2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


Milliy valyuta – so„mning muomalaga kiritilishi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix12.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#154793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
\'19.11.2020 ma’ruza matni

Milliy valyuta – so„mning muomalaga kiritilishi. 
Mustaqil, erkin 
davlatning asosiy belgisi, asl poydevori 
– milliy valutadir. 
O‘z valutasiga ega 
bo‗lmagan davlat o‗z manfaatlarini ko‗zlab muslaqil ravishda moliya-kredit, bank 
siyosatini yurita olmaydi, o‗z taqdirini, tashkilotlar, xo‗jaliklar va fuqarolar 
taqdirini belgilay olmaydi. Ichki bozorni naqd pul bilan ta‘minlash, pul chiqarish 
miqdori, uning xarid kuchi, kelajak istiqboli uchun sarmoya ajratish, kimga qarz 
berish va kimdan qarz olish, qarzni to‗lash va undirib olish, foiz stavkalarini 
belgilash lcabi masalalarni mustaqil hal qila olmaydi. Pirovardida bunday davlat 
boshqa kuchli davlatlar ko‗rsatmalariga qaram bo‗lib qoladi, uni hech kim haqiqiy 
mustaqil davlat deb tan olmaydi. Shu boisdan milliy valutaga o‗tish O‘zbekiston 
uchun oliy maqsad edi. 
Biroq milliy valutaga o‗tish oson ko‗chmaydi, yangi valutani muomalaga 
kiritish inqilob bilan teng. Dunyo tajribasi ko‗rsatadiki, davlatlar o‗z milliy 
valutasiga erishish uchun uzoq va mashaqqatli yo‗llar bosib o‗tgan, bor qudratini 
safarbar etgan. 
O‘zbekistonda milliy valutani muomalaga kiritish uchun ham ma‘lum vaqt, 
tajriba kerak edi. Avvalo, haqiqiy mustaqil iqtisodiyotga erishish lozim edi. Shu 
boisdan O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki payti 1991-1993-yillarda sobiq 
Ittifoqdan meros qolgan 
rubl
zonasida bo‗lib turdi. Biroq sovetlardan keyingi 
makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida 
rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. 1993-yil may oyi boshlarida 
800-900 rublning qadri 1 AQSH dollari darajasiga tushib ketgan edi. Shu yili 
Rossiyada oldingi rubl kursiga tenglashtirilgan yangi namunadagi rubl chiqarildi. 
Rossiya hukumati 1993-yil 26-iyulda O‘zbekiston mutasaddi vakillarini Moskvaga 
taklif qilib, birgalikda rubl zonasida bo‗lamiz deb aytdi. Keyinroq Rossiya
O‘zbekiston va Qozog‗iston rahbarlari Moskvada uchrashib, rubl zonasini 
saqlashga, O‘zbekiston va Qozog‗istonni 1993-yilgi yangi rubl namunasi bilan 
ta‘minlashga qaror qilindi. 
Biroq, amalda boshqacha yo‗l tutildi, to‗g‗rirog‗i Rossiya hukumati bu 
tadbirlardan o‗z manfaati yo‗lida foydalanmoqchi bo‗ldi. Rossiya hukumati 
O‘zbekiston oldiga o‗z shartlarini qo‗ydi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin