2 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xo'jaev F. E. Po’latxo’jaeva D. M



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/63
tarix22.12.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#189142
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63
Nazorat uchun savollar: 
1.Tеzkor va muvofiqlashtiruvchi logistika vazifalari o’rtasidagi farq nimada? 
2.Qaysi tizimli logistika kontsеptsiyalarini bilasiz? 
3.Logistikaning missiyasi, maqsadlari va asosiy vazifalarini aytib bеring. 
4.Turli ishlab chiqarish birlashmalari doirasida logistika tizimlarining qanday 
tasnifiy gradatsiyasini bilasiz? 
32
F.E.Xo’jaev, D.M.Po’latxo’jaeva «Bojxona logistikasi» o’quv qo’llanma TDIU 2016


33 
5.Sizga qaysi logistika paradigmalari ma’lum? 
6. Tijorat logistika funktsional xususiyatlariga tushuncha bering? 
7. Mikro darajada logistika tizim qanday va uning asosiy vazifalarini aytib bеring. 
8. Logistika operatsiyalari iqtisodiy oqimlarning sabablariga tushuncha bering? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


34 
2– BOB. Tijorat logistikasi tizimlari: maqsadi va tashkil etish tamoyillari 
2.1.Yetkazib berish tizimidagi logistik xo’jalik aloqalari 
Ommaviy qayta ishlab chiqarish jarayoni ma’lumki to’rt bosqichdan iborat: 
ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va iste`mol qilish.
Ishlab chiqarish jarayonida jamiyat a’zolari tabiyat mahsulotlarini inson 
ehtiyojlariga (yaratib qayta ishlab) moslashtirishadi; taqsimlash har bir individ 
ishlab chiqarilishida ishtirok etuvchi qismlarni belgilaydi; almashtirish unga 
taqsimlash orqali berilgan qismni almashtirishni xoxlovchi aniq mahsulotlarni 
yetkazadi; 
va 
nihoyat 
iste`mol 
qilishda 
mahsulotlar 
individual 
shaxsiylashtirishning ashyosiga aylanadi»
33

Qayta ishlab chiqarishni real amalga oshiriluvchi jarayon sifatida o’zaro 
aloqalar tizimi hisobga olinadi. Biz aloqa tushunchasini turli elementlarning sababi 
birdamligi sifatida belgilaymiz. Bu holda gap xo’jalik aloqalari haqida ketadi. 
Ularning sababi ommaviy qayta ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Aytib o’tish 
joizki qayta ishlab chiqarish jarayonida, qayta ishlab chiqarish va iste`mol qilish 
o’rtasidagi bog’lovchi aloqa o’rni mahsulot muomalasi tomonidan bajariladi. 
Almashtirish esa bir tomondan ishlab chiqarish va u bilan shartlanuvchi 
taqsimlanish orasida hamda iste`mol qilish orasida ikkinchi tomondan vositalovchi 
holat sifatida xizmat qiladi. Bog’lovchi halqaning ishlab chiqarishning rivojlanishiga, 
o’lchamiga va tuzilmasiga ta’siri (mahsulot muomalasi) o’ta muhim.
Tovarning umumiy foydaliligi uni iste`mol qiymatiga aylantiradi. Lekin bu 
foydalilik havoda turmaydi. “Mahsulot ko’rinishi xususiyatlari bilan belgilanib u 
mahsulotning o’zisiz mavjud bo’lmaydi. Bu degani mahsulotning iste`mol qiymati 
tushunchasi tovarning foydaliligi bilan cheklanmaydi
34
. Shu bilan birga ma’lumki 
mahsulot bir vaqtning o’zida ham inson ehtiyojlarini qondiruvchi ashyo hamda 
boshqa mahsulotga almashtirilishi mumkin bo’lgan tovar, u iste`mol qiymatiga 
hamda narxga (qiymatga) ega.
33
И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г 
34
F.E.Xo’jaev, D.M.Po’latxo’jaeva «Bojxona logistikasi» o’quv qo’llanma TDIU 2016


35 
Iqtisodiy nazariydan ma’lumki, bir tovarning boshqasiga almashinuvi 
xo’jalik aloqalarining boshlang’ich shaklini yaratadi. “A” mahsulotning “B” 
mahsulotga almashtirilishida belgilanuvchi qiymatning oddiy shakli xaligacha o’z 
nazariy hamda amaliy muhimligini yo’qotganicha yo’q. Respublikamiz 
iqtisodiyotida iqtisodiy islohotlar boshida (20 asr 1990 yillar) mahsulot 
almashinuvining bunday turi (barter almashinuvlar) keng tarqalgan. Barter 
almashinuvlar hozirgi kunda ham xo’jalik amaliyotlarida uchraydi: ularga har safar 
mahsulot almashinuvlari qaysidir sabablarga ko’ra mablag’ bilan ta’minlanmagan 
hollarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari ba`zi iqtisodchilarning fikriga ko’ra 
2008 yilda yuz bergan jaxon moliyaviy inqirozi jarayonida barterning kengroq 
foydalanilishi ahamiyatliroq.
Xo’jalik aloqalarini saqlashni ko’rib chiqishda biz ularning obyektiv 
boshlanishi sifatida tovar mablag’ muomalasi iqtisodiy qonunlari shakillanish 
davridan kelib chiqamiz: talab va taklif qonuni, chegaraviy foydalilik qonuni, 
muvozanat qonuni, qiymat qonuni va boshqalar. Bu qonunlarning amalga oshishi 
xo’jalik aloqalarini aniq, yaqqol tarkib bilan to’ldiradi. Logistika nazariyasi haqida 
gapira turib biz tartibot shaklini oqimini nazorat qiluvchi qonunlar tizimini o’zida 
aks ettiruvchi bo’lishi kerakligini aniqladik, va bunda ular sifatida logistikada hali 
qayd etilmagan tanlov qonuni va meyor qonunini nomlab o’tdik. Endi qo’shimcha 
qilib o’tamiz: logistik sohasida kelishuvlar mahsulot ishlab chiqarilishi va 
muomalasi qonuniyligiga asoslanadi.
A. N Rodnikovning terminologik lug’atida logistik tizimda ko’rsatilgan 
xo’jalik aloqalar “mahsulotlarni chiqarish jarayonida yetkazib beruvchilar va 
iste`molchilar o’rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy munosabatlar sifatida 
ta’riflanadi”. Logistik xo’jalik aloqalarning bunday talqini xozirgi iqtisodiy 
sharoitda yetarli bo’lmay qoldi. Unda aloqalarning tabiati haqida hech narsa 
aytilmagan. Logistik tizimlardagi aloqalarni biz ushbu elementlarni yagona 
birlikga aylantiruvchi turli elementlar orasidagi umumiylik va o’zaro bog’liqlik 
o’rtasidagi munosabat sifatida belgilaymiz. Shunday qilib ashyoviy texnik 
ta’minlashda ishtirokchilar va sheriklar o’rtasida yuzaga keluvchi xo’jalik aloqalari 


36 
sig’imliroq tarkibga ega bo’ladi; ularga tektologik tizimlarning umumiy 
xususiyatlari qo’llanadi, ular korxonalar orasidagi mahsulot aloqalarining maxsus 
shaklini belgilaydi, ularning saqlanishi faqatgina ishlab chiqarish vositalarining 
almashinuvi emas balki taqsimlanish munosabatlarini belgilaydi. Bunday logistik 
xo’jalik aloqalarning ma’nosi har ikkala subyekt tomonlar o’rtasidagi ular uchun 
foydalilik jihatidan turli xil qiymatlar bilan almashinuvi bilan belgilanadi, buning 
natijasida tomonlarning har biri o’zi uchun kerakli bo’lgan manfaatdorlikka ega 
bo’ladi. 
V.I Dalning lug’atida bu atamaning quyidagicha ta’rifi berilgan: 
“ayriboshlash kelishuvi – oxirgi kelishuv, shart, kelishuv; rozilikli o’zaro 
majburiyatlar”. Rus zodagoni uchun “qilmoq” so’zi ayriboshlashni tugatish sotish 
degan ma’noni anglatgan. Ayriboshlash kelishuvi Tijorat va logistik amaliyotning 
asosiy boshlanishi. Savdo sotiq nazariyasida ayriboshlash kelishuviga alohida 
e`tibor qaratilgan. Bu masalani batafsil ravishda faqatgina ta’limiy ahamiyatga ega 
bo’lmagan tarixiy tajribani inobatga olgan holda ko’rib chiqamiz. Ayriboshlash 
kelishuvining maqsadi bu ikki tomon o’rtasidagi qiymatlar almashinuvi. 
Ayriboshlash kelishuvini amalga oshirish uchun quyidagilar kerak:
1) ikkitadan kam bo’lmagan qiymatli ashyolar;
2) ayriboshlashning amalga oshirilishi bo’yicha shartlarning kelishib 
olinishi;
3) ayriboshlash vaqtining kelishilishi;
4)ayriboshlash joyining kelishib olinishi;
Ayriboshlash kelishuvi mulkdorning almashinuvini (mahsulotning sotib 
olinishida) taxmin qiladi, lekin narsaning vaqtincha to’lovli foydalanishga 
topshirilishini ham mulkdor o’zgarmagan holatda bildirishi mumkin (kreditga, 
ijaraga, mehnatga olish). Ayriboshlash kelishuvi bozorga oid va bozorga oid 
bo’lmagan bo’lishi mumkin.
Qonun Tijorat deb “tirikchilik sifatida sotib olish”, “savdo aylanmalar”, 
“tijoratga oid bo’lgan majburiyatlar” haqida aytib o’tgan. Ko’rib turganimizdek biz 
kirishda oldinroq gapirib o’tgan savdo ishi rossiya tajribasida qonuniy ko’rinishga 


37 
ega bo’lib; uni tirikchilik yo’lida savdo qilish bilan bog’lashgan, ya’ni 
tadbirkorlikni ko'zda tutishgan.
35
Tijorat ayribohlashlarning umumjamoaviylardan 
farqi ularning yuridik tabiatiga emas balki ular xizmat qiluvchi maqsadlarga 
asoslangan. Savdo sotiq, qarz , yollash, yuk o’z yuridik tuzilishiga ko’ra bir xil bu 
ularning Tijorat muomilada yoki yo’qligidan qat’iy nazar amalga oshadi. Savdo 
huquqiga bo’ysinuvchi ayriboshlashlar doirasi sudlarga bo’ysinuvchi ishlar 
doirasidan farqlangan. Shunday qilib biri savdo sotiq bilan tijorat yo’lida 
shug’ullanuvchi (savdogar) hamda tijoratga bog’liq bo’lmagan (masalan ishchi) 
faqatgina bir tomon sotuvchi uchun ayriboshlash Tijorat hisoblangan. Boshqa 
tomon uchun u fuqarolik amaliyoti hisoblangan. Bunday ayriboshlashning qaysi 
sudga bo’ysinishi jihatidan aniq javob yo’q edi. Ba`zi yuristlarning fikriga ko’ra 
ishchining murojatnomasi fuqarolik huquqi bo’yicha hamda savdogarniki esa 
Tijorat huquq tomonidan ko’rib chiqilishi kerak.
Boshqalar esa “ayriboshlashni kamida bir tomon uchun Tijorat xususiyatga 
ega bo’lganda ham ayriboshlashni Tijorat deb topish mumkin deb hisoblashgan” 
va bu ishni “sud hukmiga bo’ysinishiga” yetarli deb hisoblagan. Savdo 
ayriboshlashlarining tuzilmasi o’z ichiga vositachilik va vositachilikga yordamni 
o’z ichiga olgan. O’z o’rnida qo’llash yo’nalishidan kelib chiqib, vositachilikda 
uch tur farqlangan:
1) mahsulotlar muomalasida; 
2) moliyalar muomalasida;
3) mehnat muomalasida.
Sotish u Tijorat amaliyotni yakunlaydi, u Tijorat muomiladagi yakuniy 
xalqa hisoblanadi.
36
Yetkazib berish. Tijotriy logistika yetkazib berish, sotib olish jarayonidan 
oldin begonalashtirish bo’yicha ayriboshlash amalga oshirilishi bilan farqlanadi. 
Mahsulot sotib olish ko’zda tutilgani uchun ta’minlanadi; ta’minlashni amalga 
35
Ш.А.Бутаев, Қ.М.Сидиқназаров, А.С.Мурадов, А.Ў.Қўзиев. «Логистика” (Етказиб бериш занжирида оқимларини бошқариш). 
“EXTREMUM-PRESS” нашриёти. Тошкент 2012 
36
И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г 


38 
oshirish kerak bo’lganligi uchun mahsulot sotib olinadi. Birja amaliyotlaridan 
Tijoratlarga faqatgina qayta sotish maqsadi yoki kursning foydali o’zgarshiga 
ishonib qimmatbaho qog’ozlarning sotib olinishi bilan bog’liq moliyaviy 
birjalardagi ayriboshlashlarni belgilashgan. “Banklar kredit berishda vositachi 
bo’lib: moliyaviy mablag’larni qarzga oladi va ularni kredit sifatida beradi. Shu 
bilan birga u qimmatli qog’ozlarni sotib oladi va sotadi hamda mablag’ muomalasi 
bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni bajaradi. Ko’rsatilgan barcha amaliyotlarda 
vositachilik holatining yo’qligi ularning Tijorat xususiyatini yo’q qiladi: shuning 
uchun o’zaro yordamga asoslangan kredit muassasalari tijorat hisoblanmaydi”. 
Mehnat muomilasidagi vositachilikga asoslanib, tijorat ayriboshlashga quyidagilar 
ham kiritilgan:
1) 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin