Klavdiy Ptolomey rahbarlik
rolini o`ynagan. U «Geografiya» nomli asar yozgan. Ammo Ptolomey astronomiya
soxasida Aristrax–Samosskiyning ajoyib ilmiy muvaffaqiyatlaridan va mavjudotni
tushunishda u kashf etgan geliotsentrik nazariyani qabo`l qilishdan bosh tortgan.
Buning urniga u quyosh sistemasining markazi Er, Quyosh va osmondagi boshqa
jismlarning hammasi er atrofida aylanadi degan nazariyani taklif etgan. Bu xato
nazariyani Aleksandriyalik olimlar ham qabo`l qilishgan. eramizning III asrida Rim
imperiyasida astrologiya mashhur bo`lgan. Buni ular Mesopatamiyadan uzlashtirgan.
Eramizning IV – V asrlaridagi antik madaniyat va fan arboblari uning
tushkunlikka yuz tutishining oldini ola bilmagan bo`lsalarda, ularning zur berishi
tufayli bu hazina kelgusi avlodga meros bo`lib qolgan.
Aniq fanlarning rivojlanish tarixi boshqa fanlar kabi kishilik jamiyatining
rivojlanish tarixi bilan mustahkam bog'langan. Matematik tushunchalarning kelib
chiqishi va uning rivojlanish tarixi, fanlar tizimida matematika fanining tutgan o'rni
kabi asosiy masalalardan biridir.
Matematik tushunchalar dastlab qayerda vujudga kelgan degan masalani to'la-
to'kis hal qilish murakkab masalalardan biri bo'lsa ham, ayrim manbalarga asoslanib,
ba'zi xulosa-lar chiqarish mumkin.
Qadimgi yunon tarixchilari
Gerodot (m.a. V asr) va Diodor Sisiliyskiy (m.a. 60-
yillar)ning bizgacha yetib kelgan ma'lumotlarida, geometriya dastlab Misrda rivojlana
boshlagan.
Kishilik jamiyatida fan va madaniyat rivojlanishi tarixini o'rganishda turli
qarashlar mavjud bo'lib kelgan.
Arxeologlar qadimiy ehromlar turidagi, Misr podshohlari va kohinlari ko'milgan
maqbaralarning ichkari xonalaridan behisob tilla buyumlar va qimmatbaho toshlar
orasida nayga o'xshatib o'ralgan to'q jigarrang qog'ozlarni topdilar. Bo`lar –
iyerogliflar chizilgan papiruslardir. Turli mamlakatlar olimlari bu topilgan yozuvning
sirini bilishga necha yuz yillab urinib ko'rdilar va, nihoyat, bu yozuv-larda
matematikaga oid ma'lumotlar bitib qoldirilganligini aniqladilar.
Matematika tarixi sohasida hozirgacha erishilgan muvaffaqiyatlar bizga
geometriyaning fan sifatida rivojlanishi Qadimgi Yunonistondan boshlanganligini
isbotlaydi. Lekin qadimgi dunyo xalqlari geometrik tushunchalari qay darajada
rivojlanmasin, geometriyani ular
Yevklid ning “Negizlar” asaridagidek tizimiga solib,
bir formaga keltira olmaganlar. Geometriya tarixi qadimgi dunyoning uzoq
o'tmishdan boshlanadi. Eramizdan oldingi va keyingi bu haqdagi ma'lumotlar,
masalan. Yunon tarixchisi Gerodot (484-425), Ksenofan (430-385), Yevdem (m.a. IV
asr), Plutarx (50-120), Diogen Laersiy (III asr), Proql (410-485) va boshqalar
keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, geometrik ma'lumotlar Misr va Shumer-Bobildan
Qadimgi Yunonistonga o'tgan.
Qadimgi Yunonistonda aniq fanlar falsafa fani bilan birgalikda rivojlandi. Lekin
falsafa bilan bog'lanish Platon davrida geometriyani amaliy masalalardan ajratib
14
qo'ydi va faqat Arximedgina turmush talabiga muvofiq geometriyaning nazariy
tuzilishini amaliyot bilan bog'ladi. Eramizdan ilgari VII-III asrlarda Qadimgi
Yunonistonda geometriya sohasida juda ko'p materiallar to'plandi va uni tizimiga
solish hamda qat'iy tizimga keltirish zarurati tug'ildi. Pifagorning shogirdi