2. O„z-o„zini tаhlil etish 3



Yüklə 344,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix14.05.2023
ölçüsü344,41 Kb.
#113563
1   2   3   4   5   6
1-maruza

R.S.Nemov 
inson muloqoti taraqqiyoti ontogenezi va 
uning asosiy bosqichlarini ko„rib chiqadi. Uning ta‟kidlashiga ko„ra, inson bolasi 
o„zida odamlar bilan emotsional muloqotga kirishishga bo„lgan layoqatni uch 
oyligida sezadi (jonlanish kompleksi), bir yoshga etganda esa uning ekspressiyasi 
shunchalik boyib ketadiki, muloqotning verbal tilini tezda o„zlashtirib olish, 
tovushli nutqdan foydalanish imkonini beradi.
R.S.Nemovning 
fikriga ko„ra, 
maktabgacha bo„lgan davrda odam muloqotining ontogenetik taraqqiyoti bosib 
o„tadigan asosiy bosqtchlarni quyidagicha tasavvur qilib, ta‟riflash mumkin:
1. Tug‘ilgandan 2-3 oylikkacha bo‘lgan yosh davri. Mazmun jihatidan biologik 
bo„lgan, bolaning hayotiy ehtiyojlarini qondirish vositasi bo„lib xizmat qiluvchi 
aloqaviy muloqot. Muloqotning asosiy vositasi – sodda mimika va oddiy imo-
ishoralar.
2. 2-3oylikdan 8-10 oylikkacha yosh davri. Asosiy his-tuyg„u organlari 
faoliyatining boshlanishi va yangi taassurotlarning paydo bo„lishi bilan bog„liq 
bo„lgan bilish muloqotining dastlabki bosqichi.
3. 8-12 oylikdan taxminan 1,5 yoshgacha bo‘lgan davr. Kognitiv ehtiyojlarga 
xizmat qiluvchi boshqariladigan, verbal-neverbal muloqot. Tildan muloqot vositasi 
sifatida foydalanishga o„tish.
4. 1,5 yoshdan 3 yoshgacha. Jismli faoliyat va o„yinning paydo bo„lishi bilan 
bog„liq faoliyat va o„yin muloqotining yuzaga kelishi. Faoliyat va shaxs 
muloqotiga bo„linishning dastlabki bosqichi.
5. 3 dan 6-7 yoshgacha bo‘lgan davr. Tabiatdan berilgan turli xildagi 
tabiiy belgilar yoki orttirilgan muloqot vositalarini ixtiyoriy ravishda tanlash va 


ulardan foydalanish. Syujetli-rolli o„yinlarga jalb qilish asosida paydo bo„ladigan 
syujetli-rolli muloqotning rivojlanishi.
Maktabga qadam qo„yishi bilan bolaning aqliy va shaxsiy o„sish jarayoni 
jadallashadi. Muloqot mazmuni chuqurlashadi va xilma-xillashadi, maqsadlar 
ko„payib, muloqotchanlik vositalari takomillashadi. Muloqot turli-tuman 
vazifalarni bajaradi. Turli mualliflar muloqotning turli vazifalarini ajratib 
ko„rsatadilar. G.M.Andreeva kommunikativ, interaktiv va perseptiv vazifasini 
sanab o„tadi. M.I.Enikev axborotli-kommunikativ, boshqaruv-kommunikativ, 
perseptiv-samarali va affektiv-ekspressiv (emotsional o„zini ifodalash) vazifalarini 
ko„rsatadi. A.A.Brudniy instrumental, sindikatli, translyasiya, o„zini ifodalash 
vazifalarini ajratadi.
Instrumental – bu muloqotning harakatni bajarish uchun muhim axborotni 
etkazishdan iborat bo„lgan asosiy ishchi vazifasi. Bu vazifaga yaqin bo„lgan, lekin 
unga o„xshash bo„lmagan vazifa, birlashtirish – sindikativ vazifa. Ko„pchilik 
muloqot aktlarining bevosita maqsadlari katta va kichik guruhlardagi odamlar 
o„rtasidagi umumiylikni aniqlash va mustahkamlashdan iborat. Sindikativ vazifa 
bilan o‘zini ifodalash vazifasi bir-biriga yaqindir. O„zini ifodalash o„z mohiyatiga 
ko„ra, hamfikrlikka, aloqaga qaratilgan. Alohida o„rinni ijodiy faoliyatdagi o„zini 
ifodalash egallaydi, u faoliyat mahsuli sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki u, 
odamlar o„rtasidagi muloqot predmetiga aylanadi. Va, nihoyat, muloqotning 
translyasion –faoliyatning aniq usullari, baholash mezonlari va dasturlarni 
etkazish vazifasi muhim ahamiyatga ega. Bu vazifa ta‟lim olish asosida yotadi: 
muloqot orqali shaxsning ta‟lim olishi amalga oshadi. 

Yüklə 344,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin