-O’qituvchi: Ha
-O’qituvchi: Albatta, a’lo bo’ladida, chunki kayfiyatimizni ko’taruvchi bahor faslining issiq nafasi, qiru adirlarimizda ochilgan turli tuman gullarning hushbo’y xidlari, qushlarning yoqimli sayrashlarini eshitib dilubaxrimiz ochiladi,to’g’rimi bolajonlar…?!
-O’quvchilar: Ha
-O’qituvchi: Keling, agar qarshi bo’lmasangizlar bugungi musiqa darsimizning turli jarayonlarini sayohat tarzida o’tkazsak.Umid qilamanki, sayohatimiz sizlarga yanada yaxshi kayfiyat ulashadi.
2.O’tgan mavzuni takrorlash. -O’qituvchi: Aziz o’quvchilar sizlar nafaqat musiqa madaniyati fani balki, turli fanlardan ham saboq olyapsizlar. Ayniqsa, odobnoma darsida siyosiy bilimlarni egallayapsizlar, keling, hozir sizlarni siyosiy bilimlaringizni bir oz sinab ko’rsak. “Vatan” haqidagi ichingizdagi bor gaplaringizni bayon etsangiz.
-O’quvchi: “Vatan” bu tug’ulib o’sgan joy.
-O’quvchi: “Vatan” bu mening oilam, dadam, onam, bobom, buvim, opa-singlim va aka-ukalarimdan iborat.
(Ekranda slaydda mustaqillim yillarida barpo etilgan Toshkent shahri tasvirlangan rasmlar namoish etiladi)
-O’quvchi: Men O’zbekiston yurtida tug’ilganimdan va o’zbek farzandi bo’lganidan faxrlanaman.
-O’qituvchi: Juda ham to’g’ri, demak, vatan eng avvalo, uyimizdan ya’ni ostonadan boshlanadi.Mana shu vatanimizda qanday ramzlar bor?
-O’quvchi:Vatanimiz ramzlarida bayroq,gerb,madhiya va qomusimiz bor.
( Ekranda slaydda rasmlar namoish etiladi)
-O’qituvchi: O’zbekistonning birinchi Prezidenti kim bo’lgan?
-O’quvchi: O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov.
(Ekranda O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 25-yil davomida amalga oshirgan ishlaridan namoyish etiladi)