Nazorat uchun savollar:
1.Tеzkor va muvofiqlashtiruvchi logistika vazifalari o’rtasidagi farq nimada?
2.Qaysi tizimli logistika kontsеptsiyalarini bilasiz?
3.Logistikaning missiyasi, maqsadlari va asosiy vazifalarini aytib bеring.
4.Turli ishlab chiqarish birlashmalari doirasida logistika tizimlarining qanday
tasnifiy gradatsiyasini bilasiz?
32
F.E.Xo’jaev, D.M.Po’latxo’jaeva «Bojxona logistikasi» o’quv qo’llanma TDIU 2016
33
5.Sizga qaysi logistika paradigmalari ma’lum?
6. Tijorat logistika funktsional xususiyatlariga tushuncha bering?
7. Mikro darajada logistika tizim qanday va uning asosiy vazifalarini aytib bеring.
8. Logistika operatsiyalari iqtisodiy oqimlarning sabablariga tushuncha bering?
34
2– BOB. Tijorat logistikasi tizimlari: maqsadi va tashkil etish tamoyillari
2.1.Yetkazib berish tizimidagi logistik xo’jalik aloqalari
Ommaviy qayta ishlab chiqarish jarayoni ma’lumki to’rt bosqichdan iborat:
ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va iste`mol qilish.
Ishlab chiqarish jarayonida jamiyat a’zolari tabiyat mahsulotlarini inson
ehtiyojlariga (yaratib qayta ishlab) moslashtirishadi; taqsimlash har bir individ
ishlab chiqarilishida ishtirok etuvchi qismlarni belgilaydi; almashtirish unga
taqsimlash orqali berilgan qismni almashtirishni xoxlovchi aniq mahsulotlarni
yetkazadi;
va
nihoyat
iste`mol
qilishda
mahsulotlar
individual
shaxsiylashtirishning ashyosiga aylanadi»
33
.
Qayta ishlab chiqarishni real amalga oshiriluvchi jarayon sifatida o’zaro
aloqalar tizimi hisobga olinadi. Biz aloqa tushunchasini turli elementlarning sababi
birdamligi sifatida belgilaymiz. Bu holda gap xo’jalik aloqalari haqida ketadi.
Ularning sababi ommaviy qayta ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Aytib o’tish
joizki qayta ishlab chiqarish jarayonida, qayta ishlab chiqarish va iste`mol qilish
o’rtasidagi bog’lovchi aloqa o’rni mahsulot muomalasi tomonidan bajariladi.
Almashtirish esa bir tomondan ishlab chiqarish va u bilan shartlanuvchi
taqsimlanish orasida hamda iste`mol qilish orasida ikkinchi tomondan vositalovchi
holat sifatida xizmat qiladi. Bog’lovchi halqaning ishlab chiqarishning rivojlanishiga,
o’lchamiga va tuzilmasiga ta’siri (mahsulot muomalasi) o’ta muhim.
Tovarning umumiy foydaliligi uni iste`mol qiymatiga aylantiradi. Lekin bu
foydalilik havoda turmaydi. “Mahsulot ko’rinishi xususiyatlari bilan belgilanib u
mahsulotning o’zisiz mavjud bo’lmaydi. Bu degani mahsulotning iste`mol qiymati
tushunchasi tovarning foydaliligi bilan cheklanmaydi
34
. Shu bilan birga ma’lumki
mahsulot bir vaqtning o’zida ham inson ehtiyojlarini qondiruvchi ashyo hamda
boshqa mahsulotga almashtirilishi mumkin bo’lgan tovar, u iste`mol qiymatiga
hamda narxga (qiymatga) ega.
33
И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г
34
F.E.Xo’jaev, D.M.Po’latxo’jaeva «Bojxona logistikasi» o’quv qo’llanma TDIU 2016
35
Iqtisodiy nazariydan ma’lumki, bir tovarning boshqasiga almashinuvi
xo’jalik aloqalarining boshlang’ich shaklini yaratadi. “A” mahsulotning “B”
mahsulotga almashtirilishida belgilanuvchi qiymatning oddiy shakli xaligacha o’z
nazariy hamda amaliy muhimligini yo’qotganicha yo’q. Respublikamiz
iqtisodiyotida iqtisodiy islohotlar boshida (20 asr 1990 yillar) mahsulot
almashinuvining bunday turi (barter almashinuvlar) keng tarqalgan. Barter
almashinuvlar hozirgi kunda ham xo’jalik amaliyotlarida uchraydi: ularga har safar
mahsulot almashinuvlari qaysidir sabablarga ko’ra mablag’ bilan ta’minlanmagan
hollarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari ba`zi iqtisodchilarning fikriga ko’ra
2008 yilda yuz bergan jaxon moliyaviy inqirozi jarayonida barterning kengroq
foydalanilishi ahamiyatliroq.
Xo’jalik aloqalarini saqlashni ko’rib chiqishda biz ularning obyektiv
boshlanishi sifatida tovar mablag’ muomalasi iqtisodiy qonunlari shakillanish
davridan kelib chiqamiz: talab va taklif qonuni, chegaraviy foydalilik qonuni,
muvozanat qonuni, qiymat qonuni va boshqalar. Bu qonunlarning amalga oshishi
xo’jalik aloqalarini aniq, yaqqol tarkib bilan to’ldiradi. Logistika nazariyasi haqida
gapira turib biz tartibot shaklini oqimini nazorat qiluvchi qonunlar tizimini o’zida
aks ettiruvchi bo’lishi kerakligini aniqladik, va bunda ular sifatida logistikada hali
qayd etilmagan tanlov qonuni va meyor qonunini nomlab o’tdik. Endi qo’shimcha
qilib o’tamiz: logistik sohasida kelishuvlar mahsulot ishlab chiqarilishi va
muomalasi qonuniyligiga asoslanadi.
A. N Rodnikovning terminologik lug’atida logistik tizimda ko’rsatilgan
xo’jalik aloqalar “mahsulotlarni chiqarish jarayonida yetkazib beruvchilar va
iste`molchilar o’rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy munosabatlar sifatida
ta’riflanadi”. Logistik xo’jalik aloqalarning bunday talqini xozirgi iqtisodiy
sharoitda yetarli bo’lmay qoldi. Unda aloqalarning tabiati haqida hech narsa
aytilmagan. Logistik tizimlardagi aloqalarni biz ushbu elementlarni yagona
birlikga aylantiruvchi turli elementlar orasidagi umumiylik va o’zaro bog’liqlik
o’rtasidagi munosabat sifatida belgilaymiz. Shunday qilib ashyoviy texnik
ta’minlashda ishtirokchilar va sheriklar o’rtasida yuzaga keluvchi xo’jalik aloqalari
36
sig’imliroq tarkibga ega bo’ladi; ularga tektologik tizimlarning umumiy
xususiyatlari qo’llanadi, ular korxonalar orasidagi mahsulot aloqalarining maxsus
shaklini belgilaydi, ularning saqlanishi faqatgina ishlab chiqarish vositalarining
almashinuvi emas balki taqsimlanish munosabatlarini belgilaydi. Bunday logistik
xo’jalik aloqalarning ma’nosi har ikkala subyekt tomonlar o’rtasidagi ular uchun
foydalilik jihatidan turli xil qiymatlar bilan almashinuvi bilan belgilanadi, buning
natijasida tomonlarning har biri o’zi uchun kerakli bo’lgan manfaatdorlikka ega
bo’ladi.
V.I Dalning lug’atida bu atamaning quyidagicha ta’rifi berilgan:
“ayriboshlash kelishuvi – oxirgi kelishuv, shart, kelishuv; rozilikli o’zaro
majburiyatlar”. Rus zodagoni uchun “qilmoq” so’zi ayriboshlashni tugatish sotish
degan ma’noni anglatgan. Ayriboshlash kelishuvi Tijorat va logistik amaliyotning
asosiy boshlanishi. Savdo sotiq nazariyasida ayriboshlash kelishuviga alohida
e`tibor qaratilgan. Bu masalani batafsil ravishda faqatgina ta’limiy ahamiyatga ega
bo’lmagan tarixiy tajribani inobatga olgan holda ko’rib chiqamiz. Ayriboshlash
kelishuvining maqsadi bu ikki tomon o’rtasidagi qiymatlar almashinuvi.
Ayriboshlash kelishuvini amalga oshirish uchun quyidagilar kerak:
1) ikkitadan kam bo’lmagan qiymatli ashyolar;
2) ayriboshlashning amalga oshirilishi bo’yicha shartlarning kelishib
olinishi;
3) ayriboshlash vaqtining kelishilishi;
4)ayriboshlash joyining kelishib olinishi;
Ayriboshlash kelishuvi mulkdorning almashinuvini (mahsulotning sotib
olinishida) taxmin qiladi, lekin narsaning vaqtincha to’lovli foydalanishga
topshirilishini ham mulkdor o’zgarmagan holatda bildirishi mumkin (kreditga,
ijaraga, mehnatga olish). Ayriboshlash kelishuvi bozorga oid va bozorga oid
bo’lmagan bo’lishi mumkin.
Qonun Tijorat deb “tirikchilik sifatida sotib olish”, “savdo aylanmalar”,
“tijoratga oid bo’lgan majburiyatlar” haqida aytib o’tgan. Ko’rib turganimizdek biz
kirishda oldinroq gapirib o’tgan savdo ishi rossiya tajribasida qonuniy ko’rinishga
37
ega bo’lib; uni tirikchilik yo’lida savdo qilish bilan bog’lashgan, ya’ni
tadbirkorlikni ko'zda tutishgan.
35
Tijorat ayribohlashlarning umumjamoaviylardan
farqi ularning yuridik tabiatiga emas balki ular xizmat qiluvchi maqsadlarga
asoslangan. Savdo sotiq, qarz , yollash, yuk o’z yuridik tuzilishiga ko’ra bir xil bu
ularning Tijorat muomilada yoki yo’qligidan qat’iy nazar amalga oshadi. Savdo
huquqiga bo’ysinuvchi ayriboshlashlar doirasi sudlarga bo’ysinuvchi ishlar
doirasidan farqlangan. Shunday qilib biri savdo sotiq bilan tijorat yo’lida
shug’ullanuvchi (savdogar) hamda tijoratga bog’liq bo’lmagan (masalan ishchi)
faqatgina bir tomon sotuvchi uchun ayriboshlash Tijorat hisoblangan. Boshqa
tomon uchun u fuqarolik amaliyoti hisoblangan. Bunday ayriboshlashning qaysi
sudga bo’ysinishi jihatidan aniq javob yo’q edi. Ba`zi yuristlarning fikriga ko’ra
ishchining murojatnomasi fuqarolik huquqi bo’yicha hamda savdogarniki esa
Tijorat huquq tomonidan ko’rib chiqilishi kerak.
Boshqalar esa “ayriboshlashni kamida bir tomon uchun Tijorat xususiyatga
ega bo’lganda ham ayriboshlashni Tijorat deb topish mumkin deb hisoblashgan”
va bu ishni “sud hukmiga bo’ysinishiga” yetarli deb hisoblagan. Savdo
ayriboshlashlarining tuzilmasi o’z ichiga vositachilik va vositachilikga yordamni
o’z ichiga olgan. O’z o’rnida qo’llash yo’nalishidan kelib chiqib, vositachilikda
uch tur farqlangan:
1) mahsulotlar muomalasida;
2) moliyalar muomalasida;
3) mehnat muomalasida.
Sotish u Tijorat amaliyotni yakunlaydi, u Tijorat muomiladagi yakuniy
xalqa hisoblanadi.
36
Yetkazib berish. Tijotriy logistika yetkazib berish, sotib olish jarayonidan
oldin begonalashtirish bo’yicha ayriboshlash amalga oshirilishi bilan farqlanadi.
Mahsulot sotib olish ko’zda tutilgani uchun ta’minlanadi; ta’minlashni amalga
35
Ш.А.Бутаев, Қ.М.Сидиқназаров, А.С.Мурадов, А.Ў.Қўзиев. «Логистика” (Етказиб бериш занжирида оқимларини бошқариш).
“EXTREMUM-PRESS” нашриёти. Тошкент 2012
36
И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г
38
oshirish kerak bo’lganligi uchun mahsulot sotib olinadi. Birja amaliyotlaridan
Tijoratlarga faqatgina qayta sotish maqsadi yoki kursning foydali o’zgarshiga
ishonib qimmatbaho qog’ozlarning sotib olinishi bilan bog’liq moliyaviy
birjalardagi ayriboshlashlarni belgilashgan. “Banklar kredit berishda vositachi
bo’lib: moliyaviy mablag’larni qarzga oladi va ularni kredit sifatida beradi. Shu
bilan birga u qimmatli qog’ozlarni sotib oladi va sotadi hamda mablag’ muomalasi
bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni bajaradi. Ko’rsatilgan barcha amaliyotlarda
vositachilik holatining yo’qligi ularning Tijorat xususiyatini yo’q qiladi: shuning
uchun o’zaro yordamga asoslangan kredit muassasalari tijorat hisoblanmaydi”.
Mehnat muomilasidagi vositachilikga asoslanib, tijorat ayriboshlashga quyidagilar
ham kiritilgan:
1)
Dostları ilə paylaş: |