Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarni hisoblash Ajratmalar soliq solinadigan baza va tasdiqlangan stavkadan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqiladi. Hisob–kitoblar soliq xizmati organi topshiriladi. Mikrofirmalar va kichik korxonalar yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, shular jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchi korxonalar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha ikki turdagi korxonalar ham yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etadilar.
Majburiy ajratmalarni to’lash tartibi Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lash hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalardan tashqari yig’imlar ham
to’lanadi. Bular Soliq kodeksining 54-bobida o’z aksini topgan.
Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlarni to’lovchilar bo’lib, quyidagilar hioblanadi:
avtotransport vositalarini oluvchi va (yoki) O’zbekiston Respubliksi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O’zbekiston Respubliksi rezidentlari va norezidentlari. Bular avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O’zbekiston Respubliksi hududiga vaqtincha olib kirganlik uchun yig’im to’laydilar.
chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki foydalanuvchilari. Bular O’zbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganligi uchun yig’im to’laydilar
Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar stavkalari
Yig’imlarning turlari
Stavkasi minimal ish haqiga nisbatan % hisobida
1. Sotib olingan va vaqtinchalik O’zbekiston Respubliksi hududiga olib kiritilgan O’zbekiston Respubliksi Ichki Ishlar Vazirligi organlarida ro’yxatdan o’tgan transport vositalari egalaridan (foydalanuvchilardan ) olinadigan yig’im (har bir ot kuchi uchun eng kam ish haqiga nisbatan foizda):
Foydalanish muddati 3 yilgacha
Foydalanish muddati 3 yildan 7 yilgacha
Foydalanish muddati 7 yildan yuqori bo’lsa
2. “O’zavto yo’l” DAK korxona va tashkilotlari mol-mulkini sotib olishdan tushgan mablag’larni byudjetga tushishi lozim bo’lgan umumiy summasidan ajratmalar jadvalning 1-bandida keltirilgan yig’imlar miqdori o’rindiqlar soni 40 tagacha bo’lgan avtobuslar va yuk tashish hajmi 20 tonnagacha bo’lgan yuk avtotransport vositalari bo’yicha xarid qiymatining 20 foizdan qolgan avtotransport vositalari bo’yicha xarid qiymatining 6 foizidan kam bo’lmasligi kerak.
10
7
5
50
Jadvalning 1-bandida keltirilgan yig’imlar miqdori o’rindiqlar soni 40 tagacha bo’lgan avtobuslar va yuk tashish hajmi 20 tonnagacha bo’lgan yuk avto transport vositalari bo’yicha xarid qiymatining 20 foizidan, qolgan avtotransport vositalari bo’yicha harid qiymatining 6 foizdan kam bo’lmasligi kerak.
Respublika hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganligi uchun chet davlatlarning transport vositalaridan Respublika yo’l jamg’armasiga olinadigan yig’imlar stavkalari