kamolot yoshlar uyushmalari) hosil bo„ladi.
5. So„z bilan og„zaki ta‟sir o„tkazishda salbiy kayfiyatlarni yengish tajribasini
shakllantiradigan va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini
yaratish.
6. Xushmuomalalikka milliy an‟ana va urf-odatlarimiz, o„zbekona muomala
madaniyati, milliy ma‟naviyatimiz nuqtai nazaridan yondashish.
7. O„z ona tilida puxta, lo„nda va jarangdor so„zlar tuza olish va uni nutqiy
mahorat bilan ifodalash ta‟lim muassasalarida o„rganilayotgan har bir fan
o„qituvchisi uchun eng zarur kommunikativ qobiliyatlardan biridir.
Taklif etilgan ushbu tizim asosida pedagogik faoliyat olib borish o„qituvchi
kasbiga oid shaxsiy fazilatlardan biri bo„lgan insonparvarlik va xushmuomalalikni
shakllantiradi. O„qituvchi kasbiy faoliyati davomida nutqidagi so„z qudratini
takomillashtirib boradi. U o„zbek tilining boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish
orqali so„z boyligini go„zal, ravon, ifodali, ta‟sirchan bo„lishiga intiladi. Zero,
go„zal va ta‟sirchan so„zlay bilish ham san‟at. Bu san‟atdan bebahra bo„lgan
o„qituvchining kasbiy mahorati shakllanmaydi. Qaysi fanni o„qitishdan qat‟iy
nazar, o„qituvchining asosiy quroli so„z boyligidir, u so„z qudrati asosida
kommunikativ qobiliyatini namoyish etadi.
Umumlashtirish funksiyasi har bir so„z umumlashtirish xususiyatiga ega
ekanligi bilan bog„liq, bu esa tafakkurning yuzaga chiqishiga imkon yaratadi. Fikr
almashuv, ya‟ni muloqot muayyan ma‟lumotlarni, fikrlarni, tuyg„ularni odamlar
bir-birlariga etkazib berishdan iborat bo„lgan jarayondir.
Inson nutqining aniqligi cheklangan miqdordagi nutqiy belgilar – turli
murakkablikdagi tarkibiy qismlar (tovushlar, bo„g„inlar, so„zlar va gaplar)
yordamida insonning cheksiz-chegarasiz turli-tuman fikrlarini, maqsadlarini va
tuyg„ularini ifodalash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: