2-Mavzu. Xalqaro audit standartlari asosida auditni tashkil qilish 1Moliyaviy hisobot auditining maqsadi



Yüklə 26,77 Kb.
səhifə9/10
tarix03.03.2023
ölçüsü26,77 Kb.
#86385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-MAVZU XA

Z) Ishga yollash. Qoida va jarayonlar ishga yollanayotgan xizmatchilarning malakali mutaxassislar ekanliklariga asosli ishonchni ta’minlab berishi kerak. Ushbu talabning bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti eng kichik hajmlardagi malaka talablarini belgilab berishlari mumkin (misol uchun buxalteriya yozuvlarining olib borilishini kollejning, u erda buxgalteriya hisobi bo’yicha tahsil olgan va bilim jihatdan o’rtacha yoki yaxshi bo’lgan bitiruvchisi bajarishi mumkin).
I) Kasbiy darajaning oshirilishi. Qoida va jarayonlar auditorlik tashkiloti xizmatchilarining ular tomonidan o’z vazifalarining bajarilishi uchun zarur bilimlarga ega ekanliklari to’g’risida asosli ishonchni ta’minlab berishi kerak. Ushbu talabning bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti o’z malakasini oshirish istagidagi xizmatchilariga kasbga oid o’qishni davom ettirishlari uchun shart-sharoitlarini yaratib berishi va yordam ko’rsatishi mumkin.
Y) Xizmatda ko’tarilish. Qoida va jarayonlar xizmatda ko’tarilayotgan xizmatchilarning yangi lavozimni egallashlari mumkin ekanligiga asosli ishonchni ta’minlashi kerak. Ushbu talabning bajarilishi uchun xizmatchi-larni ular tomonidan har bir majburiyatlaridan baholash va ular-ning ko’tarilishiga oid, kamida bir yilda bir marotaba maslahat berib borishi zarur.
K) Mijozlar maqbulliligi va ular bilan munosabatlarning davomiyligi. Qoida va jarayonlar auditorlik tashkiloti rahbariyati insofsizlik dardiga yo’liqqan xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan bog’lanib qolmasligiga asosli ishonchni ta’minlab berishi kerak. Ushbu talabni bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti bo’lajak yangi mijoz bilan hamkorlik qilib kelayotgan taftishchidan, bank xodimlaridan, yuristlar va boshqa shaxslardan ma’lumotlar olishi kerak bo’ladi.
L) Nazorat qilish. Qoida va jarayonlar auditor ish sifatini nazorat qilish samarali olib borilayotganligi to’g’risidagi asosli ishonchni ta’minlab berishi kerak. Mazkur talabning bajarlishi uchun har bir xizmatchi vazifalarining bajarilishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa sherik yoki xizmatchi tomonidan amalga oshirilishi kerak bo’ladi. Ma’muriy ishlar va xizmatchilar tomonidan yuritiladigan ishlarni ham nazorat asosida tekshirib chiqilishi lozim. Auditorlik tashkiloti tomonidan hujjatlar asosida nazorat qilish natijalarini tasdiqlovchi tavsiyanoma beradi. Hujjatlar shakli va xajmi auditorlik tashkiloti hajmiga, funktsional bo’limlar soni, faoliyat tusi va boshqa omillarga bog’liq.

Yüklə 26,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin