Dars – o’quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli. Ta’limning turli shakllaridan samarali foydalanish muhim didaktik vazifa sanaladi. Ta’lim amaliyotida ta’limning jamoaviy (ommaviy), guruhli va individual shakllaridan foydalaniladi.
Ta’limning ommaviy shakli sinfdagi jami o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligi ostida birgalikda harakatlarini ko’zda tutadi. Guruhli shaklida esa o’quvchilar 3-6 kishidan iborat guruhlar yoki juftliklarda ish olib boradilar. Guruhlar uchun topshiriqlar bir xil yoki turlicha bo’lishi mumkin. Individual shakli har bir o’quvchining alohida mustaqil ishlashini ko’zda tutadi. Bu jarayonda o’qituvchi bir vazifa ustida ishlayotgan butun guruh o’quv faoliyatini boshqarib boradi, o’quv hamkorligini qaror toptiradi. Ommaviy ishlashning samaradorligi ko’p jihatdan o’qituvchining guruhni yaxlit nazorat qilish hamda har bir o’quvchining ishini ko’zdan qochirmaslik bilan bog’liq. Biroq, ommaviy ishlash individual farqlarni hisobga olmaydi, u fanlarni o’rtacha o’zlashtiradigan o’quvchiga mo’ljallangan. Shuning uchun ba’zi o’quvchilar berilgan ish sur’atidan ortda qoladilar, ayrimlar esa zerikib qiynalib ketadilar.
Ta’lim olishning jamoaviy (ommaviy) shaklishakllangan, turg’un o’quvchilar guruhi bilan o’quv faoliyatini tashkil etishni ko’zda tutadi.
Ta’limning guruhli shakliga ko’ra o’qituvchi bir vaqtning o’zida guruh o’quvchilarining bilish faoliyatlarini boshqaradi. O’quvchilarni jamoaviy, umumlashtirilgan-guruhli vatabaqalashtirilgan guruhlarga taqsimlash mumkin. Ta’limning jamoaviy shakli ko’p hollarda tabaqalashtirilganguruhlar faoliyatini tashkil etishda qo’llaniladi. O’quv ishlarini tashkil etishning jamoaviy shakli o’qituvchi va o’quvchilarning dinamik yoki o’zgaruvchan tartibli juftliklarida kechayotgan munosabatlaridir.
Umumlashtirilgan-guruhli shakl har biri guruh tomonidan yagona topshiriqning faqatgina bir qismi bajarilishi nazarda tutiladi.
Tabaqalashtirilgan-guruhli shakl o’quv imkoniyatlari, ko’nikmalari bir darajada shakllangan o’quvchilar bilan ishlanishini ifodalaydi. Bunda o’quvchilar juft bo’lib ishlashlari ham mumkin.