2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja



Yüklə 162,04 Kb.
səhifə28/37
tarix23.11.2022
ölçüsü162,04 Kb.
#69956
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakll

Ekinlar

Harorat OS


minimal

optimal

maksimal




Bug’doy, javdar, suli
Kungaboqar
Makkajo’xori

0,5
+5-10
+5-10

+23-31
+31-37
+39-44

+31-37
+37-44
+44-50




Yorug’liksiz o’simliklar o’sa olmaydi, chunki uning ta’sirida o’sim-liklarda fotosintez bo’ladi, natijada o’simlik va hayvonlar organizmining asosiy tashkil etuvchi biopolimerlar va shunga o’xshash organik molekulalar hosil bo’ladi. Biopolimerlarsiz esa hujayralarda yangi tizim hosil bo’lmaydi va o’simliklar massasi ko’paymaydi. Qorong’ilikda unib chiqqan urug’dan hosil bo’lgan maysada organik moddalar to’planmay-di, transpirasiya ham deyarli bo’lmaydi. Bunday vaqtda gidroliz holati kuchayadi va turga xos bo’lgan modda almashinish jarayoni buziladi. Qizil nur ta’sirida o’simliklar gullab meva hosil qilsalarda, ular etiolirlangan jonsiz (rangsiz) bo’lib o’sadi. Organlarning shakllanishi faqat-gina ko’k va binafsha nurlari ta’sirida bo’ladi. Bu jarayonda ayniqsa ultrabinafsha nurlarining ahamiyati katta Quyosh nuri ko’p tushib turadigan joyda o’suvchi o’simliklar kseromorf tuzilishiga ega bo’ladilar.
Havo namligining ortishi o’simliklarning o’sishiga ijobiy ta’sir qiladi. O’simliklarning normal rivojlanishi uchun sitoplazma yuqori darajada suvga to’yingan bo’lishi kerak.
Shunday bo’lgandagina hujayradagi tirik va zahira organik moddalarning hosil bo’lishi jadal o’tadi. Demak, suv yetarli bo’lganda sintez jarayoni gidroliz jarayoniga qaraganda ustun bo’ladi. Bunga misol qilib urug’ning suvdan to’ygan holatini olish mumkin.
Urug’ quruq bo’lganda u 10-12% suv saqlaydi. Urug’ shunday holda bir necha yil ko’karmasdan saqlanishi mumkin. Biroq urug’ namlatilsa zudlik bilan unaboshlaydi.
Tirik tabiatning turli xil vakillari bo’lmish o’simliklar, hayvonlar va odamlarga ma’lum bir muhit sharoitida yashashlik va rivojlanishdek bir xususiyat ato etilgan.
O’simlik organizmlarining hayotiy sikllari quyidagi davrlardan (fazalar) tashkil topgan:
1. Embrional davri - zigotaning hosil bo’lishi;
2. Yuvenil davri - murtakning o’sishi va vegetativ organlarning hosil bo’lishi;
3. Yetilish davri - gullarning paydo bo’lishi, reproduktiv organlarning shakllanishi;
4. Ko’payish davri (meva hosil bo’lish) - bir marta yoki ko’p marta meva berish;
5. Keksalik davri - parchaanish jarayonining ustunligi va kam aktiv tizimning oshishi.
O’simliklarning individual taraqqiyot davrini antonegenezini bilish va o’rganish fan va amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ontogenez deb o’simliklarning tuxum hujayrasining urug’la-nishidan tortib tabiiy o’limigacha (kurishigacha) bo’lgan normal hayot siklida ulardagi vegetativ va generativ organlarining hosil bo’lish jarayoniga aytiladi.
Ontogenez davrida yuqorida aytilgan 5ta fazalarning birin-ketin o’tishi kuzatiladi. O’sish xarakteriga qarab, o’simliklar bir yillik, ikki yillik va qo’p yillik o’simliklarga bo’linib, ularning ontogenezi ham har xil bo’ladi.
O’z hayot davrida bir marta gullab meva hosil qiladigan o’simliklarni monokarpiklar deyiladi. Bularga hamma bir yillik o’simliklar, ko’p yillik o’simliklardan, bambuk, kovrak (ferula)lar, agavalar, sabzi, lavlagi va karamlar kiradi.
Hayot davrida bir necha marta gul va meva hosil qiluvchi o’simliklarga polikarpiklar deyiladi. Bularga hamma ko’p yillik mevali daraxtlar, uyda o’stiriladigan o’simliklardan geran, begoniya, primula va shu kabilar kiradi.
Polikarpiklar meva hosil qilgandan so’ng halok bo’lmaydilar. Shuni ham aytish lozimki ba’zan monokarpik va polikarpik o’simliklar dean tushuncha shartli ravishda ishlatilishi ham mumkin. O’simliklarning o’sish sharoiti o’zgartirilsa ko’pchilik monokarpiklar polikarpiklarga aylanishi mumkin. Masalan, bug’doy va javdar bir yillik o’simlik, lekin ular orasida ko’p yilliklari ham bor. Kanakunjit va g’o’za o’zining vatanida (tropik iqlim sharoitda) ko’p yillik o’simlik hisoblanadi, bizning mo’tadil iqlim sharoitimizda esa ular bir yillik ekin sifatida ekiladi.

Yüklə 162,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin