7. Umurtqasiz hayvonlar olami bilan tanishuv.
Umurtqasiz hayvonlarni o‘rganish nihotda beqiyos hayvonot olamini bilish uchun katta yo‘l ochadi. Umurtqasiz hayvonlarning nihotda ko‘pligi va xilma-xilligi ularga bo‘lgan dunyoqarashni lol qoldiradi va ilmiy kashfiyotlar qilishga manbai bo‘lib xizmat qiladi. Umurtqasizlar yer yuzida mavjud bo‘lgan hayvonot olami turlarining 99% ni tashkil etadi. Hozirgi kunda bir paytlar yer yuzida yashagan umurtqasizlarni 1 mlndan ortiq turlari qayd qilinganligini hisobga olsak, hayvonot olamining yerda yashagan va tarqalgan umumiy turlar soni 30 mln dan oshadi.
Bir qaraganda umurtqasizlar xilma-xilligi va soni oxiri yo‘qdek tuyuladi. Lekin bu xima-xillik qaysidir umumiy o‘xshashlik tomonlari bilan oson o‘rganiladigan mavzu bilan ifodalanadi. Hayvonot olamini guruhlash, tabaqalash, (taksonlar) ga ajratish mavzulardan biri – ya’ni har bir taksonni “tuzilish plani” (Bauplan) orqali ifodalash, nomlash hisoblanadi. Bunga misol qilib bo‘g‘imoyoqlilar taksonini olish mumkin. Bugungi kunda bo‘g‘imoyoqlilarga kiruvchi bir necha yuz minglab turlar uchun: tana segmentlarga bo‘lingan, lichinka o‘sishi vaqtida tashlaydigan tashqi –ekzoskelet va bo‘g‘imoyoqlar xosdir.
Dostları ilə paylaş: |