2-Мавзу: Юридик шахсларни соликка тортиш тизими


Yagona ijtimoiy to’lovni to’lovchilar



Yüklə 1 Mb.
səhifə52/67
tarix02.06.2023
ölçüsü1 Mb.
#123058
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67
Mm Soliq va soliqqa tortish

Yagona ijtimoiy to’lovni to’lovchilar.
O’zbekiston yagona ijtimoiy to’lov 2004 yildan boshlab amal qilib kelmoqda. Yagona
ijtimoiy to’lovni to’lovchilari Soliq kodeksining 305-moddasida keltirilgan. Shunga ko’ra , yagona ijtimoiy to’lovni to’lovchilari bo’lib, yuridik shaxslar-O’zbekiston Respublikasi Prezidentlari va O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari hisoblanadi.
Fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallarini to’lovchilar bo’lib, jismoniy shaxslar- O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O’zbekiston xududida doimiy ravishda yashab turgan chet el fuqorolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar hisoblanadi.
Soliq solish obyekti
Yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallarining soliq solish obyekti bo’lib, ish haqi
tarzidagi daromadlar hisoblanadi.
Ish haqi tarzidagi daromadlarga: mehnat shartnomalariga muvofiq jismoniy shaxslarga
hisoblanadigan va to’lanadigan barcha to’lovlar , ya’ni mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar kiradi .
Soliq solinadigan baza
Yagona ijtimoiy to’lovni va sug’urta badallarini hisoblab chiqarish uchun soliq
solinadigan baza bo’lib, mehnat haqi tarzida to’lanadigan daromadlar hisoblanadi. Soliq kodeksining 308-moddasida ko’rsatilgan to’lovlar soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi. Bular Soliq imtiyozlari bo’lib hisoblanadi .
Imtiyozlar
Yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari quyidagi to’lovlarga nisbatan
hisoblanmaydi:

  1. Kompensasiya to’lovlari;

  2. Xodimga hisoblanadigan va uning roziligi bilan tegishli byudjet yoki xayriya jamg’armalarga (shanbaliqlar, yakshanbaliqlar va shular kabilar uchun) o’tkaziladigan ish haqi tarzidagi daromadlar ;

  3. Xodimning muxim sanasi , o’zoq yillik xizmati munosabati bilan unga beriladigan rag’batlantirish tarzidagi to’lovlar;

  4. Xodimga tabiiy ofat, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan to’lanadigan to’lovlar ;

  5. Yosh mutaxasislarga oliy o’quv yurtini tamomlaganlaridan so’ng ta’til vaqti uchun yuridik shaxslar hisobidan to’lanadigan nafaqalar.

  6. Mudofaa, ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining hamda Davlat bojxona qo’mitasining oddiy, serjant va ofisiyer tarkiblarida xizmatni o’tash munosabati bilan to’lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqalar.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin