2 sinf ona tili darslarida “Shaxs va narsa harakatini bildirgan
Mavzu: Shaxs ( kishi)lar va narsalarning harakatini bildirgan so‘zlar haqida tushuncha. Maqsad: Shaxs va narsaning harakatini bildirib, nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar bilan tanishtirish; shaxs va narsalar harakatini bildirgan so‘roqlarga beriladigan so‘roq bilan shu so‘zning ma’nosini taqqoslash ko‘nikmasini o‘stirish.
Darsning borishi.
Kim?, nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni chap tomonga, nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni o‘ng tomonga ustun shaklida yozing.
Bolalar ta’lim-tarbiya oladigan o‘quv yurti. (Maktab)
Maktabda o‘qiydigan bola. ( O‘quvchi)
G‘o‘za ekilgan dala. ( Paxtazor)
Paxta yetishtiruvchi dehqon. ( Paxtakor)
Mevali daraxtlar ekilgan joy. ( Bog‘)
Bog‘ni parvarish qiladigan odam. ( Bog‘bon)
Namuna : kim? O‘quvchi. Nima? Maktab.
O‘quvchilar bajargan ish tekshiriladi.
kim?, nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar nimalarni bildiradi? O‘qituvchi xulosalaydi. Kim? so‘rog‘iga javib bo‘lgan so‘zlar kishilarning, nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar narsalarning nomini bildiradi.
Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar nimani bildirishi yuzasidan kuzatish.
Birinchi usul. O‘quvchilar 211-mashqlarni topshiriqlarni tartibida bajaradilar; nima qildi?, nima qilyapti? nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar kishilar va narsalarning harakatini bildiradi, degan xulosaga keladilar.
Ikkinchi usul. O‘qituvchi bolalarga nima qilish kerakligi yozilgan topshiriqli (masalan, xattaxtaga yozish, berilgan kitobni o‘qish, rasmga qarab kishi va narsalar qanday ishni- harakatni bajarayotgani haqida gap tuzish kabi) kabi kartochkalarni tarqatadi. o‘quvchilar topshiriqni bajarishga tayyorlanadilar. Ikki o‘quvchi chaqiriladi, ulardan biri o‘qituvchi aytgan so‘zni doskaga yozadi; ikkinchisi berilgan kitobni o‘qiydi; boshqa o‘quvchilar ular bajargan ish- harakatni kuzatadilar; keyin bir necha o‘quvchi berilgan rasmga qarab, gap tuzib aytadilar.
Kuzatish natijalari shakllantiriladi; o‘qituvchi xattaxtaga, o‘quvchilar daftarlariga quyidagi tartibda yozadilar:
Kim? Nima qildi?
qizcha yozdi
bola o‘qidi
Nima? Nima qiladi?
qush uchadi
bulbul sayraydi
daryo oqadi
Chap ustundagi so‘zlar qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? ( Kim? yoki nima?) ular nimani bildiryapti? ( Kishi – shaxs va narsalarning nomini bildiradi.)
O‘ng ustundagi so‘zlar qanday so‘roqlarga javib bo‘lyapti? Ular nimani bildiryapti?
O‘quvchilar nima qilyapti?, nima qiladi? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan so‘zlar aytadilar.
Umumlashtirish. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar kishilarning va narsalarning harakatini bildiradi.
Kishilarning va har xil narsalarning harakatini, ishini bildirgan so‘zlarni aniqlab bilib olish.
212-213- mashqlarni bajarish.
Darslikdan qoidani o‘qish, miollar aytish.
Hayvonlar qanday ovoz chiqarishini o‘ylab toping va gap tuzing. o‘qituvchi hayvon nomini aytadi, o‘quvchilar gap tuzadilar. Ot kishnaydi, it vovullaydi. Mushuk miyovlaydi. Harakat bildirgan so‘zlarga nim qiladi? so‘rog‘ini beradilar.
Og‘zaki mashq. Topishmoqni o‘qing.
Oyog‘i yo‘q, qochadi.
Qanoti yo‘q, uchadi.
Tophmoqning javobi – tutunning harkatini bildirgan so‘zlarni aniqlang, ularga so‘roq bering. ( Nima qiladi? uchadi, qochadi.)
Darsni yakunlash.
Darsda nimalar haqida bilib oldingiz? Nimalar o‘rgandingiz?
Uyga vazifa. 214 – mashq.
Mavzu. So‘z – narsa, belgi, sanoq yoki harakatning nomi.
Maqsad. Nutq birligi bo‘lgan so‘z haqidagi tasavvurni shakllantirish: odamlar bilan aloqa,munosabat jarayonida gap va so‘zning xususiyatlari haqidagi tasavvurni aniqlash.
Darsning borishi.
uy vazifasini tekshirish.
darsning maqsadini tushuntirish.
Gap nima? Bu haqda darlikdan o‘qing. Qaysi mavzudan qidirasiz? ( Nutq. Matn. Gap.) o‘quvchilar mundarijadan mavzu nomini o‘qiydilar va drslikdan shu betini topadilar, gap haqidagi ma’lumotlarni o‘qiydilar. O‘zingiz qish fasli haqida gaplar tuzing. ( ular tuzga gaplardan biri izihalb yozdiriladi)
Gap nimalardan tuziladi? ( so‘zlardan)
Drslikda berilgan so‘roqni o‘qing .( so‘z nimalarni bildiradi?) Bu savolga qanday javob berasiz? ( o‘quvchilar o‘ylaydilar). Darsning maqsadi aytiladi:
So‘z nima? So‘z nimalrni bildiradi? so‘rog‘iga birgalikda javob beramiz.
So‘z yuzasidan kuzatish.
Birinchi usul. Suhbat.
sinfdagi narsa buymlarning nomini ayting. ( Parta, xattaxta, stol, stul, javon, daftar,...)
Derazadan maktab hovlisiga ( ko‘chaga) qarang. U yerda ko‘ringan narsalarning nomini ayting. ( O‘quvchilar ko‘rgan narsalarini aytadilar, lekin kishilarni aytmasliklari mumkin) Hovlida kimlarni ko‘ryapsiz? ( O‘quvchi, o‘qituvchi, bola, ...)
Siz narsa va shaxslarning nomini aytish uchun nimadan foydalandingiz? (so‘zlardan) Narsalarni bildirgan so‘zlardan beshtasini yozing. ( So‘z aytib turish bilan yozdiriladi)
Har bir narsaning o‘z belgisi bor. ( Oqituvchi biror narsani, masalan, qandni,olmani ko‘rsatadi.)
Bu nima? ( Qand) Qandning rangi qanaqa? (Oq) Mazasi qanday? ( Shirin) Shakli qanaqa? ( Dumaloq) Olma nechta?
Siz narsa buyumning ( qand, olmaning) belgisini ( rangini, mazasini, shaklini) va sonini aytish uchun nimadan foydalandingiz? ( so‘zdan) Demak, so‘z narsa –shaxslarning belgisini va sonini bildiradi.
Narsalar ( hayvonlar, jonivorlar,qushlar, …) va kishilar ( shaxslar) biror ishni yoki harakatni bajaradilar.
( Masalan, ot, o‘quvchi rasmi ko‘rsatiladi.) Ot nima qiladi? ( Yuradi, tashiydi, chopadi.) O‘quvchi nima qiladi? ( O‘qiydi,yozadi,so‘zlaydi, …) Narsa va kishilar bajargan ish harakatni aytishda nimadan foydalandingiz? ( so‘zdan) Demak, so‘z narsa va kishilarning harakatini bildiradi.
Odamlar atrof – muhitda mavjud bo‘lgan hamma narsa – shaxslarni, ularning belgilarini va harakatlarini juda e’tibor bilan kuzatadilar hamda ularning barchasiga nom qo‘yadilar. Agar narsa va shaxslar so‘z bilan atalmasa,biz bir – birimizni hech tushuna olmaymiz va har vaqt bir – birimizni hech tushuna olmaymiz va har vaqt bir –birimizga fikrimizni tushunishni juda qiyinlashtiradi. So‘z nima? So‘z nima uchun kerak?
O‘quvchilar xulosani darslikdan o‘qiydilar.
Ikkinchi usul. O‘quvchilar sarlavha tagida berilgan savolga javob berish uchun shu betda berilgan topshiriqlarni bajaradilar, bir necha so‘zni yozadilar, o‘qituvchi yordamida xulosa chiqaradilar va darslikdagi xulosani o‘qiydilar.
155-mashq.
IV. So‘z va gapning nutqimizdagi ahamiyatini taqqoslash.
O‘quvchilar 156-157- mashqlarni bajaradilar, darslikdagi xulosa ustida ishlaydilar.
V.” Tilimizda so‘zlar n nima uchun juda ko‘p?” savoliga birgalikda javob topish. ( Atrofimizda har xil narsalar, o‘simliklar ko‘p, o‘rmonlarda turli xil daraxt va hayvonlar, daryo va ko‘llarda har xil baliqlar ko‘p. ... Ularning hammasining nomi bor. Kishilar xilma-xil ish harakatni bajaradilar. Bularning ham nomi bor. Har bir narsaning bir necha xil belgisi va soni, sanog‘i mavjud, ularning ham nomi bor va boshqalar. Ana shular uchun ham tilimizda so‘zlar juda ko‘p.)
Darsni yakunlash.
Darsda nimalarni bilib oldingiz?
Uyga vazifa. 158- mashq.
So‘z va gap haqida darslikdan o‘qish bilish. Tilimizda yangi so‘zlar yaratiladimi? savoliga javob berishga tayyorlanish.