Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 323
w www.oriens.uz November 2021 Maktab hayot ehson qilur,
Maktab g’ami vayron qilur,
G’ayrat qilib o’qing,o’g’lon!
Maktabdadur ilm-u kamol,
Maktabdadur husn-u jamol,
Maktabdadur milliy xayol
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!
Bu she’rda Avloniy maktabni insonning najot yo’li, hayotning gulshani,
kishilarni kamolot sari safarbar qiluvchi kuch deb maqtaydi. Shuning uchun
tarbiya maskani ham maktab ekani ta’kidlanadi.
Avloniyning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari ichida “Turkiy guliston yoxud
axloq” asari katta ahamiyatga molik axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir.
Asarda insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonliklardan qaytaruvchi ilm-axloq
haqida fikr haqida fikr yuritiladi.
Shuningdek, u bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib: “Agar bir kishi
yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib o’sdimi, bunday kishilardan
yaxshilik kutmoq, yerdan turib yulduzlarga qo’l uzatmak kabidir”
3
,-deydi. Uning
fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkibi to’g’risida ijtimoiy muhit, oilaviy
sharoit va bolalarning atrofidagi kishilar ahamiyatga ega. O’zbek pedagogikasi
tarixida Avloniy- birinchi “Pedagogika”, ya’ni bola tarbiyasining fanidir” deb ta’rif
berganlar. Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda 4 bo’limga ajratadi:
1.
Tarbiyaning zamoni.
2.
Badan tarbiyasi.
3.
Fikr tarbiyasi.
4.
Axloq tarbiyasi hamda uning ahamiyati xususida fikr yuritadi.
“Tarbiyaning zamoni” bo’limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini bu
ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakli-
gini ta’kidlaydi. Avloniy, tarbiya xususiy ish emas, milliy ijtimoiy ishdir.
“Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot- yo mamot, yo najot- yo halokat, yo
saodat- yo falokat masalasidir”,
4
-deb ta’kidlaydi.
Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatning qudratli bo’lishi avlodlar
tarbiyasiga ko’p jihatdan bog’liq, deb ta’kidlaydi adib.
3
Abdulla Avloniy..Turkiy guliston yoxud axloq - Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2019. - 96 6. 6-bet
4
Abdulla Avloniy..Turkiy guliston yoxud axloq - Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2019. - 96 6. 11-bet