2-sinf ona tili darslarida “Shaxs va narsa harakatini bildirgan so’zlar” mavzusini pedagogik texnalogiyalar asosida o’tish


I.2. Boshlang‘ich sinf ona tili va o`qish savodxonligi darslarida fe’l soz turkumini o`rganishning ahamiyati



Yüklə 206,5 Kb.
səhifə4/9
tarix18.05.2023
ölçüsü206,5 Kb.
#116376
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 sinf ona tili darslarida “Shaxs va narsa harakatini bildirgan

I.2. Boshlang‘ich sinf ona tili va o`qish savodxonligi darslarida fe’l soz turkumini o`rganishning ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab jamiyatni isloh qilish siyosatini kun tartibiga qo‘ydi. Barcha sohalardagi kabi ta’lim sohasini isloh qilish siyosatiham izchillik bilan amalga oshirila boshlandi.
Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha Yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti ham mustaqillik davridagi tajribalar sifatida maydonga keldi. U boshlang‘ich ta’lim darsliklari va metodik qo‘llanmalarining yangi avlodini yaratishda dasturamal vazifasini o‘tamoqda.
Boshlang‘ich ta’lim Davlat ta’lim standartining “Kirish” qismida “Boshlang‘ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi,dunyoqarashi,kommunikativ savodxonligi va o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishga, go‘zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf –odatlarni o‘zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o‘rgatadi”,- deb alohida ta’kidlangan.
Boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yilgan bu kabi talablarni namalga oshirish ta’lim mazmunini aniq belgilab olishnji, o‘qitishga yangicha yondashuvni taqozo etadi.
Davlat ta’lim standartida ta’kidlanganidek, “Boshlang‘ich ta’lim bosqichida davlat va jamiyat tamonidan qo‘yiladigan talab” da ta’lim sohalari bo‘yicha o‘zro muvofiqlik, mutanosiblik,uyg‘unlik to‘la ta’minlangan bo‘lmog‘i kerak. Shu jihatdan boshlang‘ich ta’lim standartini belgilah ta’lim jarayonining tarkibini va xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash,boshlang‘ich ta’lim jarayonida yangi,zamonaviy pedagogic texnologiyani qo‘llash imkonini beradi.
Boshlang‘ich sinflarda ta’limning ona tili ta’limi mazmuni ta’limning mazkur bosqichiga qo‘yilgan talablardan kelib chiqib belgilanadi.
“Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rata ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir”, deyiladi. Shunda kelib chiqqan holda “Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limining maqsadi, vazifalari sifatida Davlat ta’lim standartida quyidagilar belgilab berilgan:

  1. bolaning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglashi, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olishi, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;

  2. o‘z fikrini savodli mantiqiy izchillikda rioya qilgan holda bayon eta olishga o‘rgatish;

  3. yozma nutq belgilarini talaffuzda ifodalash, matnni ifodali o‘qiy olish ko‘nikmasini shakllantirish;

  4. o‘qish sur’atini oshirish,ta’limning shu bosqchi uchun xos bo‘lgan sidirg‘a o‘qishni egallashlariga erishish;

  5. fikrni yozma bayon etish bo‘yicha belgilangan quyidagi ko‘nikmalarni egallash:

    1. fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi;

    2. tavsifning mavzuga muvofiqligi va mukammalligi;

    3. tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalanish darajasi;

    4. imloviy savodxonlikni egallashlariga erishish.

Bularni amalga oshirish ona tili ta’limi siklidagi fanlarning, ya’ni savod o‘rgatish, o‘qish va ona tilining vazifasidir.
Bu vazifalarni ado etish ko‘p jihatdan ta’lim mazmuni aniq va ilmiy-nazriy jihatdan to‘g‘ri belgilansagina, oldinga qo‘yilgan talablar to‘liq bajariladi.
Dars turlari uning didaktik maqsadiga ko‘ra belgilanadi, chunonchi: yangi materialni o‘rganish darsi, bilimni mustahkamlash darsi, umumlashtiruvchi- takrorlash darsi, bilimlarning qanchalik o‘zlashtirilganini hisobga olish( tekshiruv) dar si va boshqalar. Har bir dars turi muayyan qurilishi o‘rtasida ma’lum bog‘lanish mavjud. Muayyan bir darsning didaktik maqsadi o‘rganiladigan mavzuga va bu darsning darslar tizimida tutgan o‘rniga qarab belgilanadi. O‘qituvchi darsda dasturda mavzuga ajralilgan soatlar sonini va o‘rganiladigan materialning xususiyatlarini hisobga olgan holda, dar turini tanlab,qurilishni belgilaydi.
Dars qurilishida qat’iy andaza bo‘lishi mumkin emas. Biroq darsda uy vazifasini tekshirish, takrorlash , yangi materialni tushuntirish,mustahkamlash, uyga vazifa berish bosqichlariga rioya qilish tajribada o‘zini oqlayabdi. Shunga qaramay, bularga ijodiy yondashish, darsning maqsadi va foydalaniladigan metodik usullariga asoslangan holda, darsni qaysi bosqich(yangi materialni tushuntirish, mustaqil ishni bajartirish yoki uy vazifasini tekshirish) dan boshlashni o‘qituvchining o‘zi hal qilib, bosqichlar orasidagi ichki bog‘lanish, har bir bosqichdagi ishlarning mazmunini aniq belgilab olish katta ahamiyatga ega ekanini unutmasligi kerak. Darsning barcha bosqichlarini bir jarayonga birlashtirish o‘qituvshidan yuksak mahorat talab etradi.
Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilar modul ustida mustaqil ishlashga o‘rgatib borilsa, keyingi sinflarda ham shu kabi darslarni tashkil etish osonlashadi, chunki o‘quvchilarda bu haqda ko‘nikmalar hosil bo‘la boradi. O‘qituvchi dars davomida dam olish daqiqalarini ham uyushtirishi kerak.
Ona tili darslarining foydali bo‘lishiga darsda og‘zaki va yozma ishlarni maqsadga muvofiq o‘tkazish, o‘quvchilarning o‘quv ishlarini tekshirish, nazorat qilib borish, o‘z vaqtida xatolarning oldini olish va to‘g‘irlash, texnika vositalaridan foydalaninsh kabi omillar katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ona tilini o‘qitishda o‘qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullario ta’lim tizimini takomillashuvi bilan bog‘liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.
XX asrning oxirgi yillariga qadar o‘qitish metodlari sifatida tushuntirish- bayon metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta’kimi darslarini tashkil etishda ko‘proq qo‘llanib kelinadi.
Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo‘llangan asosiy metodlardan biri bo‘lgan. Bunda o‘qituvchi bayon qilishdan oldin o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o‘quvchilarni o‘qituvchi bayonini kuzatib, tinglab borishga, faol bo‘lishga undagan. O‘qituvchining bayoni, ya’ni bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, m,a’lumotlari o‘z so‘zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o‘qituvchi zimmasiga o‘rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o‘rinlarini aniq, lo‘nda, misollar tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang‘ich sinflarda bayon qilish metodi o‘quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan holda 3-5 daqiqaga mo‘ljallangan. Bayon qilish metodini qo‘llash holatlari hozir ham uchraydi.
Suhbat metodi boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitishda keng qo‘llaniladigan va shu bosqich o‘quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savol-javob metodi deb ham yuritilgan. Suhbat metodi o‘qituvchidan mavzuning xususiyatini o‘zida aks ettirgan o‘quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini ajratish, o‘xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo‘naltirilgan savollar tuzishni, ularni o‘quvchilarga izchil berib borishni talab etadi.
Boshlang‘ich sinflarda suhbat metodining muammoli o‘qitish metodi sifatida qo‘llanilishi ta’limda o‘quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Muammoli o‘qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894-yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o‘quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish hamdiir. Bunda suhbat davomida o‘qituvchining topshirig‘i bilan o‘quvchining oldiga biror muammo qo‘yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi. Bu muammoni o‘quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o‘qituvchi muammoni hal qilishga yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o‘quvchi hal qila olmasa, uni o‘qituvchining hal qilishiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun boshlang‘ich sinfda muammoli o‘qitish metodi yarim izlanishli muammoli metod deb ham yuritiladi. Masalan, muammoli o‘qitish metodini leksik-semantik va grammatik mashqlarni tashkil etishda ham qo‘llash mumkin. Bu metoddan 1-sinfdan foydalanish mumkin. Bu metod ” Tovush va harf” mavzusini o‘rganayotganda tovushning so‘z ma’nosini farqlashdagi vazifasini tushuntirishda, ”So‘z ma’nosi”, ”Nutq va gap” mavzularini o‘rganishda ham qo‘llaniladi. Masalan, ”So‘z ma’nosi” mavzusini o‘rganish uchun xattaxtaga turli ma’nodagi,ya,ni turli so‘z turkumiga kiradigan so‘zlar aralash holda yozib qo‘yiladi.
So‘zlar: kitob,qurdi, shifokor, sakkiz,qizil,qalam,o‘qidi,yashil,binokor, o‘nta, o‘qituvchi,sakkiz .
O‘quvchilar bilan quyidagicha savol-javob tashkil qilinadi.
So‘zlarni o‘qing.

  • Birinchi so‘z nimani bildiryabti? Narsanimi? Shaxsnimi?

  • Bu so‘zga qanday so‘roq beramiz?

  • Ikkinchi so‘z harakatini bildiryaptimi yoki narsanimi?

  • Bu so‘zga qaysi so‘roqni beramiz?

  • Qaysi so‘zlar so‘roqni bildiryapti?

  • Bu so‘zlarga qaysi so‘roqni beramiz?

O‘quvchilar topshiriqni o‘qituvchi yordamida bajarib bo‘lgach, muammoli savol o‘rtaga tashlanadi:

  • Yuqoridagi so‘zlar nimasiga ko‘ra farqlanyapti?

O‘quvchilar ”ma’nosiga ko‘ra” degan fikrni ayta olmasalar, o‘qituvchi bu muammoni hal qiladi:

  • Bu so‘zlar ma’nosiga ko‘ra va so‘roqlariga ko‘ra farq qiladi.

Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o‘rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo‘llaniladi. O‘quvchilar o‘qituvchining topshirig‘i bilan mustaqil ishlarni og‘zaki va yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko‘p vaqtni olmasligi, o‘quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1-sinfdan boshlab beriladi va u asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Analiz-sintez metodi savod o‘rgatish darslariga rus-tuzem maktablari va tatar o‘qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona ti;li ta’limi jarayonida analiz- tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o‘rganilgan grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida tatbiq etiladi. Fonetik,leksik,morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda namoyon bo‘lishidir. Sintez qismlariga bo‘lib o‘rganilgan grammatik materialni yaxlitlashdir. Masalan, ot,sifat,son, fe’l kabi so‘z turkumlari o‘rganilayotganda ularga oid so‘zlar berilib,ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish,aralash berilgan gaplarni voqealar rivojki asosida tartiblashtirib matn tuzish,mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon bo‘ladi. Analiz-sintez metodida ham o‘quvchilarni faollashtirish o‘qituvchining o‘quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish shakllariga bog‘liq bo‘ladi.
Induksiya metodida o‘quvchilar o‘qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi,tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi.
Deduksiya metodida o‘quvchi tayyor qoida-ta’rif bilan tanishadi va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi.
Bu metodlarning samarasi o‘qituvchining savol- topshiriqlari mazmuni grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo‘naltirilganligiga, izchilligiga,faoliyatni tashkil etish shakllariga, o‘quv vositalari (darslik,turli xarakterdagi lug‘atlar, rasm,jadvallar,texnik vositalar)ga bog‘liq.
So‘ngi yillar davomida ta’lim tizimiga an’anaviy metodlar bilan birga zamonaviy pedagogik texnologiya usullari kirib keldi.



Yüklə 206,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin