2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja



Yüklə 162,04 Kb.
səhifə16/37
tarix23.11.2022
ölçüsü162,04 Kb.
#69956
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakll

Lishayniklar (lichenophyta). Yashil suvo’tlari yoki sianobakteriyalar hamda azotobakteriyalarning zamburug’lar bilan simbioz natijasida hosil bo’lgan murakkab organizmlardir. Bunda zamburug’ gifalari suv va mineral moddalarni qabul qilib tursa, suvo’tlari fotosintez jarayonini amalga oshiradi, azotobakterlar esa atmosferadagi azotni o’zlashtiradilar. Lishayniklar turli xil geografik sharoitda uchraydi. Ular vegetativ, jinsiy va jinsiz yo’llar bilan ko’payib turadi.
Lishayniklarning ahamiyati katta, ya’ni ular havo tozaligini ko’rsatib turuvchi indikatorlardir. Shimoliy rayonlarda bug’ilar uchun asosiy yem-xashak o’simligi bo’lib hisoblanadi, ulardan parfyumeriya va farmasevtika sanoatida ham foydalaniladi. Lishayniklarning taxminiy yoshi 400 mln.yildir.
Suvo’tlari - Olgae. Suvo’tlari o’simliklarning eng qadimiy vakillaridan biridir. Suvo’tlari suvda yashaydigan xivchinlilardan (Flagellatae) paydo bo’lgan degan taxminlar bor. Ular orasida xlorofilli (avtotrof) va rangli (geterotroflar) organizmlar uchraydi. Qo’pchilik sistematiklar xivchinlilarni o’simlik va hayvon organizmlarini bog’lovchi oraliq guruh vakillari deb hisoblashadi. Suvo’tlar tanasida xlorofill bo’lganligi sababli ular avtotrof oziqlanadi.
Suvo’tlarning tallomi bir hujayrali, koloniyali, hujayrasiz va ko’p hujayrali bo’ladi. Vegetativ hujayra tashqi tomondan qattiq po’st bilan qoplangan. Hujayra po’sti sellyuloza va pektin moddasidan tashkil topgan.
Ayrim hollarda qum tuproqlashgan ham bo’lishi mumkin. Hujayrasi bitta yoki bir nechta yadroga ega, pigmentlar hujayra xromotoforasida saqlanadi. Xromotoforasi turli tuman shaklda, ya’ni plastinkali, spiral, lentasimon, to’rsimon, yulduzsimon bo’ladi. Xromotoforida pirenoid joylashgan, uning atrofida kraxmal to’planadi. Suv o’tlari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo’llar bilan ko’payadi. jinsiy ko’payish, izogamiya, geterogamiya va oogamiya yo’llari bilan amalga oshadi.
Suvo’tlari tabiatda juda katta ahamiyatga ega. Ular suvda yashaydigan jonivorlar uchun asosiy oziq modda hisoblanadi. Suvdagi karbonat angidridini yutib, kislorod ajratib chiqaradi. Yirik dengiz o’tlaridan mollarni boqishda, yerlarni o’g’itlashda foydalaniladi. Qo’ng’ir suv o’tlardan yod, brom elementlari olinadi. Dengiz karami deb atalgan suv o’ti iste’mol qilinganda bo’qoq kasali sodir bo’lmaydi. Qizil suvo’tlaridan agar-agar deb ataladigan modda olinadi. Bundan esa mikrobiologiya sohasida mikroblarni o’stirishda asosiy oziq modda sifatida ishlatiladi.

Yüklə 162,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin