Respublika doimiy kursi qoshidagi monitoring markazi va respublika ta‘lim markazi asosiy bo‗g‗in hisoblanadi.
Pedagogik innovatsiyalarni qo‗llash bilan uni to‗plab, ilmiy jihatdan xulosalar tayyorlovchi bo‗g‗in o‗rtasidagi
―Pedagogik matbuot‖ asosan nashr ishlari, ommalashtirish, keng pedagogik jamoalar, ilmiy-pedagogik xodimlarga
ularni
yetkazish, ularning taklif va mulohazalarini olish, tajriba-sinov xulosalari asosida innovatsiyalarni yanada
takomillashtirish ishlari bilan shug‗ullanadi. O‗ylaymizki, ta‘lim texnologiyasi va pedagogik innovatsiyalarga
bunday tizimli yondashuv Davlat ta‘lim standartlarini amalga oshirishda o‗z samarasini ko‗rsatadi. O‗qituvchining
pedagogik faoliyatini olib borishga halaqit beradigan psixologik to‗siqlarni umumlashtirib yangilik kiritishlarga
o‗qituvchilarning ko‗proq qarshilik bildirishini keltiradigan sabablarni ta‘kidlab o‗tish zarur.
1. O‗zgarishning maqsadi o‗qituvchilarga tushuntirilmagan yashirin, gapning ikki ma‘nosi
xavotir va
noma‘lumlikni keltiradi. Noma‘lumdan qo‗rquv har qaysi yangi usulga o‗qituvchilarni yo‗llashi mumkin.
2. O‗qituvchilar yangilikni kiritishda rejalashtirish va ishlab chiqarishda qatnashmaganlar.
3. Jamoa an‘analarini e‘tiborga olmaslik va o‗z ishining odatiy usuliga rioya qilish.
4. Yangi usullarga sub‘ektiv munosabat va qo‗rquv, statusni yo‗qotish xislari.
5. Ish xajmining ko‗payishi rahbar o‗qituvchilar faoliyatida o‗zgarishlarni rejalashtirmasligi oqibatida
qo‗rqish paydo bo‗ladi.
Yangilik kirituvchi tashabbuskor odam hurmat va ishonchga ega bo‗lmasa. Afsus, ko‗pincha o‗qituvchilar
loyihaga emas, uning muallifiga qaraydi. Agar bu insonning hurmati past bo‗lsa, pedagog uning qadrligiga qaramay,
bu odamga ishonchsizligi uning g‗oyasiga o‗tkaziladi. O‗qituvchi ijodkorligini shaxsiyatning axloqiy munosabatiga
qarab mulohaza qilish mumkin. Agar ijodiy faollik asossiz va mavjud qadriyatlarga e‘tiborini qaratmasa, demak bu
faollik juda xavfli. Yosh o‗qituvchining bilim berishi va kasbiy faoliyatida ijodiy rivojlanishi uchun ko‗p variantli
yechimlarga olib boruvchi mashqlarni topmaganlar. O‗quvchilarga ularning ijodiy faoliyatidagi ma‘nosini umumiy
yo‗nalishlarini anglashga yordam berish, o‗z imkoniyatlarning rivojlanishini bilish. Bunday tushunchasiz ijodiy
faoliyatni kuchaytiradigan mashqlar o‗yin sifatida o‗zlashtiriladi. Yuqorida sanab o‗tilgan maslahatlar erkin
muloqotda, fikr-almashuvda, ijodiy bahslashuvda eksperimental ish jarayonida bo‗lib o‗tishi mumkin. Misol uchun
qobiliyatlar rivojlanishining natijasini ko‗rib chiqamiz: ―Shuni ko‗rib o‗tish kerakki, hozir nimalarni mulohaza qilsa,
uni hammasini tushunarmikan..? Nimaga u o‗z qarashiga meni ishontirmoqchi?‖. Menimcha: ―ma‘lumotlarim
yetarli emas: yetmagan to‗lato‗kislarni bilib olsam, yaxshi bo‗ladi... U nohaq deb aytyapmanmi yoki ochiqchasiga
o‗z munosabatimni bildiryapmanmi? Bu holda men ishonchliroq tarzda o‗z fikrimni o‗zgartirishim kerak‖.
O‗quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantiish metodlarini va mazmunini didaktik izlash bilim va usullarni
shakllantirishga olib keldi. Shunday tadqiqiy mo‗ljal o‗quv jarayoniga pedagogik yondashuvni o‗ziga
xos tarzda
yo‗lga qo‗yishni taqozo etadi. Bu esa o‗z o‗rnida ta‘limning maqsadi yosh o‗qituvchilarda yangi tajriba, kasbiy –
tadqiqiy faoliyatda yangi bilimlar bilan qurollanishni, rolli va o‗xshatish kabi modellashlarni o‗zlashtirish
imkoniyatini yaratadi. Bolalar tomonidan mazmunan ma‘lumotlarni o‗zlashtirishi bilan bog‗liq bo‗lgan aniq
shakllarga murojaat qilamiz. Talim modellarining misollar orasida biz muammolarni tizimli yechim asosida ijobiy
izlanishning tashkillashtirishni bahslashuv va didaktik o‗yinlarini ajratamiz. Sanab o‗tilgan modellar orasida biz
didaktik va rolli o‗quv o‗yinlariga alohida e‘tibor qaratamiz. Didaktik o‗yinlar metodikasining asosiylari ularning
tizimida o‗rnatilgan 4 bosqichni ajratsa bo‗ladi. Orientatsiya – o‗rnatiladigan mavzuning tasavvuri, o‗xshatilishi va
uning
qoidalar harakteristikasi, o‗yin mulohazalarining bayoni, o‗yin o‗tkazishda uning sahnalashtirishi, o‗yin
mazmunining detallarini ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega. Sahna – bu o‗yinning tashkiliy va syujetli sxemasi,
umumiy rejasi ekan.
Dostları ilə paylaş: