zonalar likvatsiyasi
deb ataladi.
Rasm 9 Likvatsiyalar turlari sxemalari.
a –kristallitlararo likvatsiya, b –solishtirma og‘irlik bo‘yicha likvatsiya, v –
zonal likvatsiya.
Likvatsiyaning yana
kristall ichra likvatsiya
yoki
dendrit likvatsiyasi
deb
ataluvchi turi ham bor.
Kristallarning shakliga o‘ta sovush darajasi ta’sir qiladi. O‘ta sovush
darajasi juda kichkina bo‘lsa, muntazam geometrik shakldagi kristallar hosil
bo‘ladi. O‘ta sovish darajasi bir qadar katta bo‘lsa, kristallar
dendrit
shaklini oladi,
ya’ni kristallar, asosan fazaviy kristall panjaraning asosiy o‘qlariga mos
yo‘nalishida o‘sadi.
O‘ta sovish darajasi ancha katta bo‘lsa,
sferoid
shaklidagi kristallar hosil
bo‘ladi.
Metall quymalarda kristallar, umuman aytganda dendrid shaklida bo‘ladi.
Buni birinchi bo‘lib D.K.Chernov chizib bergan.
Qotishma sekin sovitilganda diffuziya jarayoni kristallar tarkibini
barobarlashtirishga ulguradi, tez sovitilganda esa diffuziya jarayoni tugallanmay
qoladi, ya’ni ayrim kristallarning tarkibi barobarlashmaydi. Dendritlarning
markaziy
qismida
qiyin suyuqlanuvchi «Komponent (a’zo) chetlarida-
pereferiya»sida esa oson suyuqlanuvchan komponent ko‘p bo‘ladi. Dendritlarning
har xil joylarida uchraydigan bunday kimyoviy turli jinslilik
kristall ichra
likvatsiya,
boshqacha aytganda
dendrit likvatsiyasi
deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |