, uglerod, vodorod, kislorod, oltingugurt va ba`zan fosfor kiradi.

Yüklə 162,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin