18
sifatida mamlakat Prezidentining davlat va jamiyat hayotining
ijtimoiy-iqtisodiy
hamda siyosiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan о‗tkaziladigan Vazirlar
Mahkamasi majlislarida ishtirok etish huquqini mustahkamlaydi. Zero,
О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari mamlakat ijtimoiy,
iqtisodiy va siyosiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan о‗tkaziladi.
Shuningdek, davlat boshqaruvining, xо‗jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng
muhim masalalari ham Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladi.
Qonunga muvofiq, О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 96-moddasi
yangi tahrirda bayon etildi. Unga kо‗ra, О‗zbekiston Respublikasining amaldagi
Prezidenti о‗z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari
vaqtincha О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga
yuklatiladi,
bunda uch oy muddat ichida, ―О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovi tо‗g‗risida‖gi Qonunga tо‗liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi
о‗tkaziladi. Ta‘kidlash joizki, mamlakat Prezidenti turli sabablarga kо‗ra о‗z
vazifasini bajara olmaydigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlikka, ushbu
moddani turlicha talqin etishga yо‗l qо‗ymaslik
maqsadida mazkur moddaning
yangi tahriri berildi.
О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 98-moddasiga kiritilgan
qо‗shimchalarga muvofiq demokratik tartib-qoidalarga javob beradigan yangi
konstitusiyaviy qoida joriy etildi. Unga kо‗ra, О‗zbekiston Respublikasi Bosh
vaziri nomzodi О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
saylovda eng kо‗p deputatlik о‗rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi
eng kо‗p deputatlik о‗rinlarini qо‗lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan
taklif etiladi. Ushbu qо‗shimchalarning kiritilishi tarixiy ahamiyatga ega bо‗lib,
mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada rivojlantirish, huquqiy demokratik
davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurishda yangi bosqichning boshlanishi
hisoblanadi. Konstitusiyaga kiritilgan yana bir muhim о‗zgartirish О‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik
votumi bildirish
huquqining berilishi bilan bog‗liq. Xususan, О‗zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasining 98-moddasida belgilanishicha, О‗zbekiston Respublikasi Bosh
vaziri va О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi о‗rtasida
doimiy ziddiyatlar kelib chiqqan taqdirda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy
sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
nomiga rasman kiritilgan taklif bо‗yicha Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik
votumi bildirish haqidagi masala О‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qо‗shma majlisi muhokamasiga kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha О‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan
hisoblanadi.
Bunday holatda О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni
lavozimidan ozod etish bо‗yicha qaror qabul qiladi. Bunda О‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga
iste‘foga chiqadi. Mazkur norma
davlat hokimiyati tarmoqlari о‗rtasidagi
vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash
bilan bir qatorda,
19
davlat ahamiyatiga molik muhim masalalarni hal qilishda siyosiy partiyalarning
rolini yanada kuchaytiradi va О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat
hokimiyati organlari tizimidagi о‗rnini ancha oshiradi.
2011 yil 12 dekabrdagi ―О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 90-
moddasiga tuzatish kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonun bilan О‗zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritildi. Unga kо‗ra, О‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining konstitusiyaviy vakolat muddati yetti yildan besh
yilga qisqartirildi.
Dostları ilə paylaş: