2 Zoogeografiya fanidan ma’ruza mavzulari va mazmuni


Hayvonlarning dengizda yashash sharoiti va ularning tarqalishi



Yüklə 256,18 Kb.
səhifə5/36
tarix21.10.2023
ölçüsü256,18 Kb.
#158971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
2 Zoogeografiya fanidan ma’ruza mavzulari va mazmuni-fayllar.org

Hayvonlarning dengizda yashash sharoiti va ularning tarqalishi.
Gidrosfera Yer yuzining 71% ga yaqin maydonini tashkil qiladi. gidrosferaning umumiy miqdori 1370 mln km3 bo’lib, Yer sharining 1/800 hajmini tashkil qiladi. Gidrosfera umumiy hajmining 98% dengiz va okeanlar; 1,24% qutblardagi muzliklar, daryolar va ko’llar suvlari tashkil qilsa, 0,45% ni boshqa suм xavzalarida to’planadi.
Gidrosferaning faunasi juda ko’p turlarga ega bo’liи, hayvon turlarining 64% hayot kechiradi, vaholanki quruqlikda bu ko’rsatkich 36%ni tashkil qiladi.
Hayot dastlab dunyo okeanida paydo bo’lganligi sababli hayvonlarning ko’pgina sinflarga mansub vakillari bu yerda yashashga moslashganlar. Masalan: korall poliplar, yelkaoyoqlilar, yonboshnervlilar va boshoyoqli mollyuskalar, bosh suyaksizlar, qobiqlilar, bulutlar, ko’p halqali chuvalchanglar. Shuningdek, okeanda hayvonlarning million yillar davomida ozgina o’zgargan eng qadimgi vakillari ham hayot kechiradi. Bu dengiz hayvonlarining evolyutsiyasi quruqlikdagi hayvonlarga nisbatan asta – sekinlik bilan borganligidan dalolat beradi.
Okean va dengiz hayvonlari uchun suvning zichligi, bosimi, quyosh radiatsiyasining yetib borish chuqurligi, harorat, issiqlikni taqsimlanishi, gaz tarkibi va erigan tuzlar miqdori, oqim muhim ekologik ahamiyat kasb etadi.
Suvning zichligi harorat O0C va bosim 101,325 kpa bo’lganda, huddi shu sharoitdagi havodan 775 marta katta bo’ladi. Bu holat dengiz hayvonlariga o’z tanasini suvda tutib turish va tayanch to’qima hosil qilish uchun zarur energiya sarfini kamaytirishga imkon beradi. Dengiz hayvonlarini to’qimalrining zichligi dengizning yuqori qatlamlaridagi suvning zichligi bilan deyarli bir xil bo’ladi.
Dengiz hayvonlari bosimga bo’lgan munosabatiga ko’ra evribat va stenobat turlarga bo’linadi. Evribatlarga goloturiyalar (Elipodia, Myroctrochis) priapulid chuvalchanglari misol bo’ladi. Stenobatlar guruhiga arenikola chuvalchangi, patella molyuskasi, dengiz yulduzlari, latimeriya kiradi. Hayvonlarning dengizda tarqalishiga yorug’lik kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Suvning 200 – 400 metr chuqurligida o’simliklar o’sishi uchun yorug’lik yetishmaydi. Yorug’likka bog’liq holda dengiz muhitida 3 ta zonani ajratish mumkin:
1) Evfotik zona – 120 – 200 m chuqurlikkacha bo’lgan zona.
2) Oligofotik yoki disfotik zona – 500 m chuqurlikkacha boradi, o’simliklar o’smaydi, lekin qisqa vaqt yashashi mumkin.
3). Afotik zona – suvning 500 metrdan chuqur qatlamlari bo’lib, mutloq zimiston zonadir.
Suv hayvonlari hayotida issiqlikning dengizda taqsimlanishi ham muhim axamiyatga ega: Uning manbai quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Issiqlikka bo’lgan munosabatiga ko’ra evriterm va stenoterm hayvonlar farq qilinadi.
Evriterm turlarga ustrisalar misol bo’ladi. Stenoterm turlar guruhiga dengiz raki – Capilia mirabilia, appendikulyariyalar, sifonoforalar, ofiura, goloturiyalar kiradi.
Dengiz suvi tarkibidagi kislorod miqdori arzimas darajada o’zgaradi. Ekvatorial suvlarda kislorod miqdori kam bo’lsa, qutblarda ko’p miqdorda bo’ladi. Qora degizning 150 – 2200 metr chuqurlikdagi qismlarida kislorod umuman y’oq, bu yerda H2S ning yuqori konsentratsiyasi mavjud.
Dengiz hayvonlari kislorodga nisbatan evrioksid va stenoksid turlarga bo’linadi. Evrioksid hayvonlarga tubifitsidlarning ayrim turlari, ayrim baliqlar; stenoksid hayvonlarga esa qisqichbaqasimonlarning ayrim turlari, ba’zi baliqlar misol bo’ladi.
Dengiz hayvonlari hayotida suvning sho’rligi alohida ahamiyatga ega. Dengiz suvining sho’rligi mavsumiy ravishda o’zgarib turadi. Dengiz hayvonlarining sho’r suvga bo’lgan munosabatiga ko’ra 2 guruhga evrigalin va stenogalin turlarga ajratiladi.
Ruf hosil qiluvchi korallar – tipik stenogalinlardir. Evrigalin turlarga ba’zi qisqichbaqasimonlar, ayrim infuzoriyalar kiradi.


Yüklə 256,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin