Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 322
w www.oriens.uz November 2021 badiiy,balki noyob tarixiy-pedagogik,ta’limiy va qomusiy yodgorlik
hisoblanadi.Avloniy asarlari bilan yaqindan tanishar ekanmiz,yana bir bor
shunga iqror bo’lamizki,uning asarlarida ifoda etilgan ta’limiy,tarbiyaviy
g’oyaviy, falsafiy pedagogik hikmatlar o’zining hayotiy mazmuni bilan bizni
bugun ham hayratda qoldiradi.Avloniy asarlarining tub ma’no-mohiyatini
belgilab beradigan insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatan- parvarlik g’oyalari va
axloq-odob tamoyilida hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar
borligini alohida ta’kidlab o’tmoq joiz.
Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida
tavallud topgan. Ijodkor o’zbek xalqining san’ati va adabiyoti hamda milliy
madaniyatini, xalq ta’limi ishlarini yo’lga qo’yishda kata xizmatlar qilgan adib,
jamoat arbobi va iste’dodli pedgogdir. U birinchilardan bo’lib o’zbek teatrini
professional teatrga aylantirdi, matbuot, maorif sohasi rivojiga hissa qo’shdi. U
Turkistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar harakatining
ko’zga ko’ringan vakillaridan biri bo’lib hisoblanadi. Avloniyning mehnati
yuksak qadrlanib unga o’zbek madaniyati va adabiyotini yuksaltirishda,
xodimlar tayyorlashda uzoq yillik mehnati uchun 1925-yilda “Mehnat
qahramoni” unvoni, 1930-yilda “O’zbekiston maorifi zarbdori” unvoni berilgan.
Shuningdek, adib milliy ta’lim-tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa
qo’shganligi uchun 2020-yil 30-sentyabr sanasida “Buyuk xizmatlari uchun”
ordeni bilan taqdirlandi.
2
Avloniy “Usuli jadid” maktablari uchun to’rt qismdan iborat “Adabiyot
yoxud milliy she’rlar” hamda “Birinchi muallim” (1912), “Turkiy guliston yoxud
axloq” (1913), “Ikkinchi muallim” (1915), “Maktab gulistoni” (1917) kabi darsliklar
yaratdi.Bu asarlarida hamda publitsistik maqolalarida dunyo xalqlari
madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifga chorlaydi.XX asr boshlarida yangi
maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi. Shular orasida Avloniyning
“Birinchi muallim” asari ham o’ziga xos o’ringa ega. Avloniy uni yozishda
Saidrasul Aziziyning “Ustozi avval” asariga suyanadi. Avloniyning “Ikkinchi
muallim” asari “Birinchi muallim” kitobining uzviy davomidir. Biz birinchi
kitobni shartli ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobni xrestomatiya deb atashimiz
mumkin. Kitob maktabni olqishlovchi she’r bilan boshlanadi:
Maktab sizni inson qilur,
2
Shavkat Mirziyoyev.O’qituvchi va murabbiylar – yangi O’zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va
suyanchimizdir. O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi tabrigi,” Xalq so’zi”, 2020-yil
1-oktyabr. № 207. (7709) 3-bet.