2014 yil Kafedra : teri va tanosil kasalliklari fan: teri va tanosil kasalliklari mavzu


Fanlararo va Fan ichidagi bogliklik



Yüklə 307,5 Kb.
səhifə5/9
tarix02.01.2022
ölçüsü307,5 Kb.
#2034
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1.Fanlararo va Fan ichidagi bogliklik

Shu mavzuni ukitish talabalarning terini anatomiyasi, gistologiyasi, patogistologiyasi, patologik fiziologiyasi buyicha olgan bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar kasalliklarni oldini olish choralarni kullashda kerak buladi.


2.Mashgulot mazmuni:

2.1.Nazariy kismi

Jinsiy alokalar vositasida yukadigan kasalliklar xakida umumiy axborot.zaxm kasalligining umumiy patologiyasi. Birlamchi va ikkilamchi zaxm.

JAVYuKlarning epidemiologiyasining umumiy xususiyatlari

(Sinonimlar: tanosil kasalliklar, venerik kasalliklar, urogenital seksual-transmissiv kasalliklar.)

XX asrning 80-yillarida birinchi marta orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS yoki VICh/SPID) kasalligi aniqlan-guncha, «venerik kasalliklar» deganda sifilis, gonoreya, yumshoq shankr, venerik limfogranulematoz va donovanoz kasalliklarini tushunilar edi. Lekin JYBYuK epidemiologik ko’payib ketib, dunyoda ҳar yili faqat ro’yxatga olinganlar soni bir necha yuz million bo’lgani va bugungi kungacha OITS bilan zararlanganlar soni 42 million, faqatgina 2002 yilda OITSni yuqtirib olganlar soni 5 million, undan 3 million bemor nobud bo’lganligi nafaqat sog’liqni saqlash tizimini, balki butun odamzodni bor imkoniyatini yig’ib bu muҳim muammoni echishga qaratishga majbur qilyapti.

Oxirgi yillar OITSga qarshi olib borilgan kurash yutuqlari (virus genomini aniqlash, uni klinika va patogenezini aniq bayon qilish, epidemiologiyasi, immun sistemadagi o’zgarishlarni va OITS bilan birga ketuvchi kasalliklar xarakteristikasini berish) ko’rsat-diki, qaysidir kasallik bemor terisi yoki shilliq qavati butun-ligi-ni buzib kechsa u OITS virusini bemordan sog’ odamga yuqish imko-niyatini bir necha o’n marta ko’tarar ekan. OITSning asosiy yuqish yo’li jinsiy yo’l bo’lgani uchun ҳam, teri shikastlanishi ko’proq jinsiy a’zolarda yoki atrofida bo’lishi bilan kechadigan ҳar xil kasalliklarni OITS tarqalishidagi aniq o’rnini ajratib ko’r-satish uchun va unga qarshi effektiv kurash tashkil qilish uchun, bu-gun «jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar» termini kiritildi. Bu termin bilan 24 va undan ko’proq kasalliklar ataladi.


JINSIY YO’L BILAN YuQADIGAN KASALLIKLAR

EPIDEMIOLOGIYaSI

JYBYuK termini bilan, klassik venerik kasalliklar, yangi av-lod infekstiyalari, ayrim virusli, parazitar va zamburug’ kasal-lik-lari turli kasalliklar guruҳlariga kirishlariga qaramasdan, asosiy yuqish yo’li jinsiy yo’l bo’lgani uchun ular bir guruҳga yig’ilgan. Shuning uchun ҳam kasallikni oldini olishning birinchi talabi – jinsiy ҳayot faqat nikoҳda yoki bitta jinsiy sherik bilan. Bordi-yu kimdir bittadan ortiq jinsiy sherikka ega bo’lsa, jinsiy sherikni tez-tez almashtirib tursa yoki boshqa jinsiy sheriklarga ega bo’lgan shaxslar bilan jinsiy aloqada bo’lsa, kasallik simptomlari borli-gini bilgan ҳolda ҳam jinsiy aloqa qilsa – bu insonda JYBYuK yuqish darajasini oshiradigan axloqiy omillar bor.

JYBYuK ko’payishi shu davlatdagi ijtimoiy omillar bilan uzluksiz bog’liq. Yangi MDҲ davlatlaridagi JYBYuKning epidemik ko’payishida, asosan, jamiyatdagi yangi ijtimoiy-siyosiy talablarga va bozor munosabatiga tayyormaslik, qonun kuchsizligi, g’arbiy va fuqarolar urushlari, migrastiya kuchayishi, ishsizsik va ma’lum yashash joyi bo’lmagan, alkogol va narkotik moddalarni istemol qiladigan insonlar sonining ortib ketishi, erta jinsiy aloqalar va foҳisha-bozlik ko’payishi, jamiyatdagi madaniy va axloqiy an’analar, oila kuchining pasayishi aloҳida o’rin tutadi.

Ikkinchidan xalqni bu kasalliklar borligini bilmasdan xavf-siz aloqani inkor qilish, prezervativning ҳammabop bo’lmasligi, kasallikni o’z vaqtida tibbiyot muassasida va to’liq davolanmasligi, qolaversa, tibbiyot muassasalarning bo’lmasligi yoki unda zarur dori-darmon va tayyorlangan mutaxassis yo’qligi, kasallanishning ko’payib ketishida muҳim aҳamiyatga ega.Quyidagi masalalarni esda tutish lozim. Klinikaga JYBYuK bor-li-gini shubҳa qilib murojaat qilgan kimsalar uchun konfi-den-stiallik judayam muҳim. Medistina tashkilotlari, shuningdek, ular-ning xodimlari mashg’ulotlarni sir saqlash siyosatiga qat’iy rioya qilishlari lozim. Mijozlarga konfidenstiallikni qanday chegarada bo’lishini tushuntirish kerak.

Bunday bemorlarning ko’rigi, laborator tekshiruvi va davolash, albatta sog’likni saqlash tizimida ishlab chiqilgan qoidalar va ma’lum bemorning roziligi asosida olib borilishi kerak. Bu borada bemorga olib boriladigan muolajalarning afzalliklari va xavfli tomonlari ҳaqida tushunarli shaklda ma’lumot beriladi. Agar uning iloji bo’lmasa bemor go’dak yoki aqliy zaif bo’lsa ҳar bir muolaja bevosita o’ziga yordam beradigan ҳolatdagina olib boriladi.

Kasallik tarixi (yoki ambulator varaqa). Bemorning kasallik tarixi o’z ichiga quydagilarni olishi kerak:

– Klinik simptomlar.

– JYBYuK bilan kasallanganlar to’g’risidagi ma’lumotlar.

– Jinsiy sheriklar ҳaqida ma’lumotlar, jinsiy aloqa turlari profilaktikasining barer vositalarini ishlatish doimiyligi va to’g’riligini o’z ichiga oladi.

– Simptomlarning bayon etilishi va JYBYuK tashxis etilishi.

– Tibbiy anamnez.

– Ayni vaqtda dori-vositalarni qabul qilish to’g’risida (mikrob-larga qarshi dori-vositalarini yaqin orada qo’llash).

– Dori-vositalarga allergiyasi bor-yo’qligi.

– VICh infekstiya va gepatit V bilan maxsus zararlanish omillariga asoslanish.

– Ayollar uchun qo’shimcha: tug’ruqlar soni, abortlar, ҳayz stikli, kontrasteptivlar qo’llanilishi, kerak bo’lsa, stervikal surtmalarning skriningi.

JYBYuK skriningi va tekshirish o’tkazishga ko’rsatmalar.

Tekshirish o’tkazishga asos bor shaxsda keltirilgan faktorlardan biri bo’lsa:

– Anogenital so’gal, genital va perigenital soҳadagi kontagioz mollyusk, qo’tir, VICh infekstiya, gepatit V.

– JYBYuKga bog’liq ҳolda xavfli xulq-atvor, ayniqsa yangi jin-siy aloqalar, yaqinda JYBYuK klinik tashxisi qo’yilgan sherik bi-lan yoki bir necha jinsiy sheriklarga ega kimsa bilan jinsiy aloqa.

– Kommerstiya seksidagi (foҳishabozlik) ishchi yoki mijoz sifatida jalb etilishi.

– Jinsiy suiiste’mol qilish yoki zo’ravonlik qilinganlikka shubҳa.

– JYBYuK larga taalluqli simptom yoki belgilar bo’lsa, misol:

Ayollarda:

– kichik tos organlari infekstiyalanganini ko’rsatuvchi jinsiy traktning yuqori soҳasidagi simptomlar: qorin pastida og’riq, ҳayz stiklining buzilishi, disparenuriya;

– qindan ajralma kelishi.

Erkaklarda:

dizuriya;

– uzuksimon balanit;

– moyaklarda og’riq.

Ayol va erkaklarda:

– jinsiy soҳalarda yaralar;

– to’g’ri ichakda og’riq yoki ajralma kelishi (anamnezida anal kontakt bo’lishi);

– mono yoki poliartrit;

– konyunktivit;

– yuqoridagi simptomi (sindromlar) bo’lgan kishilar bilan jinsiy aloqada bo’lish;

– ayollarda bachadon bo’yni soҳasida instrumental muolajalar o’tkazish – sun’iy abort, bachadon ichi kontrasteptiv vositalarini yoki in vitro rejali urug’lantirish.

Fizikal tekshirishlar

– Ayol va erkaklarda anogenital soҳasining ko’rigi.

– Ayollarda kichik chanoq organlarini bimanual tekshirish.

– Ayol va erkaklarda proktoskopiya.

– Organizmni boshqa sistemalarini tekshirish.

Laborator tekshirishlar

Odatda barcha mijozlar quydagilarga tekshiriladi:

– Chlamidia trachomatis.

– Neisseria gonorrhoeae.

– Sifilis.

– VICh infekstiya.

Agarda shubҳali simptomlar, ya’ni fizikal tekshirish natijalari yoki jinsiy anamnezda boshqa simptomlar bo’lsa quyidagilar tekshiriladi:

– bakterial vaginoz;

– Candida albicans;

– Trichomonas vaginalis;

– anogenital gerpes;

– qo’tir;

– qov biti;

– shankroid;

– venerik limfogranulema;

– gepatit V.

U yoki bu tekshiruvni o’tkazish masalasini xal qilishda epidemiologik ҳolat va maҳalliy tibbiy tashkilotlar imkoniyatini e’tiborga olish lozim (ilova – XVI, XVII, XVIII).

Diagnostika va profilaktika.

Tashxis imkoniyat boricha laborator tekshirishlarga asoslanib qo’yilishi lozim. Buning sabablari:

– simptompsiz infekstiyalar juda ko’p uchraydigan ҳolat bo’lib, ularni faqat ma’lum laborator tekshirishlar asosida inkor etish mumkin;

– tashxis aniqligini oshirish zarur, chunki u bemorlarga va jinsiy sheriklarga yoki farzandlariga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin;

– rastional davoni tanlash uchun ayniqsa, mikroorganizmlarnining doriga chidamliligini aniqlash imkoniyati bor tashkilotlarda;

– qo’shimcha testlar o’tkazish kerakligini echish uchun (davolanganlik testi );

– infekstiyalar registrastiyasining aniqlik darajasini oshirish va epidemiologik ma’lumotlarni sog’liqni saqlash organlarining ma’lum bo’limlariga etkazish;

– tashxisni bemor oldida, mikroskop va boshqa metodlar qo’l-lansa, dastlabki konsultastiya davrida qo’yish mumkin.

Bemorlarga tashxis moҳiyatini tushunarli qilib etkazish kerak, ular savol berish imkoniyatiga ega bo’lishlari zarur. Bundan tashqari, imkoniyat bo’lsa, og’zaki tushuntirishni yuqori sifatli bosmali axborot bilan mustaҳkamlash kerak.

Bemorga qo’yilgan tashxis u bilan birga suҳbat olib borish va maslaҳat berish imkoniyatini beradi va kelajakda qayta kasallanish eҳtimolini kamaytiradi.

JYBYuKni davolashning umumiy talablari

1. Davolashni dastlabki konsultastiyadan boshlash kerak, agarda:

– tashxis ilk murojaatda qo’yilsa.

– epidemiologik ko’rsatmalarga ko’ra davolash, jinsiy sherik-lar-da tashxis aniqlanish asosida:

2. Imkon boricha, davoni klinikada tibbiy xodimlar nazorati ostida, bir martalik davo usuli bilan o’tkazish lozim, bu esa davolash rejasining yuqori darajada bajarilishini baҳolaydi.

3. Bemorlarga ҳimoyalanmagan jinsiy aloqalardan saqlanish tavsiya qilinadi, chunki infekstiya yuqishi yoki yuqtirish uchun real imkoniyatlar mavjud.

– aloҳida e’tiborni ҳomilador va emizikli ayollarga qaratish kerak.

Sheriklarga kasallik to’g’risida

ma’lumot berish

JYBYuK tashxisi aniqlangan barcha ҳollarda sheriklarni ogoҳ-lan-tirish imkonini ko’rib chiqish lozim. Qaysi bir sherikka ma’-lu-mot berish masalasi seksual anamnez va inkubastion davr to’g’risida ma’lum bo’lgan ma’lumotga bog’liq bo’lib, ma’lumotni sog’liqni saq-lash tizimi xodimi yoki bemorning o’zi etkazishi mumkin. Ma’lumot qonunga bog’liq ravishda, davlatda qabul qilingan profilaktika va etik normalarga asoslanadi.

Keyingi nazorat va muloqot turli yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan: qayta tashrifda yoki telefon orqali.

Jinsiy yo’l bilan yuquvchi infekstiyalar

klassifikastiyasi

Kasallikning nomi Kasallik qo’zg’atuvchilari
1. Klassik venerik kassalliklar

Zaxm Treponema pallidum

So’zak Neisseria gonorrhoeae

Yumshoq shankr (shankroid) Haemophilus dukreyi

Venerik limfogranulematoz Chlamydia trachomatis

Venerik granulema (chov) Calymmatobact. gran.


2. Jinsiy a’zolarni zararlanishi bilan kechuvchi JYBYuIlar
Urogenital xlamidioz Chlamydia trachomatis

Trixomaniaz Trichomonas vaginalis

Urogenital kandidoz Candida albicans

Mikoplazmoz Mycoplasma hominis

Genital gerpes Herpes simplex virus

Papilomavirusli infekstiyalar Papilomavirus hommins

Yuqumli mollyusk Molluscovirus hominis

Bakterial vaginoz Gardenella vaginalis

Urogenital shigellez Shigella species

Qovuq pedikulezi Phtirus pubis

Qo’tir Sarcoptes scabiei
3. Boshqa a’zolarning zararlanishi bilan kechuvchi JYBYuIlar

Orttirilgan immun tanqisligi sindromi

Gepatit V

Цitomegaliya

Amebiaz

Lyamblioz

Pinta

Bedjel


Frambeziya HIV

Hepatit B virus

Cytomegalovirus hommins

Entamoeba hystolitica

Lamblia intestinalis

Treponema carateum

Treponema bejel

Treponema pertenue

ZAXM – SIFILIS (SYPHILIS)

Zaxm, asosan, jinsiy yo’l orqali yuquvchi, surunkali, sistemali kasallik bo’lib, teri yoki shilliq pardalar orqali rangsiz, oqish treponemalarning (Treponema pallidum) organizmga kirishi natijasida vujudga keladi. Kasallikning birinchi va ikkinchi davrida funk-stional yallig’lanish kechsa, uchinchi davrida struktur jaroҳatlanish vujudga keladi.

Etiologiyasi. Zaxm qo’zg’atuvchisi Treponema pallidum 1905 yil Shaudin F. va Goffman E. tomonidan ochilgan fakultativ anaerob bo’lib, mikroskop ostida spiral ko’rinishli, 8–12 bir tekis burma-lari borligi va xilma xil ilgarilama, mayatniksimon, to’lqinsimon, bukiluvchi va rotator (aylanma) ҳarakatlarga ega. Rangsiz trepo-ne-malar ko’ndalang bo’linish yo’li bilan ҳar 30–33 soatda ko’payadilar va bo’lingan treponemalarning o’sishi 20–30 daqiqadan 2 soatgacha davom etadi. Rangsiz treponemalar tashqi muҳit sharoitiga ta’sirchandir (antibiotik va kimyoviy moddalar ta’sirida quritilsa, yuqori ҳaroratda tez o’ladi, quyi ҳaroratda esa uzoq saqlanadi) va omon qolish uchun stist shakli yoki L-shakliga aylanishi mumkin.

Oqish treponema fakultativ anaerob bo’lgani sababli lim-fa-ning tipik parazitlari qatori limfa tomirlari, to’qimalar orasi-dagi tirqishlar va ҳujayralar orasida yashaydi. Zaxmning yuqqan vaq-ti-dan boshlab, birlamchi va ikkilamchi davrlarida bemor orga-niz-mida antitanachalar vujudga keladi (gumoral immunitet), uchlamchi davrida esa infekstion granulema (ҳujayra immuniteti) kuzatiladi, antitanachalar kam bo’ladi.

Epidemiologiyasi. Zaxm kasalligi bilan faqat insonlar kasal-lanadilar. Kasallik teri yoki shilliq pardalar orqali, sog’lom kishining bemor bilan jinsiy aloqa qilishi tufayli yuqadi. Kamdan-kam ҳollarda bemor bilan yaqin maishiy aloqada bo’lish (o’pishish, bemor shaxsiy gigiena anjomlaridan foydalanish: tish tozalagich, sochiq, mochalka, ichki kiyim, to’shak jildlariga tushgan ajratmalar qurib ulgurmay ulardan sog’ kishilarning foydalanishi) oqibatida yuqishi mumkin. Bemor qonini (serologik tekshiruvdan o’tkazmay) yuzaki ko’rsatmaga, asosan, (ko’p qon yo’qotgan, qon quyilishi zarur bo’lgan, ҳayotni saqlash uchun) boshqa kishilarga to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) qu-yish orqali yuqishi mumkin. Kasb-kordagi eҳtiyotlik chorasini ko’r-may bemorlar bilan tibbiy muolajalar qilish (jarroҳlar, akusher-ginekologlar, stomatologlar, dermatovenerologlar, ҳamshi-ra--lar) natijasida yuqishi mumkin. Bemor ҳomilador ayoldan ҳam pla-stenta orqali ҳomilaga zaxm o’tishi mumkin, bunday ҳollarda tug’ma zaxm vujudga kelishi kuzatiladi. Zaxmning yuqishi uchun quyidagi sharoitlar bo’lishi zarur: yangi, etarli miqdordagi, virulentli rangsiz treponemalar ҳamda teri va shilliq pardalarning epidermis yoki epiteliy qoplamasining butunligi buzilgan bo’lishi zarur. Ular ҳatto ko’zga ko’rinmas darajadagi mikrojaroҳatlar bo’lishlari mumkin.

Jinsiy yo’l orqali yuqadigan kasalliklarning ko’payishi shu davlatdagi ijtimoyi omillar bilan uzluksiz bog’liq.

Uchlamchi zaxm davrida organizmda treponemalar kam bo’lib, gumoral immun tizim kuchsizlangan, organizm ҳimoya reakstiyalarida ҳujayra immuniteti ustunlik qiladi.

BIRLAMChI SIFILIS (SYPHILIS PRIMARIA)

Birlamchi sifilomaning klinik ko’rinishi. Klassik ko’rinish-dagi qattiq shankr (ulcus durum) eroziya yoki yara bo’lib, u treponemalarning teri yoki shilliq pardalar soҳasiga kirgan joyida paydo bo’ladi. Rivojlanib bo’lgan tipik qattiq shankr dumaloq yoki oval shakldagi eroziya yoki yuza yara ko’rinishida bo’lib, chetlari tekis va aniq chegaralangan, tovoqsimon shaklda, usti yaltiroq "laklangan", to’q qizil rangli, tubi zich-elastik konsistentli, plastinkasimon infiltratga ega. Yara yuzasidan oz miqdorda seroz suyuqlik ajralib turadi va mikroskopning qorong’ilashtirilgan maydonida ko’rilga-ni-da ko’p miqdorda oqish treponema topish mumkin. Shankr atrofidagi terida o’tkir yallig’lanish alomatlari bo’lmaydi (agarda ikkilamchi infekstiya bilan asoratlanmasa). Qattiq shankr ko’p ҳollarda jinsiy a’zolar terisida va unga yaqin atrofda joylashib, kasallikning jin-siy yo’l bilan yuqqanligini ko’rsatadi. Qattiq yara jinsiy a’zolardan tashqari lab, og’iz shilliq pardasi, tilda, milkda va boshqa joylarda uchrashi mumkin va ekstragenital joylashgan shankr bo’lib ҳar xil shaklda bo’lishi mumkin.

Tipik shankrlar bilan bir qatorda atipik shankrlar ҳam uchrab turadi, ularga: 1. Jinsiy a’zolar indurativ shishi (oedema indura-tivum). 2. Shankr-amigdalit. 3. Xasmol – shankr (shankr-panaristiy) kiradi.

1. Indurativ shish (qattiqlashgan shish), asosan, katta va kichik jinsiy lablar, jinsiy olat xaltachasi soҳasida limfa tomirlarga boy joylarda uchraydi va tarqoq infiltrat ҳisobiga bu a’zolar bir necha marta kattalashadi. Shikastlangan soҳaga barmoq bilan bosib ko’rilsa chuqurcha qolmaydi. Shish soҳasidagi teri o’zgarmaydi, ba’zan esa ko’kimtir-binafsha rangli bo’lib, bezovta qilmaydi.

2.Shankr – amigdalit bodomcha bezining kattalashishi va qizarishi bilan ta’riflanadi. Agar bodomcha bezi ustida eroziya yoki yara bo’lsa, u ҳolda shankr amigdalit emas, balki bodomcha bezida joylashgan qattiq shankr deb ҳisoblanadi. Bodomcha bezidagi yallig’lanish aniq chegaralangan bo’lib, atrofidagi shilliq pardalar o’zgarmaydi, jag’ osti limfa tugunchalari kattalashadi, skleradenit bir tomonlama kuzatiladi va yutinganda og’riq sezilmaydi, tana ҳarorati o’zgar-maydi. Bular ҳammasi shankr – amigdalitni kataral anginadan farq qilishga xizmat qiladi.

3.Xasmol – shankr ko’proq shifokorlarda (akusherginekolog, stomatolog, jarroҳ va laboratoriya xodimlarda) uchraydi. Xasmol – shankr qo’l jimjilog’i shishishi, ko’kish rangli bo’lishi va og’riq bilan kechishi oddiy xasmolni eslatadi. Ammo qattiq infiltratning borligi, o’tkir yallig’lanishning bo’lmasligi, tirsak limfa tugunchalarining kattalashishi va oqish treponemani aniqlash va vaqti bilan seroreakstiyalar musbatligi, xasmolning aniq tabiatini anglab olishga yordam beradi.

Birlamchi sifiloma paydo bo’lganidan so’ng bir ҳafta o’tgach – regionar limfadenit (ssleradenitis regionaris), ya’ni yaqin joylashgan lim-fa tuguni kattalashadi. Limfa tugunchalari kattalashib to yong’oq-gacha, zich-elastik konsistenstiyali, bir-biriga va atrofiga qo’shilma-gan bo’lib, yuzasidagi teri o’zgarmaydi. Limfadenit og’riqsiz bo’lib uzoq vaqt saqlanadi.

Qattiq yara yuzasiga ikkilamchi infekstiyaning tushishi natijasida uning asoratlari (balanit, balanopostit, fimoz, parafimoz, jinsiy olat gangrenasi va fagedenizastiya) rivojlanishi mumkin. Bunday ҳolatda shankr atrofi qizarib shishadi, yara yuzasidan ajralayotgan seroz suyuqlik yiringlashadi, bu esa o’z navbatida oqish treponemalarning topilishini qiyinlashtiradi (ilova XXI).

Differenstial – Travmatik eroziyalar.

tashxisi – Herpes progenitalis.

– Ulcus molle.

– Piodermia chancriformis.

– Scabies.

– Carcinoma.

IKKILAMChI SIFILIDLAR

(SYPHILIS SECUNDARIA)

Klinik ko’rinishi. Zaxmning ikkilamchi davri odatda kasallik yuqqandan so’ng 9–12 ҳafta o’tgach boshlanadi. Terida toshmalar toshishdan 6–10 kun oldin bemorlar ko’pincha darmonsizlik, ish faolligini pasayishi, bosh og’rig’i, suyak, bo’g’im va mushaklarda og’riq bo’li-shidan ҳamda tana ҳaroratining ko’tarilishidan shikoyat qiladilar. Bu ҳolat turli bemorlarda turlicha bo’lib, asosan, kasallik qo’zg’a-tuvchisi rangsiz treponemani ko’p miqdorda, birdaniga limfadan qonga to’planib, tarqalgan davriga to’g’ri keladi.

Ikkilamchi zaxm teri va shilliq qavatlarda bir xil yoki turli xil toshmalarning toshishi bilan boshlanadi va bu bemor organizmining kasallikka bo’lgan umumiy javob reakstiyasidir.

Rozeola (roseola corporis) ikkilamchi zaxmning dastlabki belgisi bo’lib, to’q pushti, keyinroq och-pushti rangli, o’lchamlari 1 sm gacha, dumaloq shakldagi, uncha aniq chegaraga ega bo’lmagan, bir-biri bilan qo’shilmaydigan, tekis yuzali, sub’ektiv bezovta etmaydigan va o’tkir yallig’lanmagan, qon-tomirli dog’.

Rozeolalar ko’pincha tananing oldi-yon yuzalarida, qo’llarining bukiluvchi soҳalarida joylashadi. Ikkilamchi yangi zaxmda ularni soni ko’p, betartib, simmetrik joylashgan, o’lchamlari nisbatan mayda bo’ladi. Ikkilamchi restidiv zaxmda esa – rozeolalarning soni kam, yirik, guruҳ-guruҳ, asimmetrik joylashadilar (ilova XXII, XXIII).

Differenstial – Toxicodermia.

tashxisi – Pityriasis rosea Gibert.

– Cutis marmorata.

– Roseola typhosa.

– Pityriasis versicolor.

Papulyoz sifilidlar – o’tkir yallig’lanmagan, dumaloq-oval shakl-da, zich elastik konsistenstiyali, mis qizg’ish yoki qo’ng’ir-pushti rangli, chegarasi aniq va qo’shilmaydi, sub’ektiv bezovta etmaydi. Tugunchalar so’rilishi davrida markaziy qismlarida biroz kepaklanish kuzatilib, keyinchalik esa usti atrofida o’ziga xos kepaklanuvchi ҳalqa ҳosil bo’ladi (Biett ekachasi). Tugunchalar ko’pincha izsiz yo’qoladilar, ayrim ҳollarda esa pigmentastiya paydo bo’lishi mumkin. Tugunchalarning kattaligi (o’lchami), yuzasi va shakliga qarab bir necha klinik turlari tafovut etiladi: miliar, lixenoid, lentikulyar, nummulyar, namlanuvchi, eroziv, vegetastiyalanuvchi, serbar tugunchalar (keng kondilomalar) (ilova – XXIV).

Milliar papulalar suli donasidek kattalikda bo’lib, pushti-qizg’ish rangli, zich konsistenstiyali, ayrim ҳollarda follikulyar ko’rinishda bo’ladilar.

Lentikulyar papulalar ko’p uchrovchi tur ҳisoblanadi, dumaloq, yarim shar shaklidagi, aniq chegarali, o’lchamlari 0,3–0,5 sm ga ega bo’l-gan, rangi dastlab pushti, keyinchalik mis-qizg’ish rangda bo’ladi. Yuzasi dastlab tekis, keyinchalik mayda kepaklanadi. Tuguncha markaziga to’mtoq zond bilan bosilsa kuchli og’riq (Yaddason simptomi) kuzatiladi.

Nummulyar (tangasimon) papulalar kuchli rivojlangan infiltra-stiyali, turg’un-qo’ng’ir rangli, o’lchamlari 1–3 sm gacha boruvchi, guruҳ-la-nishga moyil bo’ladilar. Ayrim ҳollarda lentikulyar va nummulyar tugunchalar kepaklanish bilan kechadilar (psoriazsimon sifilid).

Namlanuvchi – eroziyalashgan papulalar. Lentikulyar papulalarni ko’p terlovchi va doimiy ishqalanuvchi teri yuzalarida (jinsiy a’zolar, anal soҳa, chov-son, dumbalararo, qo’ltiq osti, barmoqlararo burmalar, og’iz shilliq pardalari, lab soҳalari) joylashib masterastiya-la-nishi natijasida yuzasidagi mug’uz qavatning ko’chishi kuzatiladi va papula yuzasida dumaloq-oval shakldagi eroziya, ya’ni namla-nuvchi o’choq yuzaga keladi. Eroziya yuzasidan ko’p miqdorda rangsiz treponemalar topiladi.

Vegetastiyalanuvchi papulalar – serbar kondilomalar. Tabiiy bur-ma-lar soҳalaridagi eroziyalangan papulalar, doimiy ishqalanishlar ta’siridan vegetastiyalanishi mumkin: ularning yuzasi dag’allashadi, seroz kleysimon parda bilan qoplanadi, ko’p miqdorda rangsiz treponemalar saqlaydi. Serbar kondilomalar, asosan, anogenital soҳa-lar-da uchraydi. Bu xil papulalar ikkilamchi qaytalama zaxmga xos bo’lib, kasallikning yagona belgisi bo’lishi mumkin.

Differenstial – Psoriasis vulgaris.

tashxisi – Parapsoriasis guttata.

– Lichen ruber planus.

– Mycosis pedum.

– Haemorrhoides.

Pustulez sifilidlar – ikkilamchi zaxmning nisbatan kam uchrovchi klinik ko’rinishi ҳisoblanadi. Odatda ular zaxmning og’ir, yomon fe’lli kechishidan darak beradilar. Pustulez sifilidlarning quyidagi klinik turlari tafovut etiladi: ҳusnbuzarsimon yoki mayda yiringchali, suvchechaksimon yoki yirik pustulez, impetigosimon, ektimasimon, rupioid. Yuza pustulez sifilidlar: ҳusnbuzarsimon, suvchechaksimon va impetigosimon turlari, asosan, ikkilamchi yangi zaxmda, chuqur pustulez sifilidlar (ektimasimon va rupioid) esa ikkilamchi qaytalama zaxmda kuzatiladi. Zaxm yiringchalarining tubini zich infiltratligi, atrofida yallig’lanish kamligi va chegaralan-gani, subektiv kam bezovta etishi va tarkibida treponema topilishi bilan oddiy yiringchalardan ajraladi.

Ҳusnbuzarsimon sifilid qachonki pustulez toshmalar yog’ bezlari va soch follikulalarining teri yuzasiga chiquvchi qismlarida joylashsa, follikulyar pustulalar ҳosil bo’ladi, ular ҳusnbuzarsimon sifilidlar (acne syphilitica) deb nomlanadilar. Bunday yiringchalar o’tkir yallig’lanmagan, infiltrastiyalangan asosda joylashib, zich qizg’ish-qo’ng’ir ҳalqa bilan o’ralgan bo’ladi. Zaxm ҳusnbuzurlari o’rnida chandiq qoladi.

Suvchechaksimon sifilid (varicella syphilitica) nofollikulyar pustula ҳolida kuzatilib, uning markazi botiq bo’ladi. Pustula zich papulez infiltrat yuzasida joylashgan bo’lib, bu infiltrat yiringcha chekasidan chiqib turadi. Shu belgisi zaxm tashxisini qo’yishga yordam beradi. Ko’p uchrovchi soҳasi: yuz, qo’llarning bukiluvchi yuzalaridir. Toshmalarning bir-biri bilan qo’shilmasligi, boshqa xil sifilidlarning ҳam bo’lishi, bakterioskopik va serologik musbat javoblar suvchechak yoki qora chechak tashxisining yo’qligini isbot etadi.

Chuqur pustulez sifilidlar zaxm ektimasi (ecthyma syphili-ti-cum) va rupiya (rupia syphilitica) – chuqur nekrotik o’zgarish bilan farqlanadi, zich, o’yilgan chekkalarga ega, tubi infiltrastiyalangan va yiringli-nekrotik qaloq bilan qoplangan. Ayniqsa rupiyada mas-siv, qat-qat qaloqlar intensiv ҳosil bo’ladi. Toshmalar chandiq ҳosil qilib bitadilar.
Differenstial – Impetigo streptogenes.

tashxisi – Ecthyma vulgare.

– Acne vulgare.

Zaxmda soch to’qilishi (alopecia areolaris) ikkilamchi zaxmda uchrovchi belgilardan biri bo’lib, asosan, ikkilamchi qaytalama zaxmda uchraydi. Zaxmdagi soch to’qilishining uch klinik turi mavjud: mayda o’choqli, diffuz va aralash. Soch to’qilishlari – terida yallig’lanish belgilari bo’lmasdan, boshning soch qismi, qosh, kiprik, soqol-mo’ylab, qo’ltiq osti, qov soҳalarida kuzatiladi. Mayda o’choqli soch to’kilishlari to’g’nog’ich boshidan 1–3 sm diametrgacha borib, o’rtacha zichlikdagi soch o’choqlarida joylashib kuya tushgan matoni eslatadi. Ko’pincha mayda o’choqli soch to’kilishlari diffuz soch to’qilishlariga sabab bo’ladi. Boshning sochli qismida soch siyraklashadi, o’choqlarda teri yallig’lanmagan, toshmalarsiz bo’ladi. Sub’ektiv bezovta etmaydi. Qoshlarning o’choqli to’kilishi Dare simptomi deb ataladi. Kip-riklarning to’kilishi va qaytadan notekis, zinasimon o’sib chiqishi Pinkus simptomi deb ataladi.

Pigmentli sifilid yoki leykoderma ҳam, asosan, ikkilamchi qay-talama zaxmda kuzatilib, birlamchi bo’lib, sog’ teri yuzasida, musta-qil ҳosil bo’ladi, yallig’lanish va yuzasida kepaklanish bo’lmaydi. Toshmalar, asosan, bo’yinning yon soҳalari, ko’krakning old yuzasi, qo’ltiqosti soҳasi, elka kamarlarida, peshonada uchraydi. Toshmalarning o’lchami va shakliga ko’ra, dog’li, turli va marmar leykoderma tafovut etiladi.

Qiyosiy tashxisi – Pytiriasis versicolor.

– Leycoderma secundarium.

– Vitiligo (ilova – XXV, XXVI).




Yüklə 307,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin