27
jamoatchiligi
oldida
qarzdormiz.
Chunonchi,
Muhammad
al-Xorazmiy,
Muhammad
az-Zamaxshariy, al-Hakim, at-Termiziy, Xо‗ja
Ahmad Yassaviy,
Bahouddin Naqshband, Xо‗ja Axror Valiy va boshqa о‗nlab alloma-avliyolarning
teran ilmiy xulosalari va amallarini uchinchi ming yillikda va hamisha jahon ahliga
yetkazib, osoyishta va farovon, tinch-totuv yashashimizga katta va munosib hissa
qо‗shmog‗imiz kerak.
Diniy qarashlar odob-axloqning uzviy qismiga aylandi.
Cheklashlar man
qilindi. Inson kamolida iymon-e‘tiqod, Yaratganga shukronalar aytish hamda
dunyoviy bilimlarni egallash, taraqqiyotni yuksaltirish davom etaveradi.
I.A.Karimovning say-harakatlari tufayli 2007 yil
Toshkent Islom dini poytaxti,
degan maqomni oldi. О‗nlab, yuzlab avliyo-anbiyolar maqbaralari tiklandi. Hozirgi
paytda 18 diniy konfensiyalar tolerantlik tamoyiliga kо‗ra millatlararo totuvlik
asosida ishlab turibdi.
Albatta, har qanday milliy davlat iqtisodiyotining asosini energetika va tabiiy
boylik zahiralari tashkil etadi. Shuning uchun ham jahondagi rivojlangan va
rivojlanayotgan davlatlar tо‗qnashayotgan hozirgi
energetika yetishmovchiligi
sharoitida О‗zbekistonning muhim ustunligi mamlakat iqtisodiyotining ushbu
yо‗nalishda dunyodagi juda kam sonli davlatlar singari I.Karimovning qat‘iy say-
harakatlari bilan tо‗la mustaqillikka erishganligidadir. Ba‘zi davlatlar esa uzoqni
kо‗zlamay, faqat joriy yilga mо‗ljallangan
byudjetni hisoblab chiqib, eng kam
jahon sarmoyasi bahosiga о‗tishmoqda. Bu esa inqirozni bartaraf qilishga salbiy
ta‘sir kо‗rsatishi mumkin.
О‗zbekiston о‗zining qо‗shimcha tarzda gaz, neft, kо‗mir va uran zahiralariga
ega bо‗lib, ularni sof holda eksport qilish bо‗yicha jahonning о‗nta
davlati safiga
kiradi. Mamlakatning umumiy energetika zahiralari yana kamida 100 yil davomida
iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun yetadi. Buning о‗ziyoq milliy
davlatimizning boy imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
Umuman olganda, davlat va milliy davlatchilik muammosi,
uning hozirgi
globallashuv davridagi rivojlanish davom etmoqda. Prezident Islom Karimov asos
solgan milliy davlatchiligimiz bundan keyin ham uzoqni kо‗zlagan dastur asosida
ravnaq topaveradi.