1994-yil 1-iyuldan boshlab milliy valuta – so„m muomalaga
kiritildi.
1 so‗m kursi 1000 so‗m-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi.
Milliy valuta – so‗m O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati
1,3,5,10,25,50,100
so‗m bo‗lgan bank qog‗oz pullari (banknotlar) holida
muomalaga chiqarildi. Aholi qo‗lidagi so‗m-kuponlar jamg‗arma banklari orqali
1000 ga 1 qiymatda almashtirildi. Keyinroq
200, 500, 2001 yilda 1 000, 2013
yilda 5 000, 2017 yilda 10 000 va 50 000, 2019 yilda 100 000
so‗mlik qog‗oz
pullari ham muomalaga kiritildi. Shuningdek, qiymati har xil miqdordagi tangalar
ham naqd pul holida muomalaga chiqarildi.
―Milliy valuta – milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga
xos belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir‖(I. Karimov.
Asarlar. 3-jild, 331-bet.).
Milliy valutaning muomalaga kiritilishi mamlakatimiz hayotida muhim voqea
bo‗ldi. O‘zbekistonning xalqaro maydonda mavqeyi oshdi, o‗zining pul-kredit,
moliya siyosatini amalda mustaqil yuritadigan bo‗ldi. Bu iqtisodiy islohotlarni
yanada chuqurlashtirish uchun qulay imkoniyat yaratdi. 2003-yil 15-oktabrdan
boshlab, so‗m qisman konvertatsiyalanadigan valuta maqomiga ko‗tarildi.
2.О„zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi – mustaqil davlatning
asosiy qonuni.
Konstitusiya eng oliy qonun sifatida О‗zbekistonning mustaqilligi va suveren
huquqlarini mustahkamlash va amalda ta‘minlashning huquqiy negizi bо‗lib
xizmat qiluvchi hujjat hisoblanadi. Respublikaning jamiyat va davlat qurilishi,
uning iqtisodiy va siyosiy tizimining asosiy tartib - qoidalari, fuqarolarning huquq,
erkinlik va burchlari, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining milliy davlat va
ma‘muriy-hududiy tuzilishi, davlatning ichki va tashqi siyosati masalalariga oid
barcha vazifalar Konstitusiyada о‗z ifodasini topgan.
Konstitusiya О‗zbekistonni mustaqil davlat maqomiga ega bо‗lishiga qonuniy
asos soldi. О‗z ona vatanining mustaqil davlat bо‗lishi va bunga erishish uchun
asrlar davomida iztirob chekib, muntazam kurashib kelgan О‗zbekiston xalqi о‗z
maqsadiga erishdi, о‗z davlatchiligiga о‗zi ega bо‗ldi.
Konstitusiya – davlatning Asosiy Qonuni bо‗lib, shaxs, jamiyat va davlat
о‗rtasida vujudga keladigan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi,
11
oliy yuridik maqomga ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu jihatdan
Konstitusiya о‗z mazmun - mohiyatiga kо‗ra jamiyat va davlatning rivojlanish
qonuniyatlarini о‗zida namoyon etadi.
О‗zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bо‗lib о‗tgan ikkinchi
sessiyasida qabul qilingan qaroriga asosan, respublika Prezidenti I.A.Karimov
raisligida 64 kishidan iborat Konstitusiya komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibiga
davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining taniqli arboblari, xalq deputatlari, fan
vakillari kiritildi. О‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyulda
qabul qilingan qarori bilan Konstitusiya komissiyasi tarkibi qisman о‗zgardi.
Konstitusiyaviy komissiyaning birinchi majlisi 1991 yil 21 aprelda Prezident
I.A.Karimov raisligida bо‗lib о‗tdi.
О‗zbekiston Konstitusiyasi loyihasini ishlab chiqishga oid barcha tayyorgarlik
ishlari muvofiqlashtirishini ta‘minlash maqsadida konstitusiyaviy komissiya
a‘zolari, shuningdek, yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirokida 32 kishidan
iborat ishchi guruhi tuzildi. О‗zbekiston Konstitusiyaviy nazorat komissiyasining
raisi
О‗zbekiston
Respublikasi
Fanlar
Akademiyasining
akademigi
SH.Z.О‗razayev guruh rahbari etib tasdiqlandi.
Reja bо‗yicha 1991 yil avgust oyida Konstitusiyaviy komissiyaning raisi
I.A.Karimov Konstitusiyaviy komissiyaning yalpi majlisida ―О‗zbekistonning
yangi Konstitusiyasi konsepsiyasining loyihasi tо‗g‗risida‖gi ma‘ruzasida ishchi
guruh oldiga qо‗yilgan vazifalarni bajarishda jahon tajribasini о‗rganish va unga
amal qilish, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va
qonunchilik sohasida qо‗lga kiritilgan yutuqlarini hisobga olish, kishilar diliga
yaqin va ularga tushunarli bо‗lgan iboralar vositasida siyosiy va yuridik hujjat
yaratishga harakat qilishni ta‘kidlab о‗tdi.
Konstitusiyaviy
komissiyaning
a‘zosi
akademik
SH.3.О‗razayev
quyidagilarni qayd qilgan: ―Prezidentimiz shunday ham juda taqchil vaqtidan
fursat ajratib, Konstitusiya loyihasini tayyorlash bо‗yicha tuzilgan ishchi
guruhning a‘zolarini qabul qilar, loyihani qayta-qayta о‗qib chiqar, uning matnini
chuqur mushohada qilar va unga tuzatishlar kiritardi. Bu kishining g‗oyat ajoyib
tahlil qobiliyati, kelajakni oldindan kо‗ra olishi, nozik his etish iste‘dodi bizni
nihoyatda hayratga solardi. U mehnatga doimo tayyor, hamisha izlanishda, ishning
mohiyatini tushunishga va u bо‗yicha eng maqbul qaror chiqarishga intilardi.
Konstitusiyaviy komissiyaning raisi loyihaning har bir tafsilotiga e‘tibor berar,
unga о‗z qо‗li bilan tuzatishlar va aniqliklar kiritardi, ishga astoydil yondashish,
ishbilarmonlik va bilimdonlik namunasini kо‗rsatar edi. Prezident – о‗ziga
nisbatan juda talabchan shaxs. Kо‗pincha, nazarimizda uning bu talabchanligi
о‗ziga nisbatan shafqatsizlikka yaqinlashib ketardi. U yarim tungacha ishlar va
ishning juda katta qismini о‗z zimmasiga olardi. Kunlar ketidan kunlar, shanba va
yakshanba dam olish kunlari ham shu tariqa о‗tardi‖ (
Urazayev SH.Z. Kak gotovilsya proyekt
Konstitusii Respubliki Uzbekistan // Narodnoye slovo, 1992, 26 dekabrY.
).
1991 yilning noyabr oyigacha Konstitusiya loyihasining 158-moddadan iborat
birinchi varianti tayyor bо‗ldi. I.A.Karimov loyihaning bu varianti bilan tanishib
chiqib, unga mazmuni, shakli va tahriri jihatdan jiddiy о‗zgartishlar kiritdi.
12
Loyihaning ikkinchi varianti 149-moddadan tashkil topdi. I.A.Karimovning
kо‗rsatmasi va shaxsan u kishining tahriri bilan loyihaning uchinchi varianti 137-
moddadan tashkil topdi. Matbuotda e‘lon qilish oldidan loyiha yana bir bor diqqat
bilan о‗rganib chiqilib, 127 moddaga keltirildi.
Loyiha matbuotda e‘lon qilinishidan oldin I.A.Karimov uni sinchiklab о‗qib
chiqdi, ba‘zi moddalarga о‗zgartish kiritishi natijasida ular tо‗laroq mazmun, aniq
ravshanlik kasb etib, yanada tushunarliroq bо‗ldi. Konstitusiyaviy komissiyaning
qarori bilan loyiha 1992 yil 26 sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda
e‘lon qilindi. Muhokama davomida uning asosiy bо‗limlari, boblari va moddalari
yuzasidan tegishli takliflar Konstitusiyaviy komissiyaga kelib tushdi. Respublika
matbuotining о‗zida Konstitusiya loyihasiga bag‗ishlangan yuzdan ortiq
materiallar e‘lon qilindi. Kelib tushgan takliflarning soni 6 mingtadan oshib ketdi.
Konstitusiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik
va Hamkorlik Kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSH, Buyuk
Britaniya, Fransiya kabi demokratik davlatlar mutaxassislarining sinchkov
ekspertizasidan о‗tdi.
О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining loyihasi 1992 yil 21 noyabrda
yana bir bor matbuotda e‘lon qilindi. Bundan maqsad fuqarolarni Konstitusiya
loyihasiga kiritilgan о‗zgartishlar va tо‗ldirishlar bilan tanishtirish va ularni
hisobga olgan holda muhokamani davom ettirishdan iborat edi. Loyihaning yangi
nusxasi e‘lon qilinishi bilan yana yangi takliflar kela boshladi. Qoraqalpog‗iston
Respublikasida xalq noiblari ishtirokida bо‗lib о‗tgan yig‗ilishda loyiha bо‗yicha
ayrim istaklar bildirildi. Konstitusiyaviy komissiyaga kelib tushgan kо‗p sonli
takliflar, mulohazalar, fikrlar har tomonlama о‗rganilib, Konstitusiya loyihasiga
deyarli 80 yaqin о‗zgartish, qо‗shimcha va aniqliklar kiritildi.
Mustaqil О‗zbekiston davlatining Konstitusiyasi О‗zbekiston Respublikasi
XII chaqiriq Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi.
U oliy maqomli Qonun sifatida biz qurayotgan jamiyatning ravnaqi uchun, uning
har bir a‘zosining kundalik turmushiga, faoliyatiga madad, muqaddas orzu -
umidlarini rо‗yobga chiqishi uchun ishonch bag‗ishlaydi.
Islom Karimov ushbu sessiyada Konstitusiyani ―xalqchil qomus‖ deb atab,
uning loyihasi ustida taxminan ikki yil davomida ishlangani, ikki yarim oy
mobaynida umumxalq muhokamasidan о‗tganligi va shu vaqt mobaynida u
xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boyitilganligini, sayqal topganligini
ta‘kidladi (
Karimov I.A. О‗zbekiston: milliy mustaqillik, iqtisod, siyosat va mafkura. 1-jild. - T.: О‗zbekiston,
1996. – 118 bet.
).
Konstitusiyamizning eng muhim mohiyati shundan iboratki, unda fuqarolar
manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan, inson
huquqlari, uning kamoloti uchun zarur bо‗lgan shaxsiy daxlsizlik, siyosiy erkinlik,
ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlarga erishish uchun umid qilgan va intilgan
umuminsoniy g‗oyalar yо‗lida erishilgan qoidalarni о‗ziga singdirgan.
Konstitusiyani ishlab chiqish, muhokama qilish va qabul qilish jarayoni
I.A.Karimovning ―Konstitusiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga
tanitadigan Qomusnoma‖ bо‗lganligi, u ―xalqimizning irodasini, ruhiyatini,
13
ijtimoiy ongi va madaniyatini‖ aks ettirishi, uning ―xalqimiz tafakkuri va ijodining
mahsuli‖ ekanligi haqidagi xulosasining tо‗g‗riligi va asoslanganligini tasdiqlaydi
(
Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. –T.: Sharq, 1993. 6-bet
).
Mustaqil davlatimiz Konstitusiyasi asosida respublikamizda demokratik
huquqiy jamiyat asoslari faol rivojlanmoqda. Avvalgi partiyaviy yakkahokimlik
tizimining illatlari qat‘iyan tugatilib, kо‗ppartiyaviylik, g‗oyalar va fikrlar xilma-
xilligiga yо‗l ochildi. Yagona mafkuraning yakkahokimligiga barham berildi.
Umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi, chinakam demokratiya, inson
erkinliklari va huquqlarining butun dunyo tan olgan meyor va qoidalari tobora
qaror topmoqda.
Konstitusiyamiz mamlakatimizning mustaqillik yillarida siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot yо‗lidagi barcha g‗alabalarimizni ifodalovchi hamda kelajak
yо‗limizni kо‗rsatuvchi muhim qonundir. I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, ―Tom
ma‘nodagi tarixiy bu sanani har safar bayram qilar ekanmiz, Konstitusiyamiz –
Asosiy Qonunimiz qabul qilinishi bilan biz О‗zbekiston kelajagini, yangidan barpo
etilayotgan davlatimizning chuqur mazmuni, ma‘no va mohiyatini, siyosiy,
iqtisodiy, gumanitar va ma‘naviy taraqqiyotining, yurtimiz qiyofasini, uning
xalqaro hamjamiyatdagi о‗rni va nufuzini tubdan о‗zgartirib yuborgan
mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilishning pirovard maqsadlarini
aniq-ravshan belgilab olganimizni haqli ravishda yuksak baholaymiz‖ (
Bizning
yо‗limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yо‗lidir.
20-jild. - T.: О‗zbekiston, 2012.- 63- 64 betlar.
).
Konstitusiyamiz qabul qilingandan keyin yigirma yildan ortiqroq vaqt
mobaynida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot sohalarida ulkan va jiddiy
ijobiy о‗zgarishlar yuz berdi.
Konstitusiyaga о‗zgartirish kiritish uchun о‗rnatilgan tartib boshqa oddiy
qonunlarga о‗zgartirish kiritishdan jiddiy farq qiladi. Bu jahon qonunchilik
tajribasida ham о‗rnatilgan tartibdir. Shunday ekan, О‗zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasiga о‗zgartirish va qо‗shimchalar kiritish Konstitusiyaning 127-
moddasining 1-qismiga muvofiq quyidagicha bayon qilingan: ―О‗zbekiston
Respublikasining
Konstitusiyasiga
о‗zgartirishlar tegishincha О‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat kо‗pchiligi tomonidan qabul
qilingan qonun yoki О‗zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi‖.
Har qanday jamiyatda ijtimoiy munosabatlar rivojlanib borishi natijasida
davlat va jamiyat hayotida muhim о‗zgarishlar qilish zaruriyati vujudga keladi.
1993 yil 28 dekabrda birinchi bor Konstitusiyaga о‗zgartish va qо‗shimcha
kiritilgan bо‗lib, ―О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga о‗zgartish va
qо‗shimchalar kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonunga asosan О‗zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasining 77-moddasi 1-qismi (О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
150 nafar deputatdan iborat)dagi ―150 nafar deputatdan‖ degan sо‗zlar
―deputatlardan‖ degan sо‗z bilan almashtirildi.
О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 83-moddasiga muvofiq,
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 2000 yil 25 may kuni Oliy Majlisning
ikkinchi chaqiriq, ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali
14
parlament tizimiga о‗tish va 2004 yilda bо‗ladigan saylovlarda parlamentni ikki
palatali qilib tashkil etish haqida taklif kiritdi. Oliy Majlisning navbatdagi
sakkizinchi sessiyasida bu masalani hal etishning dastlabki muhokamasi bо‗lib,
2002 yil 4 aprelda ―Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil
etilishining asosiy prinsiplari tо‗g‗risida‖gi Konstitusiyaviy Qonun qabul qilindi.
Mazkur Qonun asosida 2003 yil 24 apreldagi ―О‗zbekiston Respublikasining
Konstitusiyasiga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonunga
muvofiq Konstitusiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga о‗zgartish va
qо‗shimchalar kiritildi.
Konstitusiyaning О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan
XVIII bobi ilgari bir palatali parlamentga bag‗ishlangan bо‗lsa, endilikda mazkur
bobda ikki palatali parlament – О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori palata)ga bag‗ishlangan. Kiritilgan
о‗zgartish va qо‗shimchalarga muvofiq Konstitusiyaning 76-moddasida
―О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bо‗lib, qonun
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata)
iborat. О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati
vakolat muddati – besh yil‖, degan qoida bilan mustahkamlandi.
Konstitusiyaning О‗zbekiston Respublikasi Prezidentiga bag‗ishlangan XIX
bobiga ham о‗zgartish kiritildi. Kiritilgan о‗zgartishga muvofiq Konstitusiyaning
89-moddasidan
―О‗zbekiston
Respublikasining
Prezidenti
Vazirlar
Mahkamasining Raisi hisoblanadi‖ degan qoida chiqarib tashlandi.
О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlari О‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi Senatga о‗tkazildi. Jumladan, 93-modda
6-bandiga kо‗ra, О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti О‗zbekiston Respublikasi
chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni
О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etishi, shu moddaning 23-
bandiga kо‗ra esa, amnistiya tо‗g‗risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida
О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritishi
belgilandi. Ilgari О‗zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va
boshqa vakillarini tayinlash va amnistiya tо‗g‗risida hujjatlarni qabul qilish
bevosita Prezident vakolatiga kiritilgan edi.
Konstitusiyaning Vazirlar Mahkamasiga bag‗ishlangan XX bobiga kiritilgan
о‗zgartish va qо‗shimchalarga muvofiq, ilgari Konstitusiyaning 98-moddasida
―Vazirlar Mahkamasi tarkibini О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u
Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi‖ degan qoida mavjud bо‗lgan bо‗lsa, kiritilgan
о‗zgartishga kо‗ra, 98-moddaning ikkinchi qismida ―Vazirlar Mahkamasi tarkibi
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. О‗zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri nomzodi О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
taqdimiga binoan О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan
kо‗rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a‘zolari О‗zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tasdiqlanadi‖, degan qoida belgilandi.
15
Shuningdek, Konstitusiyada О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatlari
kengaytirilib, 98-modda, 5-qismiga ―О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning
samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bо‗ladi, Vazirlar Mahkamasining
majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, О‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining topshirig‗iga binoan xalqaro munosabatlarda О‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish kо‗radi, О‗zbekiston Respublikasi
qonunlarida, О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi‖, 6-qismiga esa
―О‗zbekiston Respublikasi‖ning Prezidenti ushbu Konstitusiyaning 89-moddasi va
93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga,
Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul
qilishga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini,
О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli‖ degan
qoidalar kiritildi.
Mazkur kiritilgan о‗zgartish va qо‗shimchalarga muvofiq О‗zbekiston
Respublikasi Bosh vaziriga ―О‗zbekiston Respublikasi Prezidentiga Vazirlar
Mahkamasi a‘zolarini tasdiqlash uchun taqdim qilish‖ vakolati berildi.
Konstitusiyaning saylov tizimi deb nomlanadigan XXIII bobiga ham
о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritildi. Ilgari 117-modda 2-qismidagi ―О‗zbekiston
Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi
umumiy, teng, tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yо‗li
bilan о‗tkaziladi. О‗zbekiston Respublikasining 18 yoshga tо‗lgan fuqarolari
saylash huquqiga egadirlar‖ degan qoida о‗rniga ―О‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi, О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasiga hamda Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jо‗qorg‗i Kengesiga, viloyatlar,
tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha
ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – dekabr oyi uchinchi
о‗n kunligining birinchi yakshanbasida о‗tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng,
tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yо‗li bilan
о‗tkaziladi. О‗zbekiston Respublikasining 18 yoshga tо‗lgan fuqarolari saylash
huquqiga egadirlar‖, degan qoida kiritildi.
Shu moddaning 3-qismi ―О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
a‘zolari Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jо‗qorg‗i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar,
shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishincha qо‗shma
majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan sо‗ng bir oy ichida ular orasidan
yashirin ovoz berish yо‗li bilan saylanadilar‖, degan qoida bilan tо‗ldirildi.
Shuningdek,
Konstitusiyaning
6-bо‗limiga
ham
о‗zgartish kiritildi.
О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining dastlabki 127-moddasi ―О‗zbekiston
Respublikasining Konstitusiyasiga о‗zgartirishlar О‗zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi jami deputatlarning uchdan ikki qismidan iborat kо‗pchiligi tomonidan
qabul qilingan qonunlar bilan kiritiladi‖, deb belgilangan edi.
Kiritilgan о‗zgartish va qо‗shimchalardan sо‗ng mazkur moddada
―О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga о‗zgartirishlar tegishincha
16
О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va
Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat kо‗pchiligi
tomonidan qabul qilingan qonun yoki О‗zbekiston Respublikasining referendumi
bilan kiritiladi‖, degan iboralar о‗z ifodasini topdi.
Shuningdek, davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, hokimiyatning
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi tarmoqlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati
organlarining ular zimmasiga Konstitusiya bilan yuklatilgan vakolatlarni amalga
oshirishdagi roli va mas‘uliyatini oshirish, mamlakat Prezidenti vakolatlarini aniq-
ravshan belgilash hamda huquqiy meyorlar doirasida cheklash, shuningdek,
islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda
siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirish maqsadida 2007 yil 11
aprelda ―О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ayrim moddalariga (89-
moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga)
tuzatishlar kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun 2008 yil 1
yanvardan e‘tiboran kuchga kirdi. Kiritilgan tuzatishlarga kо‗ra, О‗zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasining 89-moddasi ―О‗zbekiston Respublikasining
Prezidenti davlat boshlig‗idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda
faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‘minlaydi‖ degan tahrirda, 93-
moddasining 15-bandi ―viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini
qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi‖ degan tahrirda, 102-
moddasining 2-qismi ―Viloyat va Toshkent shahar hokimi О‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda
lavozimidan ozod etiladi‖ degan tahrirda bayon etildi.
2008
yil
25
dekabrdagi
―Saylov tо‗g‗risidagi qonun hujjatlari
takomillashtirilishi munosabati bilan О‗zbekiston Respublikasining ayrim
qonunlariga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritish haqida‖gi Qonun bilan
О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 77-moddasining birinchi qismi
(О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov
okruglari bо‗yicha kо‗ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma
deputatdan iborat)ga о‗zgartish kiritildi. Ushbu Qonun 2009 yilning 1 iyulidan
kuchga kirgan. Unga kо‗ra, mazkur moddaning birinchi qismi ―О‗zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining
Qonunchilik
palatasi
qonunga
muvofiq
saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat‖, degan tahrirda bayon etildi.
О‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil
12 noyabrdagi О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining qо‗shma majlisidagi ―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi‖ nomli
ma‘ruzasida О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining bir qator moddalariga
о‗zgartishlar kiritish yuzasidan bildirilgan takliflar alohida о‗rin olgan. I.Karimov
tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan mazkur takliflar 2011 yil 18
apreldagi ―О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ayrim moddalariga
о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritish tо‗g‗risida (78, 80, 93, 96, va 98-
moddalariga)‖gi Qonunda о‗z ifodasini topgan. Qonunning asosiy maqsadi
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
17
rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat
hokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig‗i – Prezident, qonun chiqaruvchi va
ijro etuvchi hokimiyatlar
о‗rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib
taqsimlanishini
ta‘minlash, shuningdek, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda
siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirishdan iborat.
Bu borada О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 78-moddasi birinchi
qismining 15-bandiga qо‗shimcha kiritilgan bо‗lib, unga kо‗ra Oliy Majlis
palatalariga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari
yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish huquqi
Dostları ilə paylaş: |