Ishni bajarilish tartibini aniqlash:
predmetning qismlari joylashishini grafik tasvirlash;
predmetning qismlari uchun shakli hamda o’lchamlari bir xil bo’lgan barglarni topish;
ularni qog’ozga joylashtirish;
ishning bajarilish texnologiyasi haqida tushuntirib berish;
ishni amaliy bajarish.
Applikatsiyani bajarish bo’yicha mustaqil ish:
shaklni, o’lcham va bo’yoqlarni to’g’ri tanlash;
yelimlash ishlarini tartibli bajarish;
detallarning joylashishini to’g’ri tasvirlash;
ish bajarilgan qog’ozning orqasiga barglaridan foydalanilgan daraxt yoki o’simliklarini ngnomlarini yozish.
Bajarilgan ishning tahlili va baholash:
ish bajarilishida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni aniqlash;
xato va kamchiliklarni o’z vaqtida to’g’rilash;
namunali, sifatli va chiroyli bajarilgan ishlarni rag’batlantirish.
Bargning xususiyatlari va shakllari shunday xilma-xilki, applikatsiyalar yasashda ulardan asosiy material sifatida ham, yasalgan narsalarga bezak berish materiali sifatida ham foydalanish mumkin. Bu ishlarni bajarish o’quvchilarni estetik didini, tasavvurini oshiradi va ijodiy izlanishi va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga yordam beradi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, o’quvchilarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ijodkorlik qobiliyatlari, ko’nikma va shaxs xislatlarining shakllanishida muhim bosqich bo’lib, o’quv fanlari va darsdan tashqari mashg’ulotlarda ijodiy yondashish, ta’lim jarayonini integratsiyalash asosida tashkil etishga zamin bo’ladi.
Urug’lar. O’yinchoq uchun tebiiy materiallarga qimmatli qo’shimcha bo’lib daraxtlar, gullar, sabzavotlar urug’lari xizmat qiladi. Masalan: zarang, shumtol urug’lari. Bolalarga ular qanotchalar sifatida tanishtiriladi. Ulardan ninachi qanotlarini, quyon quloqlarini, baliq suzgichlari, tarvuz, qovun, kungaboqar urug’laridan ko’zlar yasash mumkin. Urug’larni kuzda yig’ish yaxshiroq.
•Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi;
•ochiq tondagi qog’oz va fon tanlanadi;
•applikatsiyaga mo’ljallangan tasvir uchun urug’lar tanlanadi;
•tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o’lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi;
•tasvirlash lozim bo’lgan predmetlarning holati aniqlanadi;
•tasvirlanadigan urug’ ranglari va hodisalarning uyg’unligiga erishiladi;
•tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham urug’dan tayyorlanadi, ularni chizmaslik kerak;
•urug’lar qog’oz sathiga joylashtiriladi va o’ylangan tasvir hosil qilinadi;
•agar bu tasvir ma’qul bo’lmasa, urug’Iar boshqachajoylashtiriladi;
•urug’larni yelimlashda PVA yelimidan foydalaniladi;
•tasvirning kerakli qismi yelimlanadi va urug’Iar yopishtiriladi;
•urug’larni yelimlashda qisqichlardan foydalaniladi;
•urug’larni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o’rnini qalam bilan belgilab qo’yiladi;
•urug’lar yelimlab bo’lgandan so’ng quritish uchun qo’yiladi. Quritishda yelvizak bo’lmasligi kerak.
Somon texnikasi yangi yo’nalish bo’lganligi uchun asta-sekin yoshlar tomonidan o’rganilmoqda. Ayniqsa bu sohani imkoniyati cheklangan bolalarga o’rgatish quvonarli hol. Chunki ular ish jarayonida o’zlarining nogiron ekanliklarini unutib, yaratayotgan namunalaridan zavq olishadi va hunar egasi bo’lishadi.
Avvalo xomashyo sifatida somon kerak bo’ladi. Aynan bug’doy yig’ini boshlangan vaqtda somonning kerakli, ya’ni tepa va pastki bandlari alohida yumshoq hamda qattiqligiga qarab, qirqib olinadi. Chunki, tepa qismi quyosh nuriga yaqinligi uchun qizarib, to’qroq, pastkisi esa salqinlikda ochroq rangda bo’ladi. Ushbu qalamchalarni bunday ajratishning boisi, ular asar tayyorlash jarayonida o’z o’rniga moslab qo’llaniladi.
Yig’ib olingan qalamchalar 1 kun davomida suvga solib qo’yiladi va ular ho’l nam holicha olinib, qattiq bosib, birma-bir dazmol qilinadi. Ushbu sohani tanlagan hunarmand nafaqat o’z ishini bilishi, balki tasviriy san’at yo’nalishini ham puxta egallashi lozim. Asar uchun eskiz tayyorlashda bu juda asqotadi.
Endigi navbat chizmaga. Qog’ozga o’ylangan kompozitsiya chizib olinadi va ushbu eskiz oddiy qog’ozga ko’chiriladi. Eskizning har bir qismi alohida-alohida qirqib olinadi.
Dazmollangan somon qalamchalari kompozitsiyaning kerakli, ya’ni issiq, sovuq, soya, nur kabi joylariga moslab qog’oz ustidan yelim yordamida yopishtirib chiqiladi.
Yaratilgan asar janriga ko’ra, unga ishlov beriladi. Masalan, bolakay obrazi bo’lsa, uning yuziga ifoda berish maqsadida maxsus kuydirish uskunasidan foydalaniladi. Bu uskuna yordamida asar xuddi rassom chizgandek tasvirlanadi.
Alohida ishlangan kompozitsiya o’zaro birlashtiriladi va qora malo yoki somon qalamchalaridan tayyorlangan tag qismiga yopishtiriladi. Hajmiga qarab, ramkaga solinadi. Asosiysi, ular hech bir ranglar ustaning mahorati ila asar sifatida yaratiladi.
Rangsiz kompozitsiyalar ranglilaridan farqli ravishda yaratiiishi, kuydirilishiga ko’ra ancha murakkab hisoblanadi. Rangli qilish mumkin, ya’ni somon ustidan bo’yoq beriladi. Latviya, Belorussiya, Litva va Rossiyaning turli shaharlarida somonchilik na’munalaridan aynan rangli qilib tayyorlanadi.
Tabiiy materiallar bilan ishlash jarayonida o’quvchilar ona tabiat bilan yaqinlashishga, unga tejamkorlik va mehribonlik, ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishga o’rganadi.
Dostları ilə paylaş: |