26
Ushbu jarayonlarni sun‘iy ravishda jilovlab turish yoki sur‘atlarini jadallashtirish
ijobiy natijalarga olib kelmaydi.
Hozirgi paytda huquqiy demokratiya yо‗lini tanlab jadal sur‘atlarda
rivojlanayotgan milliy davlatimiz uchun insoniyat tarixining turli davrlarida
demokratik davlatlarning shakllanishi va amaliyotini tahlil qilishi, qiyosiy
о‗rganishi muhim ahamiyatga ega. YA‘ni, dunyo davlatlari demokratiyaga
ma‘naviy-ma‘rifiylashgan jamiyatga xos tamoyillar bilan munosabatda bо‗lishlari
va baholash madaniyatini egallab olishlari, hatto ba‘zi manfaatlardan voz kechishi
ham mumkin. Masalan, hayot kechirish G‗arb turmush tarziga mos bо‗lsa va uni
targ‗ib etsa, ya‘ni demokratik qarashlar bizning mentalitetimizga tо‗g‗ri kelmasa,
qarash bir tomonlama yondashuv hisoblanib, о‗zini qadrlagan, hurmat qilgan xalq
uchun xavfli hamda tahdidli bir holatdir. Turli xalqlar, turli madaniyatlar,
manfaatlarning yonma-yon yashashi, yashay olishi faqat haqiqiy milliy demokratik
sharoitdagina amalga oshadi. Buni biz istiqbolli milliy davlatimiz miqyosida kо‗rib
turibmiz!
Bugungi dunyo davlatlari demokratik jarayonlarni kafolatlovchi omillarga
ega. О‗zbekiston ham undan chetda emas. Shu о‗rinda haqiqiy demokratiyaning
soxta demokratiyadan farqini anglash bilan bog‗liq fuqarolik madaniyatiga ega
bо‗lish; demokratiya niqobi ostidagi «demokratik о‗yinlar»ning, qarashlarning,
chiqishlarning orqasidan ergashmaslik; taqlid qilish yoki qilmaslikning qaysi
milliy manfaatga tо‗g‗ri kelishi yoki kelmasligini solishtirib kо‗rishga yetadigan
uyg‗oq ong va tafakkurga ega bо‗lish; aholining asosiy qismi demokratiyaga
tayyor bо‗lishi, unga befarq bо‗lmasligi, demokratik ong va madaniy saviyada
dunyo va milliy taraqqiyot talablaridan orqada qolmasligi kerak.
Tо‗g‗ri va haqiqiy bunyodkorlik g‗oyasini faqat milliy davlatning demokratik
qarashlari orqali amalga oshirish mumkin! Hozirgi davrda jahon davlatlari
erishayotgan yutuqlardan orqada qolmaslik, yangi texnologiyalarni egallab, uni
ishlab chiqarishga joriy etish uchun izlanish, yangi-yangi ixtirolar qilishga qodir
bо‗lish, mustaqillikni mustahkamlash va uni rivojlantirish milliy davlatimizning
muhim yо‗nalishlarini tashkil etadi. О‗zligini anglagan xalq mustaqillikka, о‗z
taqdiriga, farzandlarining kelajagiga istiqbol kо‗zi bilan qaraydi! Jahonda о‗ziga
xos о‗ringa va nufuzga ega bо‗layotgan О‗zbekiston davlati ana shunday milliy
demokratik yо‗ldan bormoqda,- deb ta‘kidlagan edi Islom Karimov.
Yigirmanchi asr jahon sivilizatsiyasida bir-biriga qarama-qarshi bо‗lgan katta
iz qoldirdi. Jahon urushlari, fan-texnika taraqqiyoti, turmush tarzida muayyan
darajada farovonlik va hokazolarni aytish mumkin. Lekin mamnuniyat bilan qayd
qilish kerak, XX asrning sо‗nggi о‗n yilligi О‗zbekiston milliy davlatchiligi uchun
ulkan
tarixiy-inqilobiy
о‗zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu о‗n yillik
mamlakatimizda mustaqillikni ham iqtisodiy, ham siyosiy-ijtimoiy, ham huquqiy-
ma‘naviy, ham xalqaro munosabatlarda tikladi, takomillashtirdi.
Mustaqillikning birinchi
Dostları ilə paylaş: