2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


Oksifotobakteriyalar (Oxyphotobacteria)



Yüklə 162,04 Kb.
səhifə15/37
tarix23.11.2022
ölçüsü162,04 Kb.
#69956
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakll

4. Oksifotobakteriyalar (Oxyphotobacteria). Bularga sianobakteriyalar va xloroksibakteriyalar kiradi.
Sianobakteriyalar – Cyanobacteria, eski klassifikasiya bo’yicha ular ko’k yashil suvo’tlari hisoblanib, tuzilishiga ko’ra bakteriyalarga o’xshaydi. Bu bo’limning 2500 ga yaqin turi mavjud. Ular asosan bir hujayrali organizmlardir. Biroq uzun ipsimon va hattoki koloniya shaklda uchrovchilari ham bo’ladi. Ularning bakteriyalardan farq qiluvchi belgilari bo’lib, quyidagilardan iborat.
1) Hujayra po’sti sellyulazali;
2) Sitoplazmasida xlorofillari bo’lib fotosintez jarayonini bajaradi. Xromotoplazmasida xlorofilldan tashqari har xil rang beruvchi karotin, ksantofil, fikoeritrin pigmetlari ham bo’ladi. Ular chuchuk va sho’rlangan suvlarda, hamda tuproqda hayot kechiradilar. Dengizlarda yashaydigan vakillari ham uchraydi. Sianobakteriyalar hujayrasining ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payadilar. Ularning chirimagan qoldiqlari davolanish loyqalarini hosil qilishda ishtirok etishini hisobga olmaganda, xo’jalik ahamiyati deyarli yo’q.
Sianobakteriyalar ham eng qadimgi paydo bo’lgan organizmlar bo’lib, moxlar, poporotniklar va urug’li o’simliklar paydo bo’lganga qadar ham yashaganlar. Ularning yoshi bir necha milliard yil hisoblanadi.
Xloroksibakteriyalar juda kam miqdorda uchrab, ular ham fotosentez qilish jarayoniga ega bo’lib, kelib chiqishlari ham noma’lum. Vakili Proxloron (prochloron)dir.
Zamburug’lar (Fungi yoki Mycophyta). Zamburug’lar yer yuzasida keng tarqalgan geterotrof oziqlanuvchi, hujayra po’sti yaxshi rivojlangan organizmlar bo’lib, ularning hozirgi kunda 100000 dan ortiq turi mavjud. Turli xil ekologik sharoitlarda suvda, havoda, tuproqda, o’simlik va hayvon organizmlarida ham uchraydi. zamburug’larning rivojlanishi uchun optimal harorat 20-26 °S. zamburug’lar suvo’tlari bilan simbioz hayot kechirib, lishayniklarni hosil qiladilar. Ular yuqori o’simliklar ildizlarida ham simbioz hayot kechirib mikorizani hosil qiladilar. 80% dan ortiq yuqori o’simliklar ildizida mikoriza bo’ladi. zamburug’lar bir hujayrali (tuban zamburug’lar) va ko’p hujayrilarga (yuqori zamburug’lar) bo’linadi. zamburug’lar 6 ta sinfga bo’linadi. 1) Xitridiomisetlar yoki arximisetlar; 2) Oomisetlar; 3) zigomisetlar; 4) Askomisetlar; 5) Bazidiomisetlar; 6) Takomillashgan zamburug’lar yoki deytromisetlar. zamburug’lar o’simlik va hayvonlarda parazitlik qilib, turli xil kasalliklarni tug’diradilar. Ana shunday kasalliklarga fitoftora, oidium, un shudring, qora kuya, zang kasalliklari, vilt fuzariozlarini misol qilib keltirish mumkin.
Zamburug’larni xalq xo’jaligi va tabiatda foydali tomoni ham bor. Saprofit zamburug’lar yordamida organik moddalar parchalanib mineral moddalarga aylanadi. Ya’ni bakteriyalar bilan birgalikda tabiatda biologik modda almashinish jarayonida ishtirok etadi. zamburug’lardan tabiatda turli xil antibiotiklar ham olinadi.

Yüklə 162,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin