Sistematika – hayvonot dunyosining sistematik takson guruhlari va ularning o‘zaro qarindoshlik munosabatlarini o‘rganadi.
Filogeniya – har bir guruh vakillari o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashliklarni, embrion taraqqiyoti hamda ularning qadimgi (paleontologik) avlodlarning tuzilish hususiyatlari asosida turlarning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi masalasini o‘rganadi.
Paleozoologiya - hayvonlarning toshga aylangan qadimgi qazilma avlodlari va ular bilan hozirgi guruhlar o‘rtasidagi qarindoshlik (filogenetik) munosabatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Ekologiya - hayvon organizmlarini, ular yashab turgan organik muhit (o‘simlik va boshqa hayvon turlari) va noorganik muhit o‘rtasidagi munosabatlar, moslanishini o‘rganadi.
Fiziologiya - hayvon organlarining vazifalari va ularda kechadigan sheriklik hodisalari va yo’nalishlarini aniqlash, tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi.
Bulardan tashqari zoologiyaning ma’lum yo’nalishda tadqiqot ishlarini olib boradigan maxsus sohalari shakllangan bo‘lib, ular har bir soha: bir tip yoki bir sinfga mansub bo‘lgan hayvonlar guruhini har tomonlama chuqur o‘rganadi.
Masalan, shu yosinda: protistologiya- sodda hayvonlar, gelmintologiya, entomologiya, malokalogiya ixtiologiya, ornitologiya, teriologiya kabi fanlar vujudga kelgan.
Dostları ilə paylaş: |