6. Zoologiya fanining soha va tarmoqlari
Zoologiya rivojlana borishi bilan bir qatorda uning ma’lum bo‘limlari: hayvonot olamining tuzilishi, sistematik guruhlari, geografik tarqalish qonuniyatlari yoki hayvon organlarining hayotiy yo’nalishlarini o‘rganadigan ayrim zoologik fanlar vujudga kela boshladi. Shunday qilib zoologiya bir qancha bilimlarni birlashtirgan fanlar sistemasiga aylandi.
Hayvonlarning tuzilishi va individ (embrion) rivojlanishini Morfologiya fani tekshiradi.Morfologiya o‘z navbatida anatomiya, gistologiya, sitologiya, embriologiya, qiyosiy anatomiya, qiyosiy embriologiya, molekulyar biologiya kabi qator fanlarga ajraladi.
Dostları ilə paylaş: |