2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar


Yangi bilimlarni o’rganish (o’quvchilarni yangi materiallar bilan tanishtirish) darsi



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə85/183
tarix08.04.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#94750
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   183
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika 2

Yangi bilimlarni o’rganish (o’quvchilarni yangi materiallar bilan tanishtirish) darsi o’quvchilarni ularga tanish bo’lmagan yangi material mazmuni bilan tanishtirish jarayoni bo’lib, bunday dars bir nechta savollarni o’z ichiga oladi, ularni o’rganish uchun ko’p vaqt talab qiladi. O’qituvchi darsning mazmuni, aniq maqsadi va mustaqil ish shakllariga ko’ra yangi materialni o’zi bayon etadi. Ayrim hollarda o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida mustaqil faoliyat olib boradilar. Ushbu dars quyidagi tuzilishga ega: 1) yangi materialni o’rganish uchun asos bo’lgan avvalgi materialni takrorlash; 2) o’qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi; 3) bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustahkamlash; 4) uyga vazifa berish.
Bilimlarni mustahkamlash darslarida o’quv ishining asosiy mazmuni ilgari o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkam o’zlashtirish maqsadida ularni ikkinchi bor tushunib olish hisoblanadi.
O’quvchilar bilimlarni yangi manbalar bo’yicha o’rganib, chuqurlashtiradilar, o’zlariga tanish qoidaga muvofiq yangi mazmundagi masalalarni echadilar, ilgari olgan bilimlarini og’zaki va yozma takrorlaydilar. Bu kabi darslar quyidagi tuzilmaga ega bo’ladi: 1) uy vazifasini tekshirish; 2) og’zaki va yozma mashqlarni bajarish; 3) topshiriq bajarilishini tekshirish; 4) uyga vazifa berish.
Ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish va mustahkamlash darslari bilimlarni mustahkamlash darslari bilan bog’liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslar jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa darslarda yangi mavzularni o’rganishda davom ettiriladi. Shu bilan birga avvaliga mashqni bajarish ishlari bolalar tomonidan o’qituvchi yordamida va ular topshiriqni qanday tushunganlarini daslab jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qaerda qanday qoida qo’llanilishini o’quvchilarning o’zlari belgilaydilar.
Umumlashtiruvchi darslari (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirishlar) ilgari o’tilgan materialdan eng muhim savollari qayta takrorlanadigan va tizimlashtiriladigan, o’quvchilar bilimlarida mavjud kamchiliklari to’ldiriladigan va o’rganilayotgan kursning muhim g’oyalari ochib beriladigan darslar hisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bo’lim va o’quv kurslarining yakunida o’tkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi hisoblanadi. Takrorlash va umumlashtirishning o’zi hikoya, qisqacha xabarlar, darslikni o’qib berish yoki o’qituvchining o’quvchilar bilan suhbatlashishi shaklida o’tkazilishi mumkin.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin