Muloqot vositalarining filo va ontogenezdagi taraqqiyoti bir necha
yo„nalishlarda boradi. Birinchidan, bu muloqotchanlik vositalarining maxsus
organlari. Masalan qo„llarning ajralishi. Ikkinchidan, ekspressiv ko„rinishdagi
harakatlar (imo-ishora, mimika, pantomimika)ning rivojlanishi. Uchinchidan,
axborotlarni etkazish va kodlashtirishning vositasi bo„lgan belgili tizimlarni kashf
etish va qo„llash. To„rtinchidan, insonlar muloqotida qo„llaniladigan axborot
etkazish va qayta tuzish, saqlashning texnik vositalarini rivojlantirish va
takomillashtirish (matbuot, radio, televidenie, telefon, telefaks, texnik yozuvning
magnitli, lazerli va boshqa usullari va h.k.).
Bolaning ruhiy taraqqiyotida ontogenezning dastlabki bosqichi davridagi
uning kattalar bilan muloqoti, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Muloqotda,
avvalo,to„g„ridan-to„g„ri taqlid qilish, keyinchalik vikar o„rganish, so„ngra esa,
verbal o„rganish – iborali qoidalar orqali bolaning hayotiy tajribasi orttirilib
boriladi. U bilan muloqotda bo„ladigan odamlar bola uchun bu tajribani tashuvchi
bo„lib xizmat qiladi va muloqotdan tashqari, boshqa hech qanday vosita yordamida
bunga erishib bo„lmaydi.
O„z tadqiqotlarida
Dostları ilə paylaş: