2 Mazkur majmuada “Fan va texnika” faniga doir me’yoriy ta’minot (o‘quv dasturi, ishchi fan dasturi), ta’lim texnologiyalari o‘z aksini topgan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari uchun tavsiya


-Mavzu: Antik davrda ilmiy tafakkurning paydо bo’lishi va shakllanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
2-курс фан техника мажмуа

 
2-Mavzu: Antik davrda ilmiy tafakkurning paydо bo’lishi va shakllanishi 
REJA 
1. Insоnlarning ilk jamiyati va ilmiy bilimlar manbasi.


10 
2. Dastlabki bilimlarning amaliy хaraktеri va Qadimgi SHarq mamlakatlarida 
to’planishi (Misr, Bоbil, Hindistоn, Хitоy).
3. Mifоlоgiya atrоf-muhit haqidagi insоn tasavvurining bir butun tizimini 
yaratishga dastlabki urinish sifatida.
4. Milоddan avvalgi VI asrda Qadimgi Yunоnistоnda ilmiy bilimlarning 
dastlabki nazariy tizimining shakllanishi (Falеs, Dеmоkrit va bоshqa). 
Tayanch tushunchalar: 
Misr, Bоbil, Hindistоn, Хitоy, Mifоlоgiya. Qadimgi 
Yunоnistоn, Falеs, Dеmоkrit. Fan, Milet maktabi, sofistlar, Magiya, Piktografiya, 
Mifalogiya, matematika, filasofiya, Arastu, Platon, Pifagor, Naturfilasofiya, Fales, 
Anaksagor, Anosimen, Qadimgi, Misr fani, Qadimgi Xitoy 
 
Adabiyotlar ro’yxati:
1.Karimov I.A. Fan mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilishi kеrak. T., 1994. 
2.O'zbеkistan Rеspublikasi Prеzidеnti I.A. Karimovning «Mirzo Ulug'bеk» 
nomidagi Toshkеnt Davlat Univеrsitеti «Mirzo Ulug'bеk» nomidagi O'zbеkistan 
Milliy Univеrsitеti dеb nomlash xaqidagi farmoni. «Xalq so'zi», 2000y. 28 yanvar. 
3.Alimova D.A. Istoriya kak istoriya, istoriya kak nauka. T., “O'zbеkistan” 2008.
 
Ma`lumki, inson uz qiziqishi va ehtiyojlarini qondirish maqsadida, qadim 
zamonlardan boshlab, dunyoni bilishga harakat qilgan. Jamiyat taraqqiyoti yuksalib 
borishi bilan kishilarning bilim doirasi kengayib, tafakkuri rivojlanib borgan. 
Boshqacha aytganda bilimlar tizimi, insoniyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi 
mexanizmiga aylanib boradi. 
Eng qadimgi odam «homa habilis»
1
tafakkuri, xuddi uz miya qobig`i kabi tor 
edi. Uning tafakkurini tabiatdagi unga g`ayritabiiy tuyulgan xodisalar kengaytiradi. U 
bu xodisalarni qandaydir g`ayri tabiiy kuchlar boshqarmoqda deb hisoblaydi. U 
bundan qurqqan, jazava tushgan, quvongan va uning mohiyatiga etishga harakat 
qilgan. Bunda unga qiziqish yordam bergan. «Neontrop»
2
o`z manzilini yaxshi 
bilgan, qo`shnilarini tanigan. Qumga, po`stloqqa belgi qo`ygan. Bir-biriga chizib 
kursatgan, bu esa geografik bilimlarini kurtagi ochila boshladi. 
Sinontrop odami olovni kashf etgan. Go`shtni pishirib edi. Hayvonlarni ovlashda 
va go`shtini nimtalashga e`tibor bergan. Bu zoologiya sohasidagi boshlang`ich 
bilimlar edi. Termachilik esa botanika fani uchun turtki bo`ldi. U davolash 
xususiyatini bilgan. U uz ta’nasini bilishga harakat qilgan, malham, poroshok 
tayyorlagan. Mezolitda massaj, kompress va amputatsiya qilish yo`li bilan qo`lni 
kesib tashlashni bilgan.
Arxeologlar fikricha paleolit davrida odamlar quyoshga, oyga qarab kalendar’ 
tuzgan 280 kundan iborat bu yillar 10 oydan bo`lingan ekan. 
Ammo bo`larning hammasi sehrgarlik, mifologiya bilan qorishib ketgan. Ilmiy 
bilimlarni kengayishi afsona va rivoyat asosida to`planib borgan. Magiya va 
sehrgarlik kabi diniy tasavvurlarda bilimlarni amaliyotda qo`llashga yordam bergan.
Qadimgi Mesopatamiyada ilm-fan xuddi badiiy adabiyot singari diniy-afsonaviy 
bilimlarga to`la edi. Bu soha bilan faqat kohinlar shug`ullanishgan. Har bir narsaning 
va har bir xodisaning real xususiyatlar bilan bir qatorda, ularga xayoliy xususiyatlar 
ham nisbat berilgan. Tabiatda kurilgan va sezilgan narsa va xodisalarga afsonaviy 
nisbat berilgan. 


11 
Organik va anorganik dunyo urtasida hali chegara qo`yilmagan va yer, suv, xavo 
yoritgichlar ham jonli mavjudotlar hisoblangan. Fetishistik va totemistik nazarlar 
barcha narsalar va jonli mavjudotlarning odamzod uchun foydali va zararli bo`lgan 
xususiyatlariga qaramasdan ularni ijobiy va salbiy narsalarga bo`lishga majbur 
qilganlar. Masalan, qora toshlarga «barakali» xususiyat, oqtoshga «salbiy» xususiyat 
nisbat berishgan. Bobilda aksincha, qora suvaraklar salbiy bo`lgan. Hatto sonlarni 
ham omadli va omadsiz bo`lishgan. Bu xronologiya, metrologiya fani kurtaklari 
bo`lgan. SHubhasiz amaliy ehtiyojlar
 
diniy sehrli ta`qiqlarni buzishga majbur etgan. 
Dunyoni bilish diniy dunyoqarash kishanlaridan asta-sekin, ammo to`xtovsiz 
qutila borgan, lekin SHarq quldorlik istebdodi sharoitlarida mazkur jarayon 
tugallanmay 
qolgan. 
Matematika 
va 
astronomiya 
sohasida 
ancha 
katta 
muvaffaqiyatlarga erishilgan. SHumerdagi ibodatxonalarda va Misr piramidalarida 
podshohga qarashli yirik xo`jaliklarda o`nlab, yuzlab hisobchilar ishlaganlar.
Binolar qurilishi va irrigatsiya inshootlarida arifmetika va geometriyani bilish 
talab etilgan. Olti o`nlik (oltmishlik) sistemasi (olti raqami omadli) sehrli 
tasavvurlarning qoldig`i bo`lgan. Bu sistemaning hamma noqulayliklariga qaramay, 
undan tamomila qutilib bo`lmagan. 
Keyinchalik ancha ratsional o`nli sistema va kompress sistemasi paydo bo`lgan. 
Bundan 60 (6: 10), 360 va shu kabilar asosiy sonlar hisoblangan. Bir necha kunduz 
24 soatga, 1 soatni 60 minutga, doirani 360 darajaga bo`lish va xokazo, ana shu 
sistemani kelib chiqqan. Pozitsion sitemaning yaratilishi SHumer-Akkad 
matematikasining katta yutug`i bo`lgan. Bu sistemada raqam ko`p qiymatli sonda 
tutgan urniga qarab uz qiymatini uzgartirardi.
Vertikal 3 karra narsa, odatda 1 raqamini bildirgan, ammo o`nlik belgisi oldida 
10 kabi idroq etilgan, Boshqa kombinatsiyalarda esa, 360 qiymatga bo`lgan. 
Astronomiya fani osmonning yarim yoritgichlari bilan bog`liq bo`lgan. Odamlar 
va butun boshli xalqlar taqdirini ta`sir etishga kur-kurona ishonish, yulduzli osmonni 
urganishga rag`batlantirgan. SHuning barovarida osmoniy xodisalarning erda sodir 
bo`layotgan voqealarga tasodifan to`gri kelganligiga asoslangan. Fantaziyalarni 
qalashtirib yuborishi bilan birga, ilmiy kashfiyotlar ham qilganlar. Masalan: har 2000 
yilda almashinadigan bahorgi kecha-kunduz baravar bo`lgan kunda (egiz erasi) 
quyosh bilan 12 burj urtasidagi uzaro aloqalar aniqlangan. Quyosh va oy tutilishi va 
Quyosh-Oy kalendari, ossuriya mirzalari, o`simliklar, hayvonlar, minerallar 
ro`yxatini tuzganlar, sistemaga solganlar. Masalan: ot, eshak, tuya bitta gruppaga 
kiritilgan. Arslon katta it hisoblangan. Qurbonlikdagi hayvonlar tanasi tekshirilgan. 
Jigar loydan yasalib, folbinlikda ishlatilgan.
Miloddan avvalgi 3000 yilda SHumer tilida agronomiyadan ilmiy asar yozilgan.
Misrda ayniqsa matematika rivojlangan. To`gri misrlik matematiklarning raqam 
sistemasi xiyla beso`naqay bo`lgan. CHiziq doim bir raqamni bildirgan, «yarim 
doira» doim o`n raqami, «urilgan arqon» yuzni, «nilufar guli» ming raqamini 
bildirgan. SHunga qaramay mirzalar murakkab masalalarni echganlar. Geometriyada 
kesik piramida yuzasini va aylananing diametriga nisbatini (faqat 0,02 xato bilan) 
hisoblab chiqqanlar. 
Misr astronomlari Siruisga qarab yilni 12 oy 30 kunga bo`lingan, qolgan 5 
kunini bayram qilgan.
Meditsina retseptlari hozirgilarga nisbatan g`alati. Masalan: eshak tuyog`i va ona 
suti kabi retseptlar, kuz tabiblari ko`p bo`lgan. 


12 
Xitoyda ieroglif mil.av. 2000 yillikda kashf etilgan. Ieroglif alifbo bo`lmagan, 
to`xtovsiz ko`payib borgan. SHan davrida 2000 ta bo`lsa, Xan davrida 18000 dan 
ortik ieroglifli maxsus spravochnik tuzilgan. 
Eramizning I asrida TSoy Lun qog`ozni kashf etgan. Bu yog`och va eski turdan 
yaratilgan. Tekstlar o`ngdan chapga qarab, ustunlar tariqasida yuqoridan pastga qarab 
yozilgan. 
Shan In davrida yulduzli osmon tekshirib turilgan va kalendar’ tartibga 
keltirilgan. CHjan Ro` zamonida (er.av. IV asr) kalendar’ sistemasi aniqlangan va 
takomillashtirilgan. Yil davomiyligi qadimgi zamon uchun nihoyat darajada aniqlik 
bilan hisoblab chiqarilgan (365, 250) va kalendar’ yilini astronomiya yili bilan 
barobarlashishi uchun 19 yillik tsiklga ettita kabisa belgilangan. Xan davrida yulduz 
osmonning kartasi (qutb yulduzli atrofida 28 ta turkum) ishlangan va quyosh dog`lari 
tekshirilgan va xokazo.
CHjan’ Xen (er.av 78-139 y) eng qadimgi seysmografni yaratgan. 
Farmakologiya, agronomiya rivojlangan. Olam va odamni bilish uchun harakat 
qadimgi YUnonistonda mil.av. VI-VII asrlarda ikki oqimni vujudga kelishida va ular 
urtasida kurashni boshlanishiga olib keldi.
Fizik va matematik 
Fales 
butun olamning asosini suv tashkil etadi deb 
hisoblagan. Uning shogirdi Anaksimen birlamchi materiya deb – apeyron – butun 
mavjudotning ibtidosidir deb hisoblagan.
Anaksimandr olamning asosi – xavo, «efirdir». U butun mavjudotga singib 
keltirib chiqargan. Ular Milet maktabi faylasuflari edi. Uzining soddadilligiga 
qaramay, bu falsafa katta qimmatga ega, chunki xudolarni yaratuvchilik kuchi emas, 
balki birlamchi materiyaning rivojini olamni asosi deb hisoblardi. Bo`lar tabiatni 
urganganlar. Olamni asosi tabiat emas, balki ideyallar deb fikr bildirgan, 
idealistlardan biri 
Pifagor
dir. Mil.av. VI asrda Sitsiliyada yashagan. U sonlarni 
urgangan, u grek matematikasisning asoschisidir. Olam muayyan sonlar va larning 
munosabatlaridan iborat bo`lib kurinadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin