Ключевые слова: образование, воспитание, педагогика, этика, увлечение,
школа.
KIRISH
Har bir millatning o’z ma’naviy qiyofasi mavjud. Bugungi kunda har
tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimizda ma’naviyatni yuksaltirish
yuksak vazifalardan biridir.Ma’naviyatimizni yanada rivojlantirishda esa
millatimiz tarixini,ma’naviy qiyofasini o’zida badiiy aks ettirgan tarixiy badiiy
hamda ilmiy asarlarning ahamiyati va o’rni beqiyosdir.O’zbek adabiyotida
bunday asarlar juda ko’p. Ular yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazishda
muhim ahamiyatga ega.Bu jihatdan,taniqli o’zbek adibi Abdulla Avloniyning
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
321
w
www.oriens.uz
November
2021
maktab uchun yaratgan to’rt qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar”
hamda “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Ikkinchi muallim”,
“Maktab gulistoni” kabi darsliklari ham xarakterli bo’lib hisoblanadi.Bu
asarlardagi mukammal fikrlarning g’oyaviy to’liqligi, ta’lim-tarbiya tizimiga va
tushunchalariga doir fikrlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi yuqoridagi
fikrlarimiz dalilidir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shuningdek, Abdulla Avloniy ijodiy merosi bilan ilk darsliklarning
mukammal yaratuvchisi sifatida ham gavdalanganligi,asarlaridagi ta’lim va
tarbiyaga doir tushunchalarning, g’oyaviy-badiiy mushohadalarning tadqiq
qilinganligi, qolaversa,mavzuning dolzarbligi ma’rifatparvar adib, serqirra ijodkor
Abdulla Avloniyning ijodida bugungi kunning eng muhim masalasi-ta’lim va
tarbiyaga doir fikrlarning dalili hikoyalar, she’riy lavhalar misolida yoxud majoziy
xarakterga ega hikoyatlar asosida ochib berilishi asnosida ko’zga tashlanadi.
2017- yilning 3-avgust kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi.Ushbu
uchrashuda madaniyat va san’at sohasida yuzaga kelgan ko’plab muammolar
o’rtaga tashlandi. Mazkur yig’ilishda madaniyat, ommaviy axborot vositalari,
adabiyot va san’at sohasini tubdan isloh qilish maqsadida amalga oshiriladigan
keng miqyosli ishlar xususida so’z bordi, yosh iste’dodlar tarbiyasi,
madaniyatimiz va adabiyotimizni rivojlantirish maqsadida yangi g’oya, tashabbus
va takliflar bildirildi: “Biz uchun hech qachon kun tartibidan tushmaydigan yana
bir o’ta muhim masala borki,unga alohida to’xtalib o’tish zarur deb bilaman, u
ham bo’lsa, unib-o’sib kelayotgan yosh avlodimiz, farzandlarimiz tarbiyasi bilan
bog’liq. Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek,bu masala biz uchun,
haqiqatdan ham ,yo hayot-yo mamot,yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat
masalasidir.”
1
Shu ma’noda Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya sohasidagi
qarashlari o’zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan
chambarchas bog’langanligi adibning boy pedagogik merosi ta’lim-tarbiya
masalalarini rivojlantirish, uni o’quvchilar qalbida shakllantirish- da axloqiy va
ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashda milliy maktab va qimmatbaho
manba bo’lib xizmat qilganini o’rganib chiqish davr talabiga
aylanmoqda.Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan asarlari va ularda
axloq-odob tushunchalarining yoritilishi tarbiya masalasining ifodasi nafaqat
1
Shavkat Mirziyoyev.Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish- xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning
mustahkam poydevoridir. “Xalq so’zi”, 2017-yil 4-avgust .
|