7-sinflar uchun “____”-“____”-20__ Darsning mavzusi:Kino san’atida va musiqaning uyg’unligi. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga kino san’ati va uning tarixi, kino filmlarni yaratish davomida ekran ortida faoliyat ko’rsatadigan ijodkorlar va ularning nomlari haqida tushuncha berish.O’zbek va jaxon kino san’tining turli janrlarida yaratilgan filmlar haqida tanishtirib, yangi atamalar haqida tanishtirish. O’quvchilarga musiqa madaniyatining turli qirralari bo’yicha bilim va malaka berish, zamonaviy va milliy cholg’u asboblarda kuy va qoshiqlarni tinglash va ularni to’g’ri ijro etish, bir-biridan farqlay olishga o’rgatish
Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarga zamonaviy va milliy ruhda musiqa san’ati bo’yicha ta’lim va tarbiya berish.O’quvcilarni siyosiy va ahloqiv bilim va malakalarini shakillantirish. Ona Vatanga, ona tabiatga, oilaga bo’lgan mehr va mauhabbatlarini uyg’otish va estetik madaniyatni va milliy urf odatlar va qadriyatlarni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarning xotirasini charxlash, nutq aparatlarini rivojlantirish, idrok etish hususiyatlarini takomillashtirish, yangi mavzuni bilishga bo’lgan ishtiyoqlarini uyg’otish va qobilyatlarini rivojlantirish.
Dars turi: aralsh
Darsda foydalanadigan metodlar: “Aqliy xujum” Darsda foydalanadigan jihozlar: texnika vositalari, musiq asboblar, slaydlar, ko’rgazmali va tezkor test tarqatma materyallar
1.Tashkiliy qism: Musiqa xonasida jaxon kino filmlardan biri bo’lganva komediya janrda yaratilgan “Kavkas asiri” filmi uchun bastalangan kuy ohangida o’quvchilar musiqa xonasiga kirib keladilar va o’rindiqlariga joylashishadi.O’quvchilar bilan salomlashilgach ularni davomatini jurnalga qayd etiladi. 2.O’tilgan mavzuni takrorlash. O’quvchilarni bugungi kunda dunyoda sodir bo’layotgan voqe-xodisalarga, yurtimizda olib borilyotgan islohatlar va o’zgarishlarga, yoshlarni erishgan yutuqlari, tabiat haqida va hokozolar haqidagi o’z qiziqishlari, fikr va mulohazalari bo’yicha qisqacha savol-javob o’tkaziladi.