Yagona ijtimoiy to’lovni va sug’urta badallarini hisoblab chiqarish hamda to’lash tartibi Yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari har oyda soliq solinadigan bazadan hamda
belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yuridik shaxslarning mehnat haqi fondiga nisbatan hisoblanadigan yagona ijtimoiy to’lov stavkasi 2010-2011 yillar uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 25% miqdorida tasdiqlangan. Bu stavka miqdori qarorning 25-ilovasida keltirilgan. Yagona ijtimoiy to’lov stavkasi va uning taqsimoti quyidagi jadvalda keltirildi:
Yagona ijtimoiy to’lov stavkasi
Soliq solinadigan baza
To’lov stavkasi, %
1.Mehnatga xaq to’lash fondi 25
2. Yagona ijtimoiy to’lov taqsimoti:
- byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga 24.8
- bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga 0.1
- kasaba uyushmalari federasiyasi kengashiga 0.1
Fuqolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari stavkasi 2010 yilda amal qilgan 4 foiz o’rniga 2011 yilda 4,5 foiz miqdorida belgilangan.
Yagona ijtimoiy to’lov yuridik shaxslarning mablag’lari hisobidan to’lanadi, sug’urta badallari esa xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va soliq agentlari tomonidan jamg’armaga o’tkaziladi.
Soliq agenti deganda qaysi shaxs tushuniladi? Soliq to’lovchilardan soliqni ushlab qolib, byudjetga o’tkazib beruvchi yuridik shaxslar tushuniladi .
Yagona ijimoiy to’lovning hisob-kitobi belgilangan shaklda soliq xizmati organlariga taqdim qilinadi. Hisob-kitob soliq to’lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan taqdim etiladi.
Mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan- yilning har choragida hisobot davrining keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay , yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan- har oyda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Sug’urta badallarining hisob-kitobi soliq to’lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning
25-kunidan kechiktirmay , yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Kodeksning 310-moddasiga ko’ra , to’lov qo’yidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
Yagona ijtimoiy to’lov – har oyda , keyingi oyning 10- kunidan kechiktirmay;
Sug’urta badallari- ish haqiga pul mablag’lari olish uchun bankka xujjatlarni taqdim
etish bilan bir vaqtda.