2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


Yadroviy tuzilishga ega bo’lgan organizmlar – Procaryota



Yüklə 162,04 Kb.
səhifə13/37
tarix23.11.2022
ölçüsü162,04 Kb.
#69956
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakll

Yadroviy tuzilishga ega bo’lgan organizmlar – Procaryota. Prokariotlarga mikroskopik organizmlar kirib, hujayrasining tarkibida shakllangan yadro va membranasi bo’lmaydi. Ular asosan bir hujayrali organizmlar bo’lib, qisman koloniya shaklida uchrovchilari ham bor. Ularda yadro o’rnida genetik material bo’lib DNK hisoblanadi.
Prokariotlar faqatgina oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Ba’zi bir vakillarida konyugasiyaga o’xshash jinsiy jarayonlari uchraydi. Ular hujayrasida mitoxondriyalar, plastidalar, Goldji apparatlari va sentriolalar bo’lmaydi. Biroq ribosomalar uchraydi. Prokariotlarning xarakterli xususiyatlaridan bir — hujayrasi hujayra po’sti bilan o’ralgan. Ba’zi bir prokariotlar atmosferadagi erkin azotni o’zlashtirish xususiyatiga ega. Bularga quyidagilar kiradi.
1. Arxeobakteriyalar. Ularning 50 dan ortiq turi bo’lib, ulardan metanogen bakteriyalar dioksid uglerodi va molekulyar vodorodni qayta ishlab metan hosil qilishda ishtirok etadilar. Yer yuzidagi biogen usul bilan hosil bo’lgan metanning hammasini metanogen bakteriyalar hosil qiladi. Ular har yili 1,0 x 109 t ga yaqin metan hosil qiladi. Bu bakteriyalar nuqul anoerob sharoitda hayot kechiradilar. Ayniqsa loyqa botqoqlik hamda hayvonlarning oshqozon ichak organlarida ko’p uchraydi.
2. Galobakteriyalar. Sho’rlangan, issiq suv havzalarida hayot kechiradilar. Ular uchun 20-30 % li NaCl suvlari yashash uchun eng qulay sharoitdir. Arxeobakteriyalarning xarakterli xususiyatlaridan eng muhimlari ularning plazmatik membranalari bir qavatli, membrana lipidlari tarkibida gliserin va yog’ kislotalari bo’lmaydi. Ularning o’rnida izoprenli uglevodorodlar bo’ladi. DNK sining tarkibida azot asoslarining ketma-ket takrorlanishi mavjud bo’lib, bu xususiyat chin bakteriyalarda bo’lmaydi. Arxeobakteriyada oqsillarning sentizi chin bakteriyalardagidek bo’lsa ham biroq T-RNK sining tarkibida timin va urosillar uchramaydi. R-RNK ning tizimida ham farq qiluvchi belgilari bor. Arxebakteriyalarning yuqorida keltirilgan belgilari asosida ular hayvon va o’simliklar o’rtasida oraliq shakl deb hisoblasa bo’ladi. Ularning aerob, anaerob sharoitida yashovchi vakillari bo’ladi. Shunday qilib arxebakteriyalar yer yuzida dastlabki paydo bo’lgan prokariotlar desa bo’ladi.

Yüklə 162,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin